I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish


Marketing tadbirlarini hayotga tadbiq qilish



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə85/97
tarix16.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#131102
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97
UMK

Marketing tadbirlarini hayotga tadbiq qilish — bu korxonaning maqsadli bozordagi marketing xatti-harakatlarining aniq rejasidir. U qabul qilingan qarorlarga muvofiq barcha marketing vositalarini o‘z ichiga oladi (marketing-miks). Reja quyidagi tuzilmaga ega:
1) tadbirning nomi;
2) bajarilish muddatlari;
3) tadbirni bajarish uchun mas’ul shaxs;
4) tadbirni o‘tkazish qiymati;
5) kutilayotgan natijalar.
Marketingni boshqarishning usul va shakllari namoyon bo‘lish xususiyatlari va natijalariga ko‘ra nihoyatda xilma-xildir. Ularning xilma-xilligi marketing vazifalarini hal qilishning ko‘pgina strategik usullarining mavjudligi, iste’molchilarning ehtiyojlari o‘zgarishi, raqobat usullarining xilma-xilligi va boshqalardan kelib chiqadi. Korxonalar tomonidan marketingni qo‘llash bo‘yicha kasb etgan tajribasi, shu jumladan, uni boshqarish tajribasi ham, bu jarayonda firmaning bosh direktori va uning lavozimi darajasidagi boshqa shaxslar hal qiluvchi rol o‘ynashidan dalolat beradi. Ularning marketing, imkoniyatlar to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurligiga, asosiysi esa, qo‘yilgan maqsadlarga erisha olishiga korxonada marketingdan ijodiy foydalanishning muvaffaqiyati yoki mag‘lubiyati bog‘liq bo‘ladi. Bosh direktor marketing sohasida chuqur bilimga ega bo‘libgina qolmay, marketingni korxonaga joriy etish va bu ishni shaxsan boshqarishga qat’iy bel bog‘lashi kerak.
SWOT — korxona faoliyatining tahlili (quyidagi so‘zlarning bosh harflaridan olingan qisqa nom: Afzalliklar va Kamchiliklar, korxona uchun Imkoniyatlar va Tahdidlar) tavsiya etilishi mumkin. U chizma shaklida 8.2-rasmda ko‘rsatilgan.
Afzalliklar va Kamchiliklarni baholashda asosiy e’tibor korxonaning ichki omillariga, Imkoniyatlar va Tahdidlarni baholaganda esa tashqi muhitni belgilaydigan omillarga qaratiladi.
Korxonaning ichki omillari undan tashqarida yuzaga keladigan iste’molchilar, ta’minotchilar, raqobatchilar, aloqador auditoriyalar va jamoatchilik fikri bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga qaraganda osonroq aniqlanadi.




Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin