I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

11.3. EKOSISTEMALAR.
EKOSISTEMALAR. BIOSFERA
MUAMMONI ANIQLAYMIZ. 
Avtomobil inson yaratgan 
sistema hi soblanadi. Uning tarkibiy qismlari haqida fikr 
yuriting. 
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
 Ekosistema 
– 
o‘zaro munosa batda bo‘lgan, har xil turga mansub organizmlar va ular yashaydigan muhit 
omillarining yig‘indisi. Masalan, hovuz, koʻl, oʻrmon, chiriyotgan toʻnka va tuvakdagi gul. Eko
-
sistemalar o‘lchami va tarkibi jihatidan xilma-xil 
(11.8-rasm). 
Har qanday ekosistema tirik va 
notirik qismdan tashkil topgan.
11.8-rasm
. Ekosistemalar.
Biotop • Klimatop • 
Biosfera • Ozon • Troposfera 
• Litosfera


166
Ekosistema tabiiy (o‘rmon, cho‘l, daryo) va sun’iy (bogʻlar, xiyobonlar) bo‘ladi. Sun’iy 
ekosistemalarni insonlar yaratadi (
11.9–11.10-rasmlar
).
11.9-rasm.
Tabiiy ekosistema.
11.10-rasm.
Sun’iy ekosistema.
Ekosistemalar muhit sharoitlari (biotop) va tirik organizmlar (biotsenoz)dan tashkil topgan. 
Biotop
tirik organizmlar jamoasining yashash joyi va muhit omillarining yig‘indisidir. 
Ekosistemaning notirik tarkibiy qismlari – ekotopni, yorug‘lik, harorat, namlik, havo – 
klimatopni va tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan edafotopni tashkil etadi. 
Biotsenoz tirik organizmlar yig‘indisi hisoblanadi. Biotsenozdagi yashil o‘simliklar 
(fitotsenoz), hayvonlar (zootsenoz), zamburug‘lar (mikotsenoz) va mikroorganizmlar 
(mikrobiotsenoz)ni tashkil qilib, ular o‘rtasidagi oziq orqali bog‘lanishlar hisobiga modda
-
lar va energiyaning tashqi muhitdan tirik organizmlar tarkibiga o‘tishi, ulardan esa yana 
anorganik tabiatga qaytishi sodir bo‘ladi. Biotsenoz tarkibidagi tirik organizmlar va ular bilan 
tashqi muhit omillari o‘rtasida ijobiy yoki salbiy munosabat bo‘ladi. Bunday munosabatlar 
organizmlar o‘rtasidagi trofik (oziq) bog‘lanishlarni hosil qiladi, moddalar va energiyaning 
davriy aylanishini ta’minlaydi. 
Biotsenoz tarkibidagi anorganik moddalardan organik birikmalarni hosil qiluvchilar, ya’ni 
avtotrof organizmlar 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin