I nazariy materiallar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Maruza matn (1)

Kuchsiz o‘zgargan landshaftlar–
inson xo‘jalik faoliyati tahsirida ularning ayrim 
komponentlari qisman (10-20 %) o‘zgargan bo‘lib, tabiiy aloqadorliklar buzilmagan va o‘zini 
tiklash qobiliyatiga ega. Asosan shifobaxsh o‘simliklarni terish, ovchilik va qisman chorvachilik 
tahsirida o‘zgargan. 
o‘rtacha o‘zgargan landshaftlar–
inson xo‘jalik faoliyati tahsirida ko‘p komponentlari 
(20-40 %) o‘zgargan bo‘lib, tabiiy aloqadorliklar buzilish holatida. Bu landshaftlarni o‘z holatini 
tiklash uchun antropogen tahsirni cheklash zarur. Ular asosan chorvachilik, bog‘dorchilik va 
qisman tog‘

kon sanoati tahsirida o‘zgarib bormoqda. Landshaftlarning tekislik qismidagi 
vohalarga tutashib ketgan yirik qum massivlarida boshqa hududlarga nisbatan o‘simlik va 
hayvonlarning noyob turlari yaxshi saqlanib qolgan. 
o‘rta o‘zgargan landshaftlarning
ko‘p komponentlari o‘zgarishga uchragan (40-60 %) 
bo‘lib, landshaftlarning tuzilmasi sezilarli darajada buzilgan. Ular sug‘orish maqsadida yangi 
o‘zlashtirilgan bo‘lib, dehqonchilik, bog‘dorchilik va qisman chorvachilik tahsirida o‘zgarishga 
uchragan. Bu landshaftlardagi vohalarning ayrim joylarida kichik orolsimon ko‘rinishda 
qumliklar uchraydi.
Kuchli o‘zgargan landshaftlar
tuzilmasi deyarli o‘zgargan (60-80 %). Asosan 
dehqonchilik tahsirida hududning relefi, tuproi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, er osti suvlarining 
tarkibi, muvozanati va boshqalar kuchli o‘zgarishga uchragan.
Qo‘qon xonligi Rossiyaga qo‘shilgandan so‘ng Farg‘ona vodiysi ham Rossiyaning arzon 
xom-ashyo bilan uzluksiz tahminlab turuvchi hududiga aylantirildi. Natijada vodiy tabiatida 


53 
uzoq vaqt davomida shakllangan ekologik muvozanat buzilishga uchray boshladi. Bu ekologik 
xavfni dastlab Farg‘ona vodiysida 1878 yilda tadqiqot olib borgan A.F.Middendorf [77] anglab 
etdi. Uning fikricha, «Qum bosish sug‘orish sababli emas; bu-xo‘jalikni xo‘jasizlarcha 
boshqarish, o‘ylamasdan o‘simlik qoplamini yo‘qotish natijasidir…» degan edi..
 
CHo‘l landshaftlarining maydoni 
1
936 yilga qadar 168 ming ga tashkil etgan. 
Kishilarning xo‘jalik faoliyati tahsirida ularning maydoni yildan-yilga qisqarib bordi. Hozirgi 
vaqtda viloyat hududida yirik qum massivlari asosan Danara, Beshariq, YOzyovon, Uchko‘prik 
tumanlarida qolgan. Vohalar orasida orolsimon shakldagi qumliklar Buvayda, Oxunboboev, 
Rishton, Quva tumanlarida uchraydi. Bu qumliklar barxan-do‘ng va do‘ng-marza qum relef 
shakllariga ega bo‘lib, deflyasiya «o‘choq»lari, qum tepalari o‘rtasidagi sho‘rxokli, taqirli va 
botqoqli pastqamliklardan iborat. 
Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida 1948-1953 yillarda barpo etilgan davlat o‘rmon 
ihotazorlari tizimi 1970-1980 yillar davomida kesib yo‘qotildi [122]. Buning oqibatida 
vodiyning minglab gektar ekin maydonida shamol tahsirida tuproq eroziyasi kuchaydi. o‘simlik 
qoplami nobud qilingan qumlarning siljishini vodiyning g‘arbiy hamda sharqiy hududlarida ham 
kuzatish mumkin.
Masalan, Buvayda tumani hududida joylashgan barxan qumlarining antropogen tahsir 
sababli harakatlanishi ortib, ayrimlari qo‘shni Namangan vodiysiga «ko‘chib» o‘tgan. Hozirgi 
kunda sug‘oriladigan qumloq va qumli tuproqlarda deflyasiyaning kuchayishi yuz bermoqda. 
Bunga ekinzorlar atrofidagi ihotazorlarning yo‘qotilishi, ishlov beriladigan erlar hududining 
kengaytirilishi va boshqalar sabab bo‘lmoqda. 
Vodiyda xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishi va erlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi 
ayrim o‘simlik va hayvonot turlarini butunlay
yo‘qolishiga olib keldi. o‘zR «Qizil kitobi»ga [139; 140] viloyat hududida tarqalgan
o‘simliklarning 27 turi, hayvonlarning 41 turi kiritilgan. SHundan, 11 turdagi hayvon va 2 
turdagi o‘simlik vakillari muhofazaga olingan hududlarda tarqalgan (3.1.2-jadval).
Noyob o‘simlik turlarining asosiy qismi tog‘ mintaqasida tarqalgan bo‘lib, muhofazaga 
olinmagan.
Muhofaza choralari shu kunlarda amalga oshirilmasa, ular yo‘q bo‘lib ketishi 
mumkin. CHunki o‘simlik va hayvon turlarining ko‘pchiligi yo‘q bo‘lib ketish arafasidagi turlar 
sifatida «Qizil kitob»ga kiritilgan. 
Tog‘ yonbairlari, adirlar va yoyilmalarning shag‘alli qismlarida sug‘oriladigan 
erlarni kengaytirilishi, drenaj quduqlari va zovurlarning samaradorligini past bo‘lishi, daryo 
yoyilmalarining er osti suv muvozanatidagi o‘zgarishlar erlarning meliorativ holatini 
yomonlashishiga olib keldi [26]. Natijada 1990 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida 
sho‘rlangan erlar maydoni Farg‘ona vodiysi bo‘yicha 3,7 barobarga ortib ketdi. Farg‘ona 
vodiysida sho‘rlangan erlar 73,8 %ni, shundan kuchli sho‘rlanishga uchragan erlar 14,5 %ni 
tashkil etmoqda. 
Vodiyda sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan toshko‘mir, neft-gaz, surma, simob, 
polimetall va boshqa konlar mavjud. Rudali tog‘ jinslarining nurashi, ularni qazib olish va qayta 
ishlashda xosil bo‘lgan turli mikroelementlar suv, havo, tirik organizmlar va insonlarning 
xo‘jalik faoliyati tahsirida vodiyning pastqam hududlarida to‘planishidan anomal geokimyoviy 
mintaqalar va zonalar vujudga kelgan.
Makro- va mikroelementlar organizmga ozuqa, suv va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar 
tarkibidan o‘tadi. Bu elementlarni organizmda ko‘payishi yoki etishmasligi turli endemik 
kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, Farg‘ona vodiysining hududidagi landshaftlarda yodning ozligi kishilarda va 
chorva mollarida endemik buqoqning keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bunga vodiyning 
tabiiy sharoiti (quruq iqlim, tuproqda gil va gumusning ozligi, kalsiyning ko‘pligi, hududni 
okeanlardan uzoqligi, joyning balandligi, er osti suvlari sathining yaqinligi va boshq.) va 
texnogen omil (atrof-muhitni turli chiqindilar bilan ifloslanishi, sug‘oriladigan maydonlarni 
ko‘pligi va boshq.) tahsir ko‘rsatadi.


54 
Atmosfera havosini azot oksidlari, ozon, uchuvchi organik birikmalar bilan ifloslanish 
darajasi Qo‘qon va Farg‘ona shaharlarida sanitariya-gigienik mehyorlardan ortiqligi saqlanib 
qolmoqda [82; 120]. Bunday holatlarni oldini olish uchun sanoat korxonalari atrofida sanitariya-
himoya zonalarini tashkil etish zarur. Bu zonalarda o‘simliklarni turli chang va zararli 
birikmalarni o‘zida ushlab qolish xususiyatlarini ehtiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Farg‘ona vodiysida 
ichimlik 
suvlarining 
kimyoviy 
tarkibiga 
ko‘ra sifat 
ko‘rsatkichlarining salbiy tomonga o‘zgarishi kuzatilmoqda. Masalan, Isfara va So‘x er osti 
suvlari xosil bo‘lish zonalarida er osti suvlarining ifloslanishi yuz bermoqda. Ularda er osti 
suvlarining minerallashish ko‘rsatkichi 1,5 g/l dan 2,3 g/l gacha o‘sgan. Er osti suvlari qishloq 
xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq holda, minerallashish ko‘rsatkichi 1,4-1,7 g/l gacha va qattiqligi 
17,2 mg-ekv/l gacha ortishi kuzatiladi [83; 78].
SHunday qilib, Farg‘ona vodiysi aholisida uzoq yillar davomida shakllangan tabiatdan 
foydalanish madaniyatining unutilishi va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish 
landshaftlarda salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
CHo‘l landshaftlari Markaziy Farg‘ona sinklinalidagi turli yoshdagi, genezisdagi 
hamda morfologiyadagi yoyilmalar, qumliklar, Sirdaryo terrasalaridagi tekisliklarda rivojlangan 
[74]. Vodiyning geografik o‘rni, uning Evrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi 
hamda quyosh radiatsiyasi, er yuzasining tuzilishi va atmosfera sirkulyasiyasiga bog‘liq holda 
unda issiq, quruq va uzoq yoz, yumshoq va qisqa qish, yoinlar, asosan, bahor va qish vaqtida 
bo‘ladigan subtropik iqlimning kontinental tipi shakllangan. Farg‘ona vodiysida yil davomida
quyoshli kunlar ko‘p bo‘lib, viloyatning hamma tumanlarida o‘rta hisobda 2600-2800 soatga 
to‘g‘ri keladi. o‘rtacha yillik harorat 13-14
0
, maksimal harorat 46

(Beshariq), minimal harorat -
30
0
ga (Quva) teng. Bahorda so‘nggi sovuq tushishining o‘rtacha muddati va ijobiy haroratning 
yig‘indisi joyning dengiz sathidan balandligiga ko‘ra o‘zgarib boradi.
Quyosh ufqdan baland ko‘tarilganligi va quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lganligi sababli
viloyat hududi quyosh radiatsiyasini ko‘p oladi. Farg‘onada gorizontal maydonning har sm
2
yil davomida 145 kkall issiqlik qabul qiladi. Uning 58 kkall ga yaqin qismi yozga, 16 kkall 
qish oylariga to‘g‘ri keladi. Demak, yozda qishdagiga nisbatan 4 marta ko‘p issiqlik tushadi 
[131].
Yillik yoin miqdori 80-200 mm atrofida bo‘ladi. Eng kam yoin (80-100 mm) Qo‘qon-
SHo‘rsuv oraliida kuzatiladi. SHu erdan yoin sharqqa va tog‘larga tomon ortib boradi. Eng ko‘p 
yoin Quva va SHohimardonda kuzatiladi. YOin miqdorining asosiy qismi noyabr va mart oylari 
oraliiga to‘g‘ri keladi. Yillik yoinning 30-39 % i bahorda, 30-36 % i qish oylarida, 12-14 % i yoz 
va 12-18 % i kuz oylarida tushadi [132]. 
SHamollar rejimi vodiyning orografiyasi va havo oqimlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, 
yozda g‘arbdan sharqqa, qishda sharqdan g‘arbga esadi. SHamollarning esish tomoni bunday 
o‘zgarib turishiga, qishda vodiyning sharqidagi tog‘larda mahalliy antitsiklonlarni xosil bo‘lishi, 
yozda esa vodiyning qizib ketishi natijasida esa bu erda mahalliy past bosim mintaqasini
(termik depressiya) vujudga kelishi sababchidir. 
Dekabr, yanvar va fevral oylarida hamma joyda sharqiy shamollar, yahni so‘rish rejimi 
hokimlik qiladi. Martda viloyatning g‘arbiy qismida «Qo‘qon» shamoli kuchayib, u aprel va 
noyabr oylarida ham hokimlik qiladi. Bu shamol yiliga o‘rta hisobda 53 kun esib turadi. Kuchli 
shamollar (15-40 m/s) g‘arbda mart-may, sharqda esa may-iyul oylariga to‘g‘ri keladi.
Tekisliklarda antropogen omil tahsirida landshaftlarining mikrorelefi, mikroiqlimi, tuproq va 
o‘simlik qoplami eng ko‘p o‘zgarishlarga uchragan va turli landshaftlar shakllangan

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin