104
amalga oshiradi. Ksilema murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (yog‘ochlik tolalari),
asosiy (jamg‘aruvchi) to‘qimalardan tashkil topgan. Ksilemaning o‘tkazuvchi to‘qimasi, ya’ni
o‘tkazuv chi nay hujayralari orqali ildizdan o‘simlikning barcha organlariga suv va mineral
moddalar transporti amalga oshiriladi.
Floema ham murakkab tuzilgan bo‘lib, o‘tkazuvchi, mexanik (lub tolalari), asosiy (jamg‘a-
ruvchi) to‘qimalardan tashkil topgan. Floemaning o‘tkazuvchi to‘qimasi, ya’ni elaksimon nay
hujayralari orqali barg larda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning
barcha organlari
-
ga tashiladi. Elaksimon nay yadrosiz tirik hujayralardan iborat. Ular yonidagi yadroga ega
yo‘ldosh hujayralar elaksimon naylarni oziq va energiya bilan ta’minlaydi. Naylar orasidagi
elaksimon to‘siqlar shakarni suvda erigan holda o‘tkazadi. Floema va ksilema ildizda, poyada
va bargda yonma-yon joylashadi va mexanik to‘qima tolalari bilan birga nay-tolali bog‘lam
-
larni hosil qiladi
(7.6-rasm)
.
O‘simlik bargi doimiy ravishda suv
bug‘latib, o‘simlikni qizib ketishdan
saqlaydi. Bu jarayon barg og‘izchalari
orqali amalga oshiriladi va
Dostları ilə paylaş: