Tahlil . O‘simliklarning bir yoki ikki uyli bo‘lishi qanday
ahamiyatga ega?
Sintez . Rasmda berilgan diagramma aso-
sida gul formulasini tuzing va gul tuzilishiga
izoh yozing.
Baholash . Gul – shakli o‘zgargan novda.
Mazkur fikrga dalillar keltiring.
3.5. MEVA MUAMMONI ANIQLAYMIZ. Nima uchun o‘simliklar urug‘la-
rini uzoqlarga tarqatadi? Meva o‘simlikning qaysi qismlaridan
hosil bo‘ladi? O‘simlik hayotida meva qanday ahamiyatga ega?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Gulli (yopiq urug‘li)
o‘simliklarda urug‘lanishdan keyin meva hosil bo‘ladi. Meva urug‘chi tugunchasidan hosil bo‘ladi.
U ikki qism: meva eti va urug‘dan iborat.
Quyidagi rasmni tahlil qiling. Meva hosil bo‘lishida gulning qaysi qismlari ishtirok etadi?
Urug‘lanishdan so‘ng urug‘chi tugunchasi va gulning boshqa qismlaridan meva eti, urug‘kur
-
takdan esa urug‘ hosil bo‘ladi. Tugunchada faqat bitta urug‘kurtak bo‘lsa, bir urug‘li meva, ko‘p
urug‘kurtak bo‘lsa, ko‘p urug‘li meva hosil bo‘ladi.
Mevaning vazifalari: 1) urug‘ pishib yetilguncha uni tashqi ta’sirdan himoyalab turadi;
2) urug‘ning tarqalishini ta’minlaydi.
Meva eti seret bo‘lgan mevalar
ho‘l meva deyiladi. Aksincha, meva eti yupqa bo‘lgan mevalar
quruq meva deyiladi. Urug‘ soniga ko‘ra bir urug‘li va ko‘p urug‘li mevalar farqlanadi. Quruq
mevalar chatnaydigan va chatnamaydigan mevalarga ajratiladi.
HO‘L MEVALAR Topshiriq Uyingizda yoki maktab hov-
lisida o‘sadigan o‘simliklarning
to‘pgulidan namunalar yig‘ing
va qaysi to‘pgulga mansubligini
o‘rganing.
Ho‘l meva • Quruq meva • Bir urug‘li meva • Ko‘p urug‘li meva • Chatnaydigan meva • Chatnamaydigan meva Danakli meva Meva eti uch qismdan: yupqa
tashqi po‘st, sersuv oraliq qism,
qat tiq ichki qism – danakdan iborat,
danak ichida bitta urug‘ joylashgan.
Masalan, shaftoli, gilos.
Olcha
O‘rik
Olxo‘ri