I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz-fayllar.org
Ijodiyot turlari. Yangilikni yaratish sohalari va harakteriga qarab ijodiyot turlarga bo‘linadi.
Soha bo‘yicha:
1. Badiiy ijodiyot.
2. Ijtimoiy ijodiyot (islohotlar, ijtimoiy loyihalar).
3. Texnik ijodiyot
4. Ilmiy ijodiyot
5. Muxandislik ijodiyoti
6. Dizayn va boshqalar.
Yangilikni ochish, yaratish harakteriga qarab kashfiyot va ixtironi farqlaydilar. Biror narsa kashf qilinganda oldin ma’lum bo‘lmagan ob’ektlar, xossalar ochiladi. Agarda fanda nazariy g‘oyalar va tasavvurlar rivojlangan holatda bo‘lsa, unda yangi ochilgan hodisa tadqiqot ob’ektiga aylanadi va ma’lum vaqt oralig‘ida uning mohiyati tushuntiriladi. Lekin, har doim shunday bo‘lavermaydi.
Niderlandiya olimi Levenguk (1632-1723) birnchi marta o‘zi ixtiro qilgan mikroskopda hujayralarni kuzatdi. Vaholanki, hujayrani biologik mohiyatini tushuntiradigan nazariya faqat XIX asrda nemis biologi T.Shvann tomonidan ishlab chiqildi. Shu o‘rinda aytish kerakki, Shvanni o‘zi ham 1836 yilda me’da shirasi tarkibida pepsin moddasi borligini kashf qildi.Bu moddaning kimyoviy strukturasi va funksiyasi XX asrda aniqlandi va tushuntirib berildi.
Ixtiro bevosita bunyodkorlikka olib keladigan ijoddir. Insoniyat yaratgan sun’iy (madaniy) muhitdagi barcha narsalar o‘z vaqtida qilingan ixtirolarning natijasidir.
Ixtiro shunday ijodki, unda mavjud bilimlar, nazariyalar asosida tabiiy narsa va hodisalardagi modda, energiya va shaklni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirish yo‘li bilan u yoki bu funksiyani bajaradigan buyumlar, asbob uskunalar, moslamalar va texnologiyalar yaratiladi.
Ilmiy tadqiqot sohasida ixtiro yangi eksperimental uskunalar, izlanish vositalari va usullar, modellar va laboratoriyalarni yaratishda namoyon bo‘ladi.
Hozirgi fanda, ayniqsa mikro va makroolamni tub asoslarini o‘rganishga kirishgan tabiiy fanlarda tadqiqot olib borish uchun katta harajat va vaqt talab qiladigan eksperimental uskunalarni ishlab chiqish zarurati tug‘ilmoqda. Bunga Yer orbitasida aylanayotgan kosmik stansiyalarda joylashtirilgan teleskoplar, fizik eksperimentlarda foydalanilayotgan siklotron va kollayderlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.