Favqulodda hodisalar natijasida aylanma mablag‘larning kamayishi va sh.k.
Keltirib o‘tilgan asosiy noqobillikni keltirib chiqaruvchi sabablar oxir-oqibat korxona aylanma mablag‘larini keskin kamayib ketishiga olib keladi. Joriy aktivlarning joriy majburiyatlardan kamayib ketishi esa to‘lovga noqobillikni keltirib chiqaradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, to‘lovga layoqatsizlikni sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar barcha sabablar bitta hodisaga, ya’ni aylanma mablag‘larni kamayishiga olib keladi. Korxonada aylanma mablag‘larning etishmovchiligi esa naqd pul tanqisligini keltirib chiqaradi so‘ng korxona to‘lov layoqatini yo‘qotadi.