I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Rezavor meva
Tashqi tomondan yupqa po‘st 
bilan o‘ralgan ko‘p urug‘li sersuv 
meva. Masalan, tok, ituzum, kar-
toshka mevasi.
Olma meva
Ko‘p urug‘li sersuv meva turi 
bo‘lib, hosil bo‘lishida urug‘chi
-
dan tashqari gulo‘rin, gulqo‘rg‘on 
va changchilar ishtirok etadi.
Qovoq meva
Meva etining tashqi qismi qa
-
lin va qattiq, oraliq qismi ser
-
suv, seret bo‘lgan ko‘p urug‘li 
meva. Masalan, qovoq, qovun, 
qozonyuvg‘ich.
Dukkak meva
Bitta mevabargdan tashkil top-
gan, pishgandan so‘ng yon tomo-
nidagi chokidan chatnaydigan 
ko‘p urug‘li meva. Urug‘lari me-
vapallaga birikib turadi. Masalan, 
mosh, soya, loviya.
Qo‘zoq meva 
Ikkita mevabargdan tashkil 
topgan, pishgandan so‘ng ik-
kita pallaga chatnaydigan ko‘p 
urug‘li meva. Pallalar orasida 
yupqa to‘siq bo‘lib, unga urug‘lar 
birikadi. Masalan, karam, turp, 
sholg‘om. 
Ko‘sak meva 
Bir nechta mevabargdan tash
-
kil topgan, pishgandan so‘ng 
chatnaydigan ko‘p urug‘li meva. 
Masalan, g‘o‘za, lola, bangidevo-
na, chuchmoma va boychechak 
mevasi.
Pomidor
Tok
Qoraqat
Nok
Bulg‘or qalampiri
Olma
Tarvuz
Bodring
Loviya
No‘xat
Behi
Karam
Yeryong‘oq
Jag‘jag‘
G‘o‘za
Lola
Bangidevona
Rezavor mevalar
Olma mevalar
Qovoq mevalar
Dukkak mevalar
Qo‘zoq mevalar
Ko‘sak mevalar


61
Don meva 
Yupqa, etsiz meva eti urug‘ bilan birikib 
ketgan bir urug‘li chatnamaydigan meva. 
Masalan, bug‘doy, sholi, arpa.
Pista meva
Yupqa meva eti yagona urug‘i bilan birik
-
magan, chatnamaydigan meva. Masalan, 
sachratqi, maxsar, shuvoq.
Yong‘oq meva.
Qattiq yog‘ochlashgan meva eti ichida 
bitta urug‘ erkin joylashgan chatnamay
-
digan meva.
Tabiatda o‘simlik urug‘lari shamol, 
qushlar, hasharotlar, suv yordamida 
va boshqa usullar bilan tarqalishga 
moslashgan. Qayrag‘och, shumtol kabi 
o‘simlik mevalarida maxsus qanotcha
-
lar, qoqio‘t, qamish o‘simligi mevalari
-
da popukchalar bo‘lib, shamol yordamida tarqaladi. Hayvonlar ho‘l mevalarni iste’mol qilib, 
urug‘larini uzoq masofalarga tarqatadi. Qo‘ytikan, temirtikan mevalarida mayda tikanchalar 
bo‘lib, hayvon yunglariga ilashib qoladi. Suv nilufari, zubturum kabi o‘simliklarning mevalari 
suv o‘tkazmaydigan qobiqqa ega bo‘lganligi tufayli suvda uzoq masofalarga tarqaladi. Quruq 
mevalar o‘z og‘irligi bilan yerga to‘kiladi yoki chatnab, urug‘larini atrofga sochadi. 
Inson hayotida mevalar katta ahamiyatga ega. Na’matakning mevasi tarkibida inson salo-
matligi uchun zarur moddalardan C vitamini, limon kislotasi bo‘ladi. Tabobatda avitaminoz 
kasalligining oldini olish, immunitetni oshirishda foydalaniladi. Odamning quvvati kamayga-
nida, erta bahorda organizmda vitaminlar yetishmaganda na’matak qaynatmasi tavsiya eti
-
ladi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin