I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

trofik darajalari
farqlanadi. Oziq zanjiridagi har bir organizm muayyan trofik darajaga tegishli bo‘ladi. 
Organizmning oziq zanjiridagi o‘rni trofik darajani belgilaydi. Trofik darajalar soni oziq 
zanjiri bo‘g‘inlari soniga teng bo‘ladi. Avtotrof organizmlar – produtsentlar 
birinchi trofik 
 darajani
, o‘simlikxo‘r organizmlar 
ikkinchi trofik daraja
ni, go‘shtxo‘rlar 
uchinchi trofik dara
-
ja
ni, go‘shtxo‘rlarni iste’mol qiladigan hayvonlar 
to‘rtinchi trofik daraja
ni hosil qiladi. 
Organizmlar bir xil oziq bilan oziqlanmaydi, ular turli xil oziq manbalaridan foydalanadi. 
Masalan, o‘simlik bilan chigirtka, sichqon, quyon oziqlanadi. Sichqon esa, o‘z navbatida, ukki 
va tulkiga ozuqa bo‘ladi. Organizmlar turli oziq manbalaridan foydalanishi hisobiga zanjir
-
lar bir-biri bilan chalkashib, bir necha oziq zanjirlaridan iborat bo‘lgan 
oziq to‘ri 
hosil qila
-
di 
(11.13-rasm).
Oziq to‘ridagi bog‘la nishlar 
orqali modda va energiya almashinuvi amalga 
oshadi. 
Har bir ekosistemadagi moddalar va 
energiyaning aylanishlari birlashib, bio-
sfera darajasidagi moddalar va energiyaning 
aylanishini ta’minlaydi.
Biosfera 
Yerning tirik organizmlar tarqal-
gan qobigʻi bo‘lib, tarkibi, modda va ener-
giya almashinuvi, undagi tirik organizmlar-
ning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera tarkibiga 
litosfe raning yuqori, atmosferaning quyi 
va gidrosferaning barcha qismi kiradi 
(11.14-rasm). 
Biosfera ham eng katta ekosis-
tema hisoblanadi. 
Atmosfera
Yerni o‘rab turgan gazsimon 
qobiq bo‘lib, uning tarkibi azot, kislorod 
11.12-rasm
. Oziq zanjiri.
11.13-rasm
. Oziq to‘ri. 
issiqlik energiyasi
yorug‘lik energiyasi
issiqlik energiyasi
issiqlik energiyasi


168
va boshqa gazlarning aralashmasidan iborat. Bio-
sferaning yuqori chegarasi atmosfera ning ozon 
qatlamida joylashgan. Ozon qatlamidan yuqorida 
hayot mavjud emas, chunki ultrabinafsha nurlar radi
-
atsiyasi bunga to‘sqinlik qiladi.
Hayot atmosferaning quyi qatlami – troposferada 
tarqalgan. Troposferada havo harorati balandlikka ko‘taril
-
gan sari pasayib boradi. Troposferadan yuqorida stratosfera 
qatlami joylashgan. Stratosferada havoning zichligi va bosimi 
juda past. Stratosferada ozon qatlami joylashgan bo‘lib, u Yerni 
ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Stratosferadan so‘ng 
mezosfera, termosfera va ekzosfera joylashgan. Atmosferaning 
bu qatlamlarida gazlar konsentratsiyasi past va harorati beqaror 
bo‘ ladi.
Gidrosfera
Yerning suvli qobig‘i bo‘lib, okeanlar, dengizlar, ko‘llar, 
daryolar, muzliklar va yer osti suvlarini o‘z ichiga oladi. Gidrosferaning 
barcha qatlamlarida hayot mavjud. Gidrosfera biosferada iqlim 
sharoitining mo‘tadilligi va suv ning davriy aylanishini ta’minlaydi.
Litosfera – 
Yerning qattiq qobig‘i. Tirik organizmlarining 
ko‘pchiligi litosferaning yuqori qatlamida yashaydi. Chuqurlik 
ortgan sari organizmlar kamayib boradi. Litosferada yorug‘likning 
kamligi, yuqori darajadagi harorat va zichlikning kattaligi tirik or
-
ganizmlarning hayotini cheklovchi omil sanaladi. Litosferaning yuqori qatlamida tuproq hosil 
bo‘ladi. Litosferadagi tirik organizmlarning ko‘pchiligi aynan tuproqda yashaydi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin