I nazariy materiallar


-mavzu. Farg‘ona vodiysining landshaftlari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Maruza matn (1)

8-mavzu. Farg‘ona vodiysining landshaftlari

Reja: 
1.
Farg‘ona vodiysining tabiiy komlekslari. 
2.
Tabiiy komplekslarning morfologik tuzilishi. 
3.
Landshaftlarning o‘zgarganlik darajasi. 
4.
Tabiiy geografik komlekslarni optimallashtirish yo‘llari. 
Farg‘ona vodiysi hududi va landshaftlarining tuzilmasi ancha xilma-xil hamda o‘ziga 
xosdir. Turli gipsometrik yuzalarda iqlimiy sharoitning o‘zgarishi bu hududda tekislik-cho‘l, 
adir-chala cho‘l, tog‘-dasht va baland tog‘-o‘rmon kabi landshaftlarning shakllanishiga olib 
kelgan. Landshaftlarning har birida gidrotermik va geomorfologik sharoitlarning nisbiy bir-
xilligi xos bo‘lib, ular tahsirida ekzogen jarayonlar, oqim, kimyoviy elementlarning migratsiyasi 
va tuproq xosil bo‘lishidagi umumiyliklar o‘simlik qoplami hamda landshaftlarning barcha 
xususiyatlarida o‘z ifodasini topgan. 
Farg‘ona vodiysi landshaftlari kartasini tuzishda A.Abdulqosimov [27], 
I.Abduaniev [10], SH.Zokirov [57] va boshqalar tomonidan tavsiya etilgan landshaftlarni 
tasniflash birliklaridan, A.Rafiqov, T.Mirzalievlarning [107] o‘zR tabiatni muhofaza qilish 
kartasidan va boshqa adabiyotlardan foydalanildi.
Farg‘ona vodiysi landshaftlari va ularning o‘zgarganlik holati kartasini tuzishda landshaft 
tipi (sinf), guruhi va turlari asos qilib olindi. Landshaft sinflarini aniqlashda ko‘pgina 
tadqiqotchilar landshaftning morfometrik xususiyatini asos qilib oladi. Bunda tog‘ va tekislik 


52 
landshaft sinflari ajratiladi. Landshaftlarning poonalar xosil qilib joylanish (zonal) xususiyatiga 
landshaft sinflari ichida landshaft kichik sinflarini ajratish mumkin bo‘ladi [59]. Bular asosan
turli geomorfologik yuzalarda, yahni vodiy tekisligida, adirlarda, adirlararo va adirlar orti 
tekisliklarida, o‘rta va baland tog‘larda, tog‘ oraliidagi botiqlarda joylashgan.
Landshaftlarning zonal xususiyatlari ularni relefdagi o‘rniga bog‘liq ravishda o‘zgarib 
boradi. Bunga bog‘liq ravishda landshaftlarning suv va geokimyoviy tarkibi, yahni atmosfera 
yoinlari hisobiga namlanib borishi turlicha bo‘ladi. Buning asosida landshaft guruhlari 
geomorfologik yaruslarga qarab tekislik, baland tekislik (adir yoni), adir, adir orasi va adir orti 
tekisliklari hamda tog‘larga ajratildi.
Landshaft guruhlarida esa tog‘ jinslari tarkibi, relef xarakteri, tuproq va o‘simlik 
qoplamidagi farqlar bo‘yicha landshaft turlari ajratildi. Ayrim landshaftlarni ajratishda 
antropogen tahsir ham hisobga olindi. Masalan, sug‘oriladigan erlar voha landshaftlari sifatida 
ajratildi. Landshaftlarni shakllanishi va rivojlanishida yangi tektonik harakatlar muhim o‘rin 
egallaydi. Bu harakatlar tahsirida landshaftlarning vertikal tabaqalanishi yuz bergan [27; 10]. 
Viloyat hududida vertikal tabaqalanish turli landshaft yaruslari va landshaftlarni ham vujudga 
keltirgan (3.1.1-jadval). Jadvalda yuqorida keltirilgan mezonlar asosida aniqlangan landshaftlar 
va ularning o‘zgarganlik holati berilgan. Bundan ko‘rinadiki, cho‘l landshaftlarining katta qismi 
kuchli o‘zgarishga uchragan. Tashkil etilgan METHlar esa balandlik mintaqalari va landshaftlar 
bo‘yicha mutanosib tanlanmagan. Ko‘plab noyob hudud va obhektlar muhofazaga olinmagan.
Farg‘ona vodiysi landshaftlari va ulardagi METHlarning hozirgi holati kartasida 
landshaftlarning chegaralari va ularning o‘zgarganlik holati hamda METHlar aks ettirilgan 
(3.1.1–rasm). Landshaftlarning o‘zgarganlik holatini aniqlashda inson xo‘jalik faoliyatining 
tahcirida landshaftlarni o‘zgarishi, ulardan xo‘jalik maqsadida foydalanish turi va 
landshaftlarning o‘zgarmay qolgan xususiyatlari ham inobatga olinadi. Bunda o‘zlashtirilgan 
hududlar maydonining landshaftlar maydoniga nisbati asos qilib olindi [58]. 
Farg‘ona vodiysi landshaftlari asosan qishloq xo‘jaligi maqsadida o‘zlashtirilgan. 
Ularning asosiy qismini sug‘orma dehqonchilik, bog‘dorchilik va qisman chorvachilik tashkil 
etadi. Masalan, sug‘oriladigan erlar 357,4 ming ga teng bo‘lib, viloyat umumiy maydonini 51 
%ni tashkil etadi [Landshaftlarning o‘zgarganlik holatini aniqlashda havo, er usti va er osti 
suvlarini ifloslanishi, kimyoviy tarkibining o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi 
to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ham hisobga olindi. YUqoridagilar asosida landshaftlarning 
o‘zgarganlik holatini quyidagilarga ajratildi:

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin