Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglashi
Insonning psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi o’zini o’zi anglashining, ya’ni o’zini jismoniy, ma’naviy hamda ijtimoiy mavjudot sifatida anglashning qaror topishi bilan bog’lik .
O’zini- o’zi anglashning rivojlanishi xar bir bolada o’ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda, odatda, xayotning birinchi yili oxiriga kelib, uzini-uzi anglashning paydo bo’lganini tasdiqlovchi belgilar kuzatiladi: bola uzini, o’z tanasini, uni o’rab turgan fazodan ajrata boshlaydi.Uzini-uzi anglashning keyingi rivojlanishi bolaning o’z xoxishlari va umuman, faoliyati motivlarini anglashi bilan bog’liq bo’ladi. O’z faoliyatining motivlarini anglashi, bolaga o’zini-o’zi anglashning keyingi bosqichiga o’tishga, ya’ni o’z xarakatlaridan ajrata olishga yordam beradi.
Dastlab bola uzini faoliyat sub’ekti sifatda anglamaydi. Ilk bolalik yoshidagi bolalar o’zi haqida "Doniyor sakrayapti", "Sevinch uxlamoqchi". – deb aytishadi. XayotningZ-yiliuzini-uzianglashrivojidagimuximbosqichbulibxisoblanadi. Chunki,bu davrda bolada avvallari predmetga maxkam biriktirib qo’ygan xarakatni asta-sekin undan ajratib oshlaydi. Bu xodisa birdan, o’z-o’zidan ro’yobga chiqmaydi. Uning amalga oshishiga sabab bolaning avvalgi predmetli xarakatini yangi sharoitlarda bajarishi va uni boshqa predmetlarga ko’chirishidir.
"Men o’ynayapman" , "Men qiynayapman" , "Men ovqat yeyapman" degan gaplarni xamda "uzim" degan so’zni 3 yoshli bolaning nutqida tez-tez uchratishimiz mumkin. Uzini uchinchi shaxs olmoshi bilan ifodalashdan "men" olmoshini ishlatishga utishi ilk bolalik davrining eng muxim yutuqlaridan biridir. Ba’zi psixologlar, (L.I.Bojovich) xatto, ilk bolalik davrining oxiriga kelib paydo buluvchi "Men" tizimi va uning yuzaga keltiradigan mustakil xarakat qilish extiyoji, o’z "Men"ini ro’yobga chiqarishi namoyon etish extiyoji yosh bu davrda yuzaga keluvchi eng markaziy yangi tuzilma, deb xisoblashadi. Bu tuzilma ketidan paydo bo’luvchi tuzilmalar orasida o’ziga-o’zi baxo berishning yuzaga kelishi bolaning shaxs sifatida rivojlanishida o’ta muxim axamiyat kasb etadi.
Shaxs shakllanishining dastlabki boskichlarida ya’ni ilk bolalik davrining oxiri va bogcha yoshining boshidagi o’ziga-o’zi baxo berishning negizida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan bo’lgan mulokoti xal qiluvchi axamiyatga ega buladi. Bola o’zining imkoniyatlari xaqida adekvat bilimga ega bo’lmaganligi tufayli kattalarning unga bergan baxosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda, bola o’zini kattalar orqali ularning bola xakidagi fikri orqali baxolaydi. Bola bu davrda o’zigao’zi baxo berishda to’laligicha kattalarning fikriga suyanadi. O’zi xaqidagi mustaqil tasavvur elementlari esa biroz keyinroq paydo bo’ladi.
Maxsus tadqiqotlarning ko’rsatishicha (B. G. Nechaev va b.) ushbu elementlar dastlab shaxsiy sifatlar, axlokiy fazilatlarni baxolashda emas, balki predmetli va tashki xususiyatlarni baxolashda namoyon bo’ladi. Bu esa xarakatlarning predmetdan to’liq ajralib chiqmaganligini ko’rsatadi.
Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli bo’lgan o’zgarish o’zga kishining tashki xususiyatlarini baxolashdan shaxsiy xususiyatlarini baxolashga utishida ifodalanadi.
Barcha yosh guruxlardagi bolalarda o’zlaridan ko’ra o’zga shaxslarni ob’ektivroq baxolashlari kuzatiladi. Birok bu yerda xam ma’lum bir farqlar uchraydi. Jumladan, katta bog’cha yoshidagi bolalar "Sizlarning orangizdagi eng yaxshi bola kim?" degan savolga odatda "Men" deb javob bermaydilar. Ammo bu bolaning o’ziga-o’zi beradigan baxosi pasayganini bildirmaydi. Bolalarning bunday javobni bermasliklariga sabab shundaki, bu yoshda ular ko’pincha maqtanchoklik yaxshi emasligini biladilar. Agar o’zlarini ijobiy tomondan baxolamokchi bo’lsalar, buni ko’pincha bilvosita amalga oshiradilar. Masalan, "Sen yaxshi bolamisan yoki yomon bolamisan?" degan savolga bolalar (bog’chaning katta gurux bolalari) "Yaxshi" yoki "Yomon" deb javob bermaydilar, buning o’rniga "Bilmadim.., Men kattalarga quloq solaman", "Men xam 100 gacha sanashni bilaman", "Men doim navbatchilarga yordam beraman" deb aytadilar.
Bog’cha yosh davrida o’ziga-o’zi baxo berish emotsional xarakterga ega bo’ladi. Bolaning boshkalarga beradigan baxosi xam shunday xususiyatga ega bo’ladi. Bolauni urab turgan kattalardan kaysi biriga ishonch xis etsa, mexri tovlansa, usha kishiga ijobiy baxo beradi. Katta bog’cha yoshidagi bolalarularni o’rab turgan kattalarning ichki olamiga baxo berishga xarakat kiladilar. O’rta va kichik bog’cha yoshidagi bolalardan farqli ravishda kattalarning ichki olamiga anchagina chukur va differensiallashgan baxo beradilar.
Aniklanishicha, bolaning guruxda egallagan mavqei uning o’ziga-o’zi beradigan baxosiga ta’sir etadi. Masalan, guruxdagi mavkei unchalik baland bulmagan bolalarda o’ziga juda yukori baxo berish, aksincha guruxdagi mavkei ancha yaxshi bo’lgan bolalarda o’zini past baxolash tendensiyasi kuzatiladi. Bog’cha yoshining oxiriga kelib bolaning atrofdagilarga beradigan baxosi ancha chuqur, to’liq detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi.
Bu o’zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog’cha yoshidagi bolalarda odamlarning ichki olamiga kizikish ortib boradi, ular baxo berishda muxim bo’lgan mezonlarni o’zlashtirib boradilar, tafakkur va nutklari rivojlanib boradi.
Bog’cha yoshidagi bolaning o’ziga-o’zi beradigan baxosida unda rivojlanib borayotgan g’urur va uyat tuyg’ulari xam aks etadi.
Nazorat yuzasidan savollar:
“Men” konsepsiyasining vujudga kelishi qanday o‘zgarishlarda aks etadi.
Bolalarda affektiv holatlarga berilish sabablari.
Bolada nutq rivojlanishining xususiyatlari.
Bola 2 signal sistemasi faoliyati nimalarda namoyon bo‘ladi.
Bolada har narsaga qiziqish va dunyoni bilishga intilish nimalarni hisobiga ro‘y beradi.
Ilk bolalik davrida bilish jarayonining rivojlanishining o‘ziga hosligi.
Dostları ilə paylaş: |