50
Farg‘ona vodiysining tekislik va adirlar qismi cho‘l mintaqasiga kirib uning tabiiy
landshaftlar birmuncha saqlanib qolgan Markaziy Farg‘onadagi do‘ng marza qumlar hududida
sudralib yuruvchilarning 23 turi uchrab, ular qumli, gilli cho‘llarda
yozning yuqori haroratiga
moslashgan holda yashaydilar. Sudralib yuruvchilarning eng katta turi – kulrang echkemar
(varon) bo‘lib uzunligi 1 m. va undan ham ortadi. Echkemar yuqori havo haroratida faol hayot
kechirib, mayda sudralib yuruvchilar, hasharotlar bilan oziqlanadi.
Qumli hududlarda birmuncha kichikroq bo‘lgan sudralib yuruvchilarning gekkon, cho‘l
agamasi, shtraux qurbaqaboshi, ildam kaltakesakcha kabi vakillari yashaydi. Ularning gavda
tuzilishi, rangi va harakatlanishi jihatdan qumli cho‘llarga nihoyatda moslashgan. Qumli
cho‘llarda toshbaqalar uchrab, ular ham yilning issiq fasllarida faol hayot kechiradi.
Qumli va gilli cho‘llar sudralib yuruvchilarning eng ko‘p tarqalgan turlari ilonlar
hisoblanadi. Farg‘ona vodiysining cho‘l mintaqasida uchraydigan o‘q ilon, ko‘rma ilon, xoldor
chipor ilon, ko‘ndalang yo‘lli chipor ilon, suv iloni kabi vakillari zaharli ilonlarga kirmaydi. Ular
zararli hasharotlarni eb tirikchilik qiladilar. Ilonlar ichida ko‘rma ilonning tur sifatida keskin
kamayib ketishi kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi uning aholi
tomonidan ovlanishi va davo
sifatida iste’mol qilinishidir.
Farg‘ona vodiysining qumli va gilli cho‘llarida uchraydigan sudralib yuruvchilardan
shtraux tugarakboshi, silliq, gekkongcha, kulrang echkemar, qalqonli gekkoncha respublikamiz
“Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Farg‘ona vodiysining qumli va gilli cho‘llarida va ular atrofidagi dala maydonlarida qizil
dumli qumsichqon, dala qumsichqoni, katta qumsichqon, uy sichqoni,
tipratikan kabi
kemiruvchilarning vakillari yashaydilar. Ular donli ekinzorlar va poliz maydonlariga katta zarar
etkazadilar. Kemiruvchilarning suvda yashaydigan vakillaridan ondatra vodiyning tekislik
qismidagi barcha ariq va zovur suvlarida, to‘qayzorlarda uchraydi.
Farg‘ona vodiysining qumli cho‘llarida yirtqich hayvonlarning vakillaridan bo‘ri,
chiyabo‘ri, tulki, dala mushugi, olako‘zan, ariq sichqoni (laska) yashaydi. Ular Markaziy
Farg‘onada tashkil etilgan tabiat yodgorligi hududida birmuncha ko‘payib bormoqda.
Qumli cho‘llar hududi qushlarga kambag‘aldir. Bu erda uchraydigan Turkiston oq laylagi
“Qizil kitob”ga kiritilgan. Ola qanot, afg‘on maynasi, hakka, qora qarg‘a, so‘fito‘rg‘ay, sariq
chumchuq, moyqut, yilqichi, jo‘rchi qush, yapaloqqush, xo‘jasavdogar, bedana kabi qushlar
nafaqat qumli va gilli cho‘llarda, balki ular atrofidagi dala bog‘larda,
aholi yashaydigan
hududlarda ham yashashga moslashib ketgan.
Bahor oylarida qaldirg‘och, mayna, g‘urrak kabi qushlar uchib kelib in quradilar va sovuq
tushgach boshqa issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
Farg‘ona vodiysining cho‘l mintaqasiga kiruvchi hududlarining suv havzalarida, daryo
soyliklarida, zovur va kollektorlarda amfibiyalar va baliqlarning ko‘plab turlari uchraydi. Daryo,
soyliklar va ayniqsa, Sirdaryoda ship, usach, qizilko‘z, turkiston ko‘k bo‘yini, cho‘rtan, xumbosh
(tolstolobik) sirdaryo kurakburuni, sazan, ilonbosh, cho‘rtansifat oqqiyroq, oq sazan, oq amur,
karp, olaxumbosh, qizillab kabi baliqlar uchraydi. Baliqlarning sazan, karp, oq amur, xumbosh,
ilonbaliq, laqqa baliq kabi turlari baliqchilik fermer xo‘jaliklarida boqilib, aholini baliq go‘shti
bilan ta’minlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Sirdaryo va yirik soyliklarda uchrovchi baliq turlaridan Sirdaryo kurakburuni,
cho‘rtansifat, oqqayroq, oq sazan, Turkiston mo‘ylovdori kamayib borayotganligi tufayli “Qizil
kitob”ga kiritilgan.
Adirlar mintaqasining landshaft-ekologik sharoiti cho‘l mintaqasining tekisliklaridan
birmuncha farqlanadi. Havo haroratining birmuncha mo‘‘tadilligi, namlikning nisbatan ko‘pligi,
o‘tchil o‘simliklar o‘sadigan muhitda Farg‘ona vodiysining adirlarida
sudralib yuruvchilarning
11 ta vakili: kulrang echkemar, shirilloq, kaltakesak, rang-barang kaltakesakcha, taqir
kaltakesakcha, chipor ilon, cho‘l agamasi, ko‘ndalang yo‘lli chipor ilon, ildam kaltakesakcha,,
sharqiy qum ilon, toshbaqa, nikolskiy kaltakesakchasi yashaydi.
Adirlarda qushlarning 19 turi: oq bovur, ko‘k qo‘pak, ko‘k qarg‘a, so‘fito‘rg‘ay,
kichik
to‘rg‘ay, jo‘rchi, o‘ynoqi toshsir chumchuq, hind chumchug‘i, boy o‘g‘li, soch, sariq sor, miqqiy,
51
yovvoyi kaptar, g‘urrak, qorabosh sirchumchuq, sariq chumchuq, bo‘ktarchi kabilari yashaydi.
Sut emizuvchi hayvonlardan qumquyon, seversov qo‘shoyog‘i, kichik qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir
olaxurjuncha, qizil dumli qumsichqon, ariq sichqoni, dala mushugi, tulki, ko‘rshapalaklar
yashaydi.
Adir erlarni o‘zlashtirish, ekin maydonlarining hosil qilinishi, yo‘llar, kanallar va boshqa
inshootlarning qurilishi, adirlardan karer sifatida va bahorgi yaylov sifatida foydalanilishi tufayli
hayvonot dunyosining turi va son ko‘rsatkichlari ham kamayib bormoqda.
Tog‘ mintaqasi Farg‘ona vodiysida cho‘l va adirlar mintaqasiga ko‘ra
hayvonot dunyosi
uchun ekologik sharoitning qulayligi, inson aralashuvining nisbatan kamligi bilan ajralib turadi.
SHunga ko‘ra bu mintaqada cho‘l va adir mintaqalari uchun xos bo‘lgan hayvon turlarini ham
uchratish mumkin.
Tog‘ mintaqasida sudralib yuruvchilar ichida zaharli bo‘lgan qalqontumshuq ilon (kobra)
chinqiroq zaharli ilonlar oilasining yagona vakilidir. Uning uzunligi 60-80 sm. ga etadi, dum
qismi 7-8 sm, bosh qismi yassi bo‘lib, tog‘ archazorlari ostida hayot kechiradi.
Sudralib yuruvchilardan Turkiston va Ximolay agamasi, tog‘ bilakuzugi, nikolskiy
kaltakesagi kabi vakillari yashaydi.
Qushlar tog‘ mintaqasida boshqa mintaqalarga nisbatan tur va son ko‘rsatkichlari bo‘yicha
ustun turadi. CHumchuqsimonlar oilasining vakillari sariqchumchuq, qorabosh sirchumchuq,
o‘ynoqi toshsirchumchuq, tog‘ chumchug‘i
shuningdek, yapaloqqush, jig‘iltoy, qarqunoq,
olato‘g‘anoq, sava, bulbul, jiblajibon, uzun quyruq, tog‘ zag‘chasi, kaklik, boltayutar, archazor
boltatumshug‘i, burgut, Turkiston ulori kabi qushlar yashaydi.
Sut emizuvchi hayvonlardan tipratikan, jayra, qizil sug‘ur, relikt yumronqoziq, oddiy
o‘rmon kalamushi, o‘rmon olmaxoni, Turkiston kalamushi, ko‘rshapalaklar,
yirtqich
hayvonlardan bo‘ri, tulki, yovvoyi to‘ng‘iz, tuyoqlilardan tog‘ takasi, arxarlar juda kamayib
ketgan. Tog‘ daryolarida marinka, turkiston laqqa balig‘i yashaydi. Tog‘lardagi ko‘l, daryo va
soyliklar havzasida baliqxo‘r qushlar: baliqchi, qoravoy, ko‘lbuqa, xovdush, birqozon, qizil
qo‘ton kabilar hayot kechiradilar.
Turkiston oq laylagi, burgut, boltayutar kabi qushlar “Qizil kitob”ga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: