Bola tafakkurida egotsentirizmning yuzaga kelishi.
2-muammoli savol
Bolalarda 1-3 yosh oralig‘ida kattalarga taqlid qilish holati kuchayib ketadi.
Bolalar 1,5-2 yoshdan boshlab o‘zlarini boshqa insonlar va predmetlardan alohidan ekanligini anglay boshlaydilar va ulardun yoni quyidagicha idrok eta boshlaydilar: "Men odamlar e’tiborining markazidaman", "Bu tun olam mening atrofimda aylanadi".Bu holatlarni qanday izohlaysiz?
Nerv sistemasi ham tez taraqqiy etadi. Bu davrda bolalarda qo‘zg‘alish tormozlanishda ustunlik qiladi. Bolada shartsiz reflektor faoliyatiga endi bosh miya po‘sti nazorati ostida yuzaga keladigan xilma-xil harakatlar bo‘ladi. Masalan, issiq choynak. Bu 1 signal sistemasini faoliyati bo‘lib, endi 2 signal sistemasi yani nutq so‘z orqali xatti harakatlarni boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Bu davrda sezgi organlari yaxshi takomillashadi. (eshitish, tuyg‘u, og‘riqni sezish) bular psixik taraqqiyot uchun zamin yaratadi.
Idrok va tasavvurni o‘sishi.Bolada shartsiz orenterovka refleksi asosida har narsaga qiziqish va dunyoni bilish ishtiyoqi uchun ularda idrok va tasavvur hisobiga bo‘ladi. Bu analizator (sezgi organlari) takomilashishi sababli go‘dak tevarak atrof haqidagi tarqoq tasavvurlar butun-butun obrazlardan idrokka aylanadi. Yana harakat ko‘paygan sari uning bilish imkoniyati kengayadi. Faqat emaklab yurib qolmasdan zinalardan tushish to‘siqlarni aylanib o‘tish, stulga chiqish, o‘yinchoqlarni mustaqil o‘ynash va boshqalar. Tortmalarni sumkalarni titqilab, qiziqib, tekshirib yangiliklarni bilib oladi. Bu bola idroki rivojlanishini ko‘rsatadi.