Muammo bo‘yicha boshqaruvchilik qarori. Marketing faoliyatining asosiy determinantlariga omillarning ikki guruhi kiradi: firmaning nazorat qilinmaydigan, yoki tashqi va nazorat qilinadigan, yoki ichki omillari. Nazorat qilinmaydigan omillarga firma bozorda duch keladigan cheklovlar kiradi. Nazorat qilinadigan omillarni to‘rtta keng kategoriyalarga birlashtirish mumkin. Xaridor nazari bilan qarasak, ular quyidagilarga mos keladi:
tovar yoki xaridorning muammosini «hal qilishga», ya’ni yaratilgan boyliklar to‘plamiga;
joy yoki tovarlarni xaridorlar uchun qulayroq ko‘rinishda taqdim etishga;
siljitishga yoki taklif etiladigan tovarning ijobiy xususiyatlari haqida xabar beruvchi kommunikatsiyalarga.
Shunday qilib, marketingning butun kompleksi bo‘yicha boshqaruvchilik qarorlari korxona muhitining ham nazorat qilinadigan, ham nazorat qilinmaydigan omilari bo‘yicha integrallashishi kerak.
Marketingni boshqarish
Marketingni boshqarish jarayoni keng ma’noda qaraganda to‘rtta komponentni o‘z ichiga oladi:
Marketing boshqaruvida korxonaning vazifasi shundan iboratki, bozorning tanlab olingan istiqbolli segmentlariga nisbatan marketing kompleksini (tovar, narx, tarqatish va siljitish) ishlab chiqish va marketing axborotini tahlil qilish, marketingni rejalashtirish va marketing nazorati yordamida uni harakatga keltirishdan iborat.
Korxonaning bozor imkoniyatlari — bu korxonaning foyda olish maqsadida bozordagi faoliyatining jozibali yo‘nalishlari. Marketing qarorlarini qabul qilish va ularni amalda tadbiq qilish bo‘yicha xatti-harakatlarni rejalashtirish uchun korxonaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish zarur. Buning uchun tahlilning quyidagi usullari qo‘llaniladi: Vaziyatli tahlil; SWOT-tahlil; STEP-tahpil; CAP-tahlil.