I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

XULOSA CHIQARAMIZ

Hayvonlarning nerv sistemasi rivojlanish darajasiga ko‘ra to‘rsimon yoki diffuz, stvol, 
zanjir, naysimon tiplarda rivojlangan. Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv sistemasi bosh 
va orqa miyadan tashkil topgan.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. To‘rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistemasi tuzilishini bayon eting.
2. Stvol tipidagi nerv sistemasi qaysi hayvonlarda rivojlangan?
3. Zanjir tipidagi nerv sistemasining o‘ziga xosliklari nimalardan iborat?
4. Naysimon nerv sistemasi qaysi organizmlarga xos ekanini misollar asosida yoritib bering.
Qo‘llash
. Umurtqali hayvonlarning bosh miya tuzilishini taqqoslang va ular orasidagi umumiylikni 
aniqlang. 
Tahlil
. 1. Hayvonot dunyosining nerv sistemasi tarixiy jarayonda qanday rivojlangan?
2. Reptiliyalar sinfining vakili bo‘lgan kaltakesaklar baland devorda va hatto shiftlarda bemalol 
ha rakatlanishini ko‘rgansiz. Nima uchun odam shunday xususiyatga ega emas? Fikringizni asoslang. 
Sintez
. Olimlarning aniqlashicha, qo‘lqanotlilar (ko‘rshapalaklar) turkumining aksariyat vakillari 
bosh tomonini pastga qilib, osilib dam oladi. Nima sababdan ular 
shunday xususiyatga ega?
Baholash
. Maktabingiz va uyingiz atrofidagi hayvonlar-
ning xatti-ha rakatini kuzating. Ularga xos bo‘lgan qiziqarli xatti-
ha rakatlarni biologiya daftaringizga yozib boring. Aniqlangan 
xatti-harakatlarning nerv sistemasi bilan bog‘liq jihatlarini usto
-
zingizga so‘zlab bering. 
4.4. 
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
YOMG‘IR CHUVALCHANGINING REFLEKSINI KUZATISH
Maqsad: 
yomg‘ir chuvalchangining refleksini tajribada o‘rga nish.
Yomg‘ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda in qazib 
hayot kechirishga mos lashgan. Chuvalchang harakatlanganida oldingi qismi
-
dagi halqasimon muskullar qisqa rib, tanasi cho‘ziladi va ingichkalashadi; u 
tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana 
devoridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi, tanasining oldingi qismi yo‘g‘on
-
lashib, tuproq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga 
yo‘l ochadi. Chuvalchang harakatlanganida tuklari tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi 
shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.
Yomg‘ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo‘lmaydi. Lekin chuvalchang terisida 
joylashgan nerv tolalari orqali yorug‘lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi. 
Yomg‘ir chuvalchangi reflekslari ancha murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Tanasining qaysi qismi
-
ga ta’sir qilinsa, o‘sha tomoni ta’sirlanib har xil harakat qiladi. 
Bizga kerak: 
tirik yirik yomg‘ir chuvalchangi, yomg‘ir chuvalchangi solingan nam tuproqli 
vannacha, qo‘l lupasi, chizg‘ich, karton qog‘oz, preparoval nina yoki uchi o‘tkirlangan qalam.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin