XI BOB TUR, POPULYATSIYA, EKOSISTEMA, BIOSFERA 11.1. TUR, POPULYATSIYA MUAMMONI ANIQLAYMIZ. Tabiatda ninachilarning xilma-
xilligiga sabab nima?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Tur, populyatsiya. Tabiatda mavjud xilma-xil o‘sim-
lik, hayvonlarni sistemaga solishda, ya’ni klassifikatsiyalashda tur tushunchasi sistematik
birlik sifatida qo‘llanadi. Masalan, oddiy na’matak, qizil lola, moyli kungaboqar, qo‘ng‘ir ayiq,
zog‘ora baliq, oq laylak.
Tur – o‘zaro morfologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan, erkin chatishib nasl beradigan, bir xil
genetik materialga ega organizmlar yig‘indisi. Masalan, qizil tulki. U yirtqichlar turkumiga
mansub bitta tur.
Populyatsiya – ma’lum bir arealda tarqalgan, bir turga kiruvchi, o‘zaro erkin chatishib
nasl bera oladigan organizmlar yig‘indisi (
11.1–11.2-rasmlar ). Masalan, Tyanshan tog‘ tizmasi-
da qizil tulkining 1000 ta vakili yashaydi. Ularni qizil tulkining bitta populyatsiyasi deyish
mumkin. Xuddi mana shunday tulkilarning 500–600 tasi O‘zbekiston janubidagi Hisor tog‘
tizmasida yashaydi. Bu endi qizil tulkining ikkinchi bir populyatsiyasi. Ushbu ikki populyatsiya
o‘zaro alohidalashgan, ularni uzoq masofa ajratib turadi. Lekin, shunga qaramay, bu ikki po-
pu l yatsiya bitta – qizil tulki turiga tegishli hisoblanadi. Ya’ni tur populyatsiyalar yig‘indisidan
tashkil topadi. Populyatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo‘lib yashaydilar. Lekin
ular turg‘un holatda bo‘lmay, noqulay sharoitda tarqalib ketadi
(11.3-rasm). 11.1-rasm. Jirafalar populyatsiyasi.
11.2-rasm. Sayg‘oqlar populyatsiyasi.
162
Tabiatda turlar juda ko‘p. Ularni bir-biridan
farqlashda tur mezonlaridan foydalaniladi. Tur
uchun xos bo‘lgan belgi va xususiyatlar yig‘indisi