61
Don meva
Yupqa, etsiz meva eti urug‘
bilan birikib
ketgan bir urug‘li chatnamaydigan meva.
Masalan, bug‘doy, sholi, arpa.
Pista meva
Yupqa meva eti yagona urug‘i bilan birik
-
magan, chatnamaydigan meva. Masalan,
sachratqi, maxsar, shuvoq.
Yong‘oq meva.
Qattiq yog‘ochlashgan meva eti ichida
bitta urug‘
erkin joylashgan chatnamay
-
digan meva.
Tabiatda o‘simlik urug‘lari shamol,
qushlar, hasharotlar,
suv yordamida
va boshqa usullar bilan tarqalishga
moslashgan. Qayrag‘och,
shumtol kabi
o‘simlik mevalarida maxsus qanotcha
-
lar, qoqio‘t, qamish o‘simligi
mevalari
-
da popukchalar bo‘lib, shamol yordamida tarqaladi. Hayvonlar ho‘l mevalarni iste’mol qilib,
urug‘larini uzoq masofalarga tarqatadi. Qo‘ytikan, temirtikan mevalarida mayda tikanchalar
bo‘lib, hayvon yunglariga ilashib qoladi. Suv nilufari, zubturum kabi o‘simliklarning mevalari
suv o‘tkazmaydigan qobiqqa ega bo‘lganligi tufayli suvda uzoq masofalarga tarqaladi. Quruq
mevalar o‘z og‘irligi bilan yerga to‘kiladi yoki chatnab, urug‘larini atrofga sochadi.
Inson hayotida mevalar katta ahamiyatga ega. Na’matakning mevasi tarkibida inson salo-
matligi uchun zarur moddalardan C vitamini, limon kislotasi bo‘ladi.
Tabobatda avitaminoz
kasalligining oldini olish, immunitetni oshirishda foydalaniladi. Odamning quvvati kamayga-
nida, erta bahorda organizmda vitaminlar yetishmaganda na’matak qaynatmasi tavsiya eti
-
ladi.
Dostları ilə paylaş: