I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

H
2
O
H
2
O
H
2
O
5.2-rasm.
O‘simlikning oziqlanishi. 
Minerallar
Suv


79
O‘simlik hujayrasi tarkibining 70–95% i suvdan iborat bo‘lib, moddalar almashinuvida 
asosiy o‘rinni egallaydi. Harorat pasaysa, ildiz suvni sekin so‘ra boshlaydi, bu esa o‘simlikning 
so‘lib qolishiga olib keladi. Kislorod yetishmaydigan sharoitda ildizning nafas olishi sekinla
-
shadi va bu energiya almashunuvi buzilishiga sabab bo‘ladi. Sitoplazmadagi suvning harakati 
uchun esa energiya kerak. 
Suvo‘tlar va lishayniklar suvni qanday qabul qiladi?
O‘simliklarga suv yetishmasligi ularda boradigan barcha fiziologik jarayonlarga, xususan, 
suvning so‘rilishiga, ildiz bosimiga, barg og‘izchalarining harakatiga, suv bug‘latishga, fotosin
-
tezga, nafas olishga, fermentlarning faolligiga, mineral moddalarning qabul qilinishiga salbiy 
ta’sir qiladi.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida mineral elementlar muhim ahamiyatga ega.
Azot.
O‘simliklarda azot oqsillar, nuklein kislotalar, fitogormonlar, aminokislotalar tarkibiga 
kirib, urug‘larda, zaxira oqsillar tarkibida to‘planadi. Tuproqda azot yetishmasa, o‘simliklar-
ning o‘sishi sekinlashadi va uning barglari maydalashib, sarg‘ayadi. Gul va kurtaklar to‘kiladi. 
Azotning o‘ta yetishmasligi o‘simlik qurib qolishiga olib keladi 
(5.4-rasm)
.
Fosfor.
O‘simliklarda nuklein kislotalar va fosfolipidlarning tarkibiy qismiga kiradi. Fos
-
forning asosiy qismi tuproqdagi o‘simliklar va hayvonlar qoldiqlaridan, chirindi va minerallar 
tarkibidan qabul qilinadi. O‘simlikning o‘sishi va mevalarning pishishi sekinlashadi, kislorod 
yutilishi tezligi kamayadi, nafas olish jarayonida qatnashuvchi fermentlar faolligi o‘zgaradi. Bu 
oqsillar va nuklein kislotalar biosintezi buzilishiga ham olib keladi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin