I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz-fayllar.org
Yana bir marta qaytaramiz! 1. Tadqiqot ob’ektlarida mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, bog‘lanishlar, me’yoriy qiymatlar o‘zgaruvchan yoki barqaror xossalar, belgilar va holatlar orqali namoyon bo‘ladi. Harakat, o‘zgarish va funksional bog‘lanishlarni boshqaradigan qonuniyatlar xossasalar, belgilar va hodisalar ortida «yashiringan» bo‘ladi. Shu xossasalar, belgilar, hodisalar empirik bilish ob’ekti bo‘lib, ularni o‘rganish natijasida «yashiringan» mohiyatli xossalar va qonuniyatlar kashf etiladi, tushuntiriladi.
2. Empirik tadqiqot usuli ob’ekt xususida ma’lumot va faktlarni olish, ularni birlamchi qayta ishlash vositasidir. Empirik ma’lumotlar va faktlar keyinchalik nazariy tadqiqot doirasiga kiritiladi.
3. Nazariy tadqiqot doirasiga kirgan ma’lumotlar va faktlarni tushuntirish kashf etishga, qonun yoki tamoyilni ishlab chiqishga, texnologik ixtiro qilishga olib keladi.
4. Kuzatish empirik izlanish usuli sifatida:
a) ob’ektlarni idrok qilsa (kuzatsa) bo‘ladigan xossalar, belgilar va tuzilmalar xususida birlamchi axborot va faktlarni olish;
b) ob’ekt haqida konkret tasavvur hosil qilish;
v) nazariy tahlil uchun manba yetkazish vazifalarini bajaradi.
5. Kuzatish usuliga oid talablar: faollik, bir maqsadga yo‘naltirilganlik, kuzatishni rejali va mo‘ljallangan bo‘lishi, tizimli va belgilangan rejimda izchillik bilan ob’ektni idrok qilish.
6. Ob’ektlar mohiyatan sifat va miqdor birligi, har bir xossa va tuzilma esa miqdoriy me’yorga ega bo‘lgani bois ularni bilishda o‘lchash usulidan foydalanish muhim ahamiyatni kasb etadi.
7. O‘lchashda zarur aniqlikka erishish uchun etalondan, standart birliklaridan foydalanadilar.
8. Etalonda ifodalangan o‘lchov birliklarini ishlab chiqish va saqlash shartlari bilan metrologiya fani shug‘ullanadi.
9. O‘lchash usuli tarkibiy qismini holatni u yoki bu tomonga o‘zgarishini qayd qiladigan daraja shkalalari – nominal, tartib, interval (oraliq) va munosabat shkalalari tashkil qiladi.
10. Empirik tadqiqotda kuzatish va o‘lchash natijalari taqqoslash va tavsiflash usullari yordamida qayta ishlanadi.
11. Taqqoslashda ob’ektlardagi o‘xshashlik, umumiylik, moslik, aynanlik, farq, xususiylik, individuallik (betakror hislat) kabi birlashtiruvchi yoki farqlanadigan belgilar, xossalar aniqlanadi.
12. Tavsiflash usulidan foydalanishda ob’ektning belgilari va xossasalariga doir axborot va faktlarni birlamchi empirik qayta ishlash jarayonida u haqida to‘liq yoki to‘liqsiz tasavvur (obraz, model) hosil bo‘ladi.
13. Tavsiflash boshlang‘ich empirik tadqiqot natijasi sifatida nazariy tahlil manbai va asos bo‘lib xizmat qiladi.