YAlang qoyalar va sochilmalar birga uchraydigan, chair toshli, qumoqli tipik bo‘z tuproqlarda efemer-shuvoq-sho‘ralar o‘sadigan, paleogen va mezozoy yotqiziqlaridan tuzilgan burmali past tog‘lar SHo‘rsuv adirlari janubida va aznov-Tul qishloqlari oraliidagi past
tog‘larda rivojlangan. YOin miqdori oz (150-200 mm) bo‘lganligidan o‘simlik qoplami juda
siyrak, tuproq qoplami yuza eroziyasi va deflyasiyaga uchragan. Bu hududda chala cho‘l va
janubroqda tog‘ dashti shakllangan.
aznov antiklinalini So‘x vodiysi kesib o‘tgan joyda, daryoning chap sohilida joylashgan
(So‘x tumani). Antiklinal sandiqsimon shaklda bo‘lib, uning shimoliy yonbari juda tik (85
0
),
janubiy yonbari esa ancha yotiq (27
0
), daryo vodiysi yo‘nalishi bo‘yicha uning kengligi 550
metrga boradi [45]. Uning asosini bo‘r davrining qizil konglomeratlari tashkil etadi. Uning
yuzasida paleogen va bo‘r yotqiziqlariga mos bo‘lmagan holatda so‘x konglomeratlari yotadi.
Bo‘r yotqiziqlarining yuqori qismida qattiq, mayda zarrali oq gips qatlami (qalinligi
36 m) uchraydi. Vodiyning o‘ng sohilida aznov antiklinalining tektonik yoriqlar bilan
murakkablashgan shimoliy yonbarida gipsli qatlamlarda karst hodisasidan xosil bo‘lgan
Oqtuproq ori (uzunligi 150 m, kengligi 10-40 m) joylashgan.
Daryo antiklinalining kesib o‘tishida uning vodiysida quyidagi xususiyatlar
kuzatiladi: joyning mutloq balandligi ortadi va vodiy torayadi; vodiyda chap tomonlama
assimmetriya aniq ifodalangan; birinchi terrasa faqat chap sohilda rivojlangan; aznov
qishloining janubida daryo sathiga nisbatan 70 m balandlikka ega bo‘lgan ikkinchi terrasa
60
antiklinalni kesib o‘tishda balandligi ortadi (85-90 m). Unda 2-2,5 km shimolda uning balandligi
28-30 m gacha pasayadi.
YAlang qoyalar va sochilmalar birga uchraydigan skeletli tipik bo‘z tuproqlarda