Go‘daklik va ilk bolalik davridagi bolalarning psixologik o‘ziga hosligi.
Ko‘rsatkichlar
|
3-4 yosh
|
Tafakkur
|
Ko‘rgazmali-obrazli.
|
Nutq
|
Bog‘langan nutqini shakllanishi, egoni tushuna boshlash.
|
Bilish jarayonlarining ixtiyoriyligi
|
D\T va xotira ixtiyorsiz.
|
Fiziologik ta’sirchanlik
|
Noqulaylikka yuqori ta’sirchanlik.
|
Bilish obekti
|
Bevosita o‘rab turgan predmetlar, ularning hususiyati va vazifasi.
|
Bilish usuli
|
Eksperiment, konstruksiyalash.
|
Muvaffaqiyat sharti
|
Rivojlantiruvchi soha va kattalar bilan sheriklik munosabati.
|
Muloqot shakli
|
Vaziyatli-faoliyatli.
|
Tengdoshlar bilan munosabat
|
Kam qiziqarli.
|
Kattalar bilan munosabat
|
Faoliyat usullari manbai va ijoddagi sherik.
|
Nizolar
|
Kattalar bilan (“meno‘zim”) ning davomi sifatida.
|
Emotsiyalar
|
Kuchli modallik, keskin ko‘chish.
|
O‘yinning faoliyati
|
Kattalar bilan sheriklik, o‘yinchoqlar bilan individual o‘yin harakati.
|
D.B.Elkonin fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o‘sishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kattalar nutqini tushunish hamda, dastlabki so‘zlarni mustaqil talaffuz qilish; 2) predmetlar bilan xilma-xil harakatlarni uyg‘unlashtirib, ish-harakatini bajarish; 3) yurishga urinishning ro‘y berishi; 4) xatti-harakatni so‘z bilan boshqara olish; 5) so‘z bilan go‘dakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va hokazolar.
Shunday qilib, bir yoshgacha go‘dak egallagan eng qimmatli xususiyat paydo bo‘ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida va uning shu ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti-harakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tug‘iladi. Go‘dakning o‘sishi kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida ro‘y beradi.
Nazorat yuzasidan savollar:
Perenital davrning o‘ziga hos xususiyatlari.
Go‘daklik davrida emotsional muloqotning bola psixik taraqqiyotidagi o‘rni.
Go‘daklik davri psixologik xususiyatlarini tadqiq etish bo’yicha olib borilgan ishlarning mohiyati.
Predmetli faoliyatning bola rivojlanishiga ta’siri masalalari.
Nutqni tushunish nimaning zamirida yuzaga keladi va uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Dostları ilə paylaş: |