168
va boshqa gazlarning aralashmasidan iborat. Bio-
sferaning yuqori chegarasi atmosfera ning ozon
qatlamida joylashgan. Ozon qatlamidan yuqorida
hayot mavjud emas, chunki ultrabinafsha nurlar radi
-
atsiyasi bunga to‘sqinlik qiladi.
Hayot atmosferaning quyi qatlami – troposferada
tarqalgan. Troposferada havo harorati balandlikka ko‘taril
-
gan sari pasayib boradi. Troposferadan yuqorida stratosfera
qatlami joylashgan. Stratosferada havoning zichligi va bosimi
juda past. Stratosferada ozon qatlami joylashgan bo‘lib, u Yerni
ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Stratosferadan so‘ng
mezosfera, termosfera va ekzosfera joylashgan. Atmosferaning
bu qatlamlarida gazlar konsentratsiyasi past va harorati beqaror
bo‘ ladi.
Gidrosfera
Yerning suvli qobig‘i bo‘lib, okeanlar, dengizlar, ko‘llar,
daryolar, muzliklar va yer osti suvlarini o‘z ichiga oladi. Gidrosferaning
barcha qatlamlarida hayot mavjud. Gidrosfera biosferada iqlim
sharoitining mo‘tadilligi va suv ning davriy aylanishini ta’minlaydi.
Litosfera –
Yerning qattiq qobig‘i. Tirik organizmlarining
ko‘pchiligi litosferaning yuqori qatlamida yashaydi. Chuqurlik
ortgan sari organizmlar kamayib boradi. Litosferada yorug‘likning
kamligi, yuqori darajadagi harorat va zichlikning kattaligi tirik or
-
ganizmlarning hayotini cheklovchi omil sanaladi. Litosferaning yuqori qatlamida tuproq hosil
bo‘ladi. Litosferadagi tirik organizmlarning ko‘pchiligi aynan tuproqda yashaydi.
Dostları ilə paylaş: