I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

11.2. AMALIY MASHG‘ULOT.
TIRIK ORGANIZMLARNING TASHQI MUHITGA MOSLANISHINI O‘RGANISH 
Maqsad:
o‘simlik va hayvonlarning tashqi muhitga morfologik moslanishlarini o‘rganish.
Bir turga kiradigan organizmlar belgi-xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Xilma- 
xil turlar esa ko‘p belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tur uchun xos bo‘lgan belgi-xossalar 
yig‘indisi 
tur mezonlari
deb ataladi. Bir turga kiruvchi individlarning tashqi va ichki tuzilishi-
ning o‘xshashligi morfologik mezonni ifodalaydi. Lekin tabiatda ayrim jinsli hayvonlarning 
erkak va urg‘ochilari, termit va asalarilarda ona, erkak va ishchilari bir turga kirsa-da, ular 
bir-biridan morfologik mezon bo‘yicha farq qiladi.
Bizga kerak:
organizmlarning moslanishlari,
 
jinsiy demorfizm va polimorfizm aks etgan
rasmlar.
Ishning borishi:
1. Oʻz hududingizdagi oʻsimlik yoki hayvonlarni diqqat bilan kuzating. 
2. O‘simlik va hayvonlarda tashqi muhitga moslashish belgilarni ayting va buning sabab-
larini tahlil qiling.
3. Ular orasidan bir turga kiradiganlarini ajratib oling.
4. Bir turga kiradigan o‘simliklardagi o‘xshash belgilarni o‘rganing. 
5. O‘simliklardagi moslanishlarni tahlil qiling.
Yantoqning tikani Zirkning tikani Kaktusning tikani
6. Hayvonlardagi moslanishlarni tahlil qiling.
Laylak Toshbaqa Ko‘l baqa
7. Hayvonlar orasidan bir turga kiradigan erkak va urg‘ochi organizmda belgilarning farq 
qilishi – jinsiy dimorfizmga alohida e’tibor qarating.
Xo‘roz va makiyonlar Qo‘ng‘izlar Yo‘lbarslar


165
8. Hayvonlar orasidan bir turga kiradigan organizmda belgilarning farq qilishi – polimor-
fi zm ga e’tibor qarating. Polimorfizmni rasmdan tahlil qiling.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin