I nazariy materiallar


efemer-shuvoq o‘sadigan paleozoyning slanets va oxaktoshlaridan tuzilgan, chuqur jarlar



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/43
tarix16.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#183276
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Maruza matn (1)

efemer-shuvoq o‘sadigan paleozoyning slanets va oxaktoshlaridan tuzilgan, chuqur jarlar 
bilan kesilgan qoldiq past tog‘lar 
asosan So‘x daryosining chap sohilidagi Tul va Devayron 
qishloqlari (So‘x tumani) oraliida joylashgan. Turkiston tizmasining shimoliy etagida joylashgan 
tog‘lar asosan paleozoyning slanetslari hamda qisman oxaktoshlari va konglomeratlaridan 
tuzilgan bo‘lib, kuchsiz o‘zgarishga uchragan. Mutlaq balandligi 1300 m dan 1800 m gacha 
boradi. YOin miqdori 180-240 mm. Vaqtincha oqar suvlarning erozion ishidan tog‘lar chuqur 
jarlar bilan kesilgan. Oxaktoshlarda karst relefi rivojlangan. o‘simlik qoplami siyrak, uning 
tarkibida efemer va efemeroidlar, chala buta va butalar ko‘pdir.
Kuchsiz ishqorlangan va kuchli yuvilgan, yirik sekletli jigarrang tuproqlarda 
siyrak archa o‘rmonlari uchraydigan, paleozoyning oxaktosh va slanetslaridan tuzilgan 
kuchli parchalangan o‘rta tog‘lar
So‘x tumanining janubida va Farg‘ona tumanini 
SHohimardon-YOrdon qishloqlari atrofida kuzatiladi. Tog‘ tizmalarida o‘simliklardan efemer va 
efemeroidlar, mingbosh, shuvoq, andiz, gulhayri, shirach, betaga, bo‘rigul; butalardan–
nahmatak, qizil do‘lana, qoraqand hamda 1900-2800 m balandliklarda siyrak archazorlar 
uchraydi. Tog‘ o‘rmonlarida archaning uch turi – zarafshon (qizil), saur va turkiston archalari 
o‘sadi. Tog‘larda beshbair, isiriq, zira, kiyik o‘t, oq gulhayri, tillabosh, turkiston adonisi, qora 
andiz va boshqa ko‘plab dorivor o‘simliklar uchraydi.
Tog‘ mintaqasidagi viloyatga qarashli hududlar asosan Haydarkon va YOrdon-
SHohimardon graben-sinklinal vodiylarining ayrim qismlarida joylashgan. Haydarkon botiining 
shimolida Haydarkon, janubida Terskey tizmalari tik devordek ko‘tarilib turadi. U to‘rtlamchi 
davrning ovak allyuvial va prollyuvial yotqiziqlari bilan to‘lgan. Tubi paleozoy slanetslaridan
ustida esa qalin konglomerat qatlami, so‘ngra shag‘al, qumoq va qumloqlardan tuzilgan. Botiq 
g‘arbda So‘x daryosi, sharqda Alovuddin daryosi bilan chegaralanadi, uzunligi 23 km, kengligi 
1,5-6 km ga boradi. Undan So‘x daryosi tomon Obshir, Gavian, Garati kabi soylar oqib keladi. 
YUzasi sharqdan g‘arbga tomon qiyalangan.
SHohimardon–YOrdon botii ham tektonik yoriqlar bilan murakkablashgan. U 
assimmetrik tuzilishga ega: tik janubiy yonbari tog‘ dashtining siyrak o‘simliklari bilan, yotiq
shimoliy yonbari esa qalin archa o‘rmonlari bilan qoplangan. Botiq antropogen tahsir natijasida 
nisbatan kam o‘zgargan bo‘lib, Oqsuvning Duoba, Qorasho‘ra irmoqlari oqib o‘tadi. Hamzaobod 
qishloi yaqinida Ko‘ksuv va Oqsuv daryolarining qo‘shilishidan SHohimardon daryosi xosil 
bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining kichik hududini tashkil etgan tog‘ landshaftlarining xilma-xilligini 
saqlab qolishda muhim bo‘lgan METHlarni o‘rganish va ularni muhofazaga olish muhim 
vazifalardan biridir. CHunki yildan-yilga antropogen tahsir tekisliklardan tog‘larga tomon tez 
siljib bormoqda. 
Daryo vodiysida doimiy oqim kuzatilmaydi. o‘zan ostida xosil bo‘lgan er osti suv 
oqimi CHashma qishloi yaqinida er yuzasiga chiqib, qaynar buloqlarni xosil qilgan. Uning atrofi 
tol, terak va mevali daraxtlar bilan ko‘kalamzorlashtirilgan. Hozirgi vaqtda uning suvidan aholini 
ichimlik suvi bilan tahminlashda va ekin maydonlarini sug‘orishda foydalanilmoqda [15]. 
1.
Tabiiy muhitini otimallashtirishda amaliy geografiya 
2.
Tabiiy muhitni otimallashtirish mazmunini tushuntiring. 
3.
Er resurslarini va undagi ekinzorlarni muhofaza qilishda tabiiy muhitni 
otimallashtirish yo‘llari 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin