11.2. AMALIY MASHG‘ULOT. TIRIK ORGANIZMLARNING TASHQI MUHITGA MOSLANISHINI O‘RGANISH Maqsad: o‘simlik va hayvonlarning tashqi muhitga morfologik moslanishlarini o‘rganish.
Bir turga kiradigan organizmlar belgi-xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Xilma-
xil turlar esa ko‘p belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tur uchun xos bo‘lgan belgi-xossalar
yig‘indisi
tur mezonlari deb ataladi. Bir turga kiruvchi individlarning tashqi va ichki tuzilishi-
ning o‘xshashligi morfologik mezonni ifodalaydi. Lekin tabiatda ayrim jinsli hayvonlarning
erkak va urg‘ochilari, termit va asalarilarda ona, erkak va ishchilari bir turga kirsa-da, ular
bir-biridan morfologik mezon bo‘yicha farq qiladi.
Bizga kerak: organizmlarning moslanishlari,
jinsiy demorfizm va polimorfizm aks etgan
rasmlar.
Ishning borishi: 1. Oʻz hududingizdagi oʻsimlik yoki hayvonlarni diqqat bilan kuzating.
2. O‘simlik va hayvonlarda tashqi muhitga moslashish belgilarni ayting va buning sabab-
larini tahlil qiling.
3. Ular orasidan bir turga kiradiganlarini ajratib oling.
4. Bir turga kiradigan o‘simliklardagi o‘xshash belgilarni o‘rganing.
5. O‘simliklardagi moslanishlarni tahlil qiling.
Yantoqning tikani Zirkning tikani Kaktusning tikani
6. Hayvonlardagi moslanishlarni tahlil qiling.
Laylak Toshbaqa Ko‘l baqa
7. Hayvonlar orasidan bir turga kiradigan erkak va urg‘ochi organizmda belgilarning farq
qilishi – jinsiy dimorfizmga alohida e’tibor qarating.
Xo‘roz va makiyonlar Qo‘ng‘izlar Yo‘lbarslar
165
8. Hayvonlar orasidan bir turga kiradigan organizmda belgilarning farq qilishi – polimor-
fi zm ga e’tibor qarating. Polimorfizmni rasmdan tahlil qiling.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring.