Tog‘ mintaqasi landshaftlaridagi Tog‘ mintaqasi Beshariq, O‘zbekiston tumanlarini janubiy chekkalarini, So‘x
tumani hamda Farg‘ona tumanining SHohimardon va YOrdon qishloqlari atrofi hududlarini o‘z
ichiga oladi. Bu hududlar Oloy-Turkiston tog‘larining shimoliy etaklaridagi past va o‘rta
tog‘larning yonbairlari va tog‘lar orasidagi vodiylarni egallaydi.
Oloy-Turkiston tizmalari paleozoyning gersin burmalanishida vujudga kelgan
megaantiklinal bo‘lib, u mezozoyda peneplenlashgan. Alp burmalanishida esa ko‘tarilishga
uchrab, qayta yoshargan baland tog‘ tizmalariga aylangan. Farg‘ona vodiysi hududida Oloy
tizmasining Qatronboshi, Haydarkon, Nazar, Qizilgaza, Olmaliq, Ispisar, Belmazor; Turkiston
tizmasining Kampirqoq, uzan, Burgan, Qizilsuv, Qulantog‘, Suratboshi, Oqtosh, Qizilqiyoq kabi
tarmoqlarining yonbairlari joylashgan. Bu tog‘larning balandligi 900-2800 metrga boradi.
Farg‘ona vodiysi hududidagi eng baland nuqta So‘x tumanidagi Sariqqamish dovonida (2817 m)
joylashgan. Pastqamliklar So‘x va SHohimardon daryo vodiylari hamda Haydarkon, YOrdon-
SHohimardon tog‘ orasidagi vodiylarda rivojlangan. Hudud janubdan tog‘ tizmalari bilan
o‘ralgan, u faqat daryo vodiylari orqali shimolga ochiqdir.
Tog‘lar asosan paleozoyning metamorfik slanetslari, oxaktoshlari hamda otqindi
jinslardan tashkil topgan. Pastqamliklarda esa to‘rtlamchi davrning konglomeratlari,
brekchiyalari, shag‘allari hamda muzlik morenalari kuzatiladi. Baland tog‘ tizmalari yaqinida
joylashgan bu hududlarda yangi tektonik harakatlarning intensivligi yuqori bo‘lib, noqulay tabiiy
jarayonlar: zilzila, tog‘ qulashi, surilmalar, suv toshqinlari va boshqalar bo‘lib turadi. Hududning
relefi ancha kesilgan, tog‘ yonbairlari tik va tektonik yoriqlar bilan murakkablashgan [17].
Tog‘ mintaqasida shimoldan janubga tomon harorat pasayadi (o‘rtacha yillik havo
harorati q13
0
dan q10
0
gacha), yoinlar miqdori ortadi (100 mm dan 400 mm gacha). Eng kam
yoin Kampirqoq, uzon tog‘lariga (150-200 mm), eng ko‘p yoin YOrdon atrofidagi tog‘
yonbairlariga tushadi (450 mm). Tog‘ mintaqasining 1200-2000 m balandliklarida chala cho‘l va
tog‘ dashti, 2000-2800 m balandliklarida esa archazor o‘rmonlar mavjud. Archazorlar, asosan,
YOrdon va SHohimardon vodiysi yaqinlaridagi tog‘ yonbairlarida o‘sadi. Tog‘ mintaqasida turli
landshaftlar shakllangan.