Predmetlar bilan o‘ynash, his-tuyg‘uning o‘sishi yoki jonlanishi.
Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko‘pincha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush oralig‘i qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. Shungaqaramay, mutaxxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq noxush his-tuyg‘uning namoyon bo‘lishidir. Qisilish tanglik (zo‘riqish) tuyg‘usining vujudga kelishidir. Shuning uchun chaqaloqdagi muskul reaksiyasi bilan emotsional munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. Chaqaloqni to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yig‘lashga aylanadi. Yig‘lash bola jismniy og‘riqni, ruhiy qayg‘uni, iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo‘ladi, tashqi olam bilan aloqa o‘rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush tuyg‘ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |