108
tomir orqali tananing oldingi tomoniga, qorin qontomiri bo‘ylab tananing keyingi tomoniga
oqadi. Halqali chuvalchanglarda qon qizil rangda. Qon aylanish sistemasi yopiq.
7.9-rasm.
Yomg‘ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi.
Mollyuskalardan chuchuk suv shillig‘ida qon aylanish sistemasida
ikki kamerali yurak
pay-
do bo‘lgan. Yurak ikki qism: qorincha va bo‘lmachadan iborat
(7.10-rasm)
. Qon aylanish doirasi
qorinchalardan boshlanadi. Qorincha qisqarganda arterial qon arteriya qontomirlariga chiqa
-
riladi va to‘qimalarga yetkaziladi. To‘qimalardagi moddalar almashinuvi qoldiqlari va karbonat
angidrid bilan to‘yingan venoz qon vena tomirlariga yig‘ilib, o‘pkaga boradi. O‘pkada
gaz al
-
mashinuvi sodir bo‘ladi. Bunda qondagi karbonat angidrid o‘pkaga, o‘pkadagi kislorod qonga
o‘tadi. Arterial qon o‘pkadan chiqib, bo‘lmachaga quyiladi.
O‘pkadagi gazlar almashinuvi, ya’ni transporti qanday amalga oshadi?
Mollyuskalarda qon rangsiz yoki havorang bo‘ladi. Ochiq qon aylanish doirasiga ega.
7.10-rasm.
Suv shillig‘ining qon aylanish sistemasi.
7.11-rasm.
Daryo
qisqichbaqasining qon
aylanish sistemasi.
orqa qontomir
qorin qontomiri
halqasimon tomirlar
yurak bo‘lmachasi
yurak qorinchasi
arteriya
Qisqichbaqasimonlarning bosh-ko‘krak qismida yumaloq oqish yurak joylashgan. Yurak
-
da uch juft teshik mavjud. Yurak qisqarganda qon arteriya qontomiri orqali harakatlanib,
to‘qimalarga yetkaziladi. Qondagi oziq moddalar va kislorod hujayralarga o‘tadi. Aksincha,
hujayralardagi moddalar
almashinuvi qoldiqlari, jumladan, karbonat angidrid qonga o‘tadi.
Hosil bo‘lgan venoz qon qontomirlarga yig‘ilib, jabralarga yetkaziladi. Jabralarda gaz almash
-
inuvi natijasida venoz qon arterial qonga aylanadi. Yurak bo‘shashganda arterial qon uch juft
teshik orqali yurakka quyiladi. Qisqichbaqasimonlarning qoni rangsiz, qon aylanish sistemasi
ochiq
(7.11-rasm)
.
yurak
arteriya
vena
109
O‘rgimchaksimonlarning qon aylanish sistema
-
si qisqichbaqasimonlarnikiga o‘xshaydi,
faqat yurak
tananing qorin qismida joylashganligi bilan farqlana
-
di
(7.12-rasm)
.
Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq
(7.13-rasm)
. Ularning ko‘p kamerali naysimon yura-
gi qorin qismining orqa tomonida joylashgan. Yurak
qisqarganda qon kalta arteriya
orqali bosh tomonga
harakatlanadi. Qon tomirdan chiqib, to‘qima suyuqli
-
gi bilan aralashadi. To‘qimalarda moddalar almashinuvi sodir bo‘ladi. Yurak bo‘shashganda
yurakning ikki yonidagi teshikchalardan qon yurakka quyiladi. Hasharotlarning qoni gazlar
transportida ishtirok etmaydi.
7.13-rasm.
Hasharotlarning qon aylanish sistemasi.
Dostları ilə paylaş: