I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 254,42 Kb.
səhifə35/41
tarix21.10.2023
ölçüsü254,42 Kb.
#159308
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz-fayllar.org

II. NAZARIY TADQIQOT USULLARI

1. Analiz va sintez

Empirik bilish darajasida ob’ektning kuzatsa bo‘ladigan xossa yoki belgilarini, unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni bevosita yoki asboblar yordamida aniqlaymiz, tavsifini beramiz. Shundan keyin tadqiqotchida savol tug‘iladi: kuzatilgan belgi,xossa qayerdan paydo bo‘ldi, u yoki bu o‘zgarishni keltirib chiqaradigan sabab nima?


Savolga javob berish uchun ob’ektning sifati yoki me’yoriy qiymatlarini belgilab beradigan xususiyatlarini ko‘rib chiqish kerak. Bu xususiyatlar esa ob’ektning har doim kuzatib bo‘lmaydigan aloqalar,bog‘lanishlar va ta’sirlar bilan belgilanadi. Bularni fikrda aniqlash va tahlil qilsa bo‘ladi, natijada idrok qilib bo‘lmaydigan xossalarni, qonuniyatlarni ochish mumkin. Shu tarzda atomdagi elektronning yadro atrofida aylanish orbitasi mavjud ekanligi aniqlangan. Bu nazariy fikrlash, tadqiqot,faktlarni tahlil qilish natijasidir.
Nazariy tadqiqotda ob’ektning sifati va xususiyatini belgilab beradigan sabab undagi unsurlarning xossalarida, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarda izlanadi. Ongda xossalar va bog‘lanishlarning obrazlari shakllantiriladi, tahlil qilinadi, tadqiqotchi yangi xulosaga keladi , oldin ma’lum bo‘lmagan xossa yoki qonuniyat kashf qilinadi. Shunday natijaga olib keladigan usullardan biri analiz va sintezdir.
Tahliliy tadqiqotning yakuniy bosqichida izlanuvchilar qism va unsurlar, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni in’ikos etgan obraz va tushunchalardan tashkil topgan bilimni umumlashtiradilar, aqliy sintezni amalga oshirib yangi tushuncha hosil qiladilar. Demak, har qanday analiz umumlashtirish, mantiqiy sintez bilan bog‘liqda olib boriladi.
Analiz (yunon. analysis – ajratish, parchalash, farqiga borish) amalda yoki fikran ob’ektni qismlarga (unsurlarga) bo‘lish va ularni har birini alohida-alohida o‘rganish usulidir. Qismlarning belgilari va parametrlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni tahlil qilish, undan keyin tahliliy materialni umumlashtirish ob’ektning xossalari, ularni mavjud qiladigan sabab va qonuniyatlarni kashf qilishga olib keladi.
Atom borlig‘ini belgilaydigan hislat uning strukturasi va statsionar barqarorligidir. Lekin, laboratoriyada olib boriladigan eksperimental izlanishlarda bu xossalarni bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Shu bois, tadqiqotchilar atom strukturasiga kirgan unsurlarni (elektron, yadro, elektromagnit maydoni va boshqalarni) alohida-alohida o‘rganadilar, tahlil (analiz) qiladilar, ularni aks ettiradigan obrazlar va tushunchalar ongda shakllanadi. Tadqiqot bu bilan tugamaydi. Navbat umumlashtirishga (sintezga) keladi. Fizika tarixidan ma’lumki, olingan tahliliy natijalarni N.Bor umumlashtirdi, xayoliy eksperiment o‘tkazdi, natijada atom strukturasi modelini ishlab chiqdi.
Empirik bilish darajasidagi analizda konkret xossalar va qiymatlar haqida fakt, tavsif, obraz hosil bo‘ladi. Modda turkumiga kirgan mineral empirik tahlil ob’ekti bo‘lganida, uning fizik va ximiy xossalari-rangi, strukturasi, zichligi, qattiqligi, magnit va elektr xossalari aniqlanadi.
Moddani nazariy tadqiqot darajasida tahlil qilish struktura, atom, molekula, birikma kabi tushunchalarni shakllanishiga olib keladi. O‘z navbatida tushunchalar ham nazariy va metodologik tahlil predmetiga aylanishi mumkin.
Analiz qilingan predmetlarni taqqoslash, birlashtirish va umumlashtirish tafakkurda sintez amalini bajarilishiga olib keladi. Sintezda tahliliy tadqiqot jarayonida olingan faktlar, materiallar, tasavvurlar umumiyroq xossa yoki qonuniyatni ifodalashlariga qarab mazmunan birlashtiriladi, natijada o‘rganilayotgan predmet xususida bir-butun g‘oya, tushuncha, nazariya xoksil bo‘ladi. Mazkur tavsifdan kelib chiqib sintez tushunchasini quyigicha ta’riflash mumkin: sintez-predmetni amalda yoki fikrda qismlarga bo‘lib tahlil qilish jarayonida hosil bo‘lgan faktlar, ma’lumotlar va tasavvurlarni bir-biriga bog‘lab bir butun mazmunga ega bo‘lgan g‘oya, tushuncha va nazariyani ishlab chiqish usulidir.
Irsiyat muammosi bilan shug‘ullangan avstriyalik olim va ruxoniy G.Mendel (1822-1884) 1865 yilda irsiy qobiliyatning diskret (bulak-bulak) birligi borligini aniqladi. Olim irsiy belgilarni avloddan avlodga berilishi yo‘llarini taxlil qilib shu kashfiyotga keldi. 1909 yilda Iogansen irsiy belgilarni berilishiga doir tahliliy materiallarni umumlashtirib, bir-butun mazmunga ega bo‘lgan gen tushunchasini fanga kiritdi.
O‘tgan asrni o‘rtalarida molekulalar genetika yo‘nalishi doirasida genning strukturasi va tarkibiy qismlari tahlil qilindi. Olingan natijalarni umumlashtirish jarayonida DNK, RNK, KODON kabi irsiyat birliklarini ifodalaydigan tushunchalar va ayniqsa, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan irsiyat mexanizmi modeli ishlab chiqildi. Demak, irsiyat muammosi yo‘nalishida o‘tkazilgan tadqiqotlarda analiz va sintez usullari navbatma-navbat qo‘llanildi. Xususan: 1) ob’ektni tarkibi va strukturasini o‘rganishda analiz; 2) tavsiflangan qism va unsurlarda o‘xshash, umumiy xossalarni o‘rganishda, mazmunan bir butun bo‘lgan tushuncha va g‘oyalarni ishlab chiqishda sintez ustuvor rol o‘ynaydi.

Yüklə 254,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin