I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Go‘dak va muloqot, go‘daklik davrida nutqning vujudga kelishi, kognitiv va perseptiv jarayonlarning rivojlanishidagi shart –sharoitlar



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə28/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
болалар психологияси

Go‘dak va muloqot, go‘daklik davrida nutqning vujudga kelishi, kognitiv va perseptiv jarayonlarning rivojlanishidagi shart –sharoitlar.

Oldingi sahifalarda bayon qilinganidek, go‘dakning kattalar bilan uzviy bog‘liqligi majburiy muloqotga kirishishni taqozo qiladi. Shaxslararo aloqa o‘rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz muloqotning maxsus shakli paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, organizmning tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilariga javobi “jonlanish”ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng oddiy ko‘rinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq ko‘rinishlarining vujudga kelishiga puxta zamin yaratadi.

Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilib, go‘dakni qurshab turgan odamlar nutqini idrok qilinishi tom ma’nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so‘nggi turlari go‘dak hayotining ikkinchi yarim yilida ko‘zga tashlanadi. Uning o‘zini parvarishlayotgan, odamlarga ilk tabassum, quvonch va shodlik tuyg‘usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta’sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan ta’sirlanish his-tuyg‘usi go‘dakning hayoti va faoliyatida bir necha yo‘nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg‘usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tiqilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo‘lini uzatishi, boshini qo‘zg‘atuvchi kelgan tomonga burishi, o‘ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida yaqqol ko‘rinadi. Ta’sirlanish his-tuyg‘usi “jonlanish majmuasi” bilangina emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar) ta’sirida ham vujudga keladi. Ta’sirlanish tuyg‘usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat ayrim (yaqin, tug‘ishgan) kishilarga nisbatangina hosil bo‘ladi.

Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiy yoki tug‘ishganlari ishtrokidagi) o‘yin faoliyati ham, his-tuyg‘uga berilishi ham nutq va nutq faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

Olima G.L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushinishi (idrok qilishi) jarayonini o‘rganib, ko‘ruv idroki va predmetlarga ko‘z yugurtirish, ularning nomlarini tushinish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa chiqaradi. Tadqiqotchilardan Z.I.Barabanova go‘dakning nutqni idrok qilishini tekshirib, undagi turli analizatorlarning roliga baho beradi. Uning ma’lumotlariga qaraganda, g‘o‘zg’atuvchi 10 marta namoyon bo‘lishida ko‘ruv analizatorlarining yo‘nalishi 86 foiz bolaga saqlangan, eshituv analizatorining esa 60 foiz sinaluvchilarda yo‘qola boshlagan. Qo‘zg‘atuvchining 20 marta ta’sir ko‘rsatishi natijasida ko‘ruv analizatorini ta’sirlanish orientirovkasi 18 foiz bolada so‘ngan, eshituv analizatori xuddi shu paytda umuman batamom so‘nib bo‘lgan.

D.B.Elkonin xulosasiga ko‘ra, nutqni tushinish vujudga kelishining asosiy shartalri quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdagi predmetni ajrata olish; b) predmet diqqat e’tiborini to‘plash; v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his-tuyg‘uning mavjudligi va boshqalar.

O‘zgalar nutqini tushinish ko‘ruv idrokining zamirida vujudga keladi. Bolani o‘zgalar nutqini tushinishga o‘rgatishda katta odamlar biror o‘yinchoqdan ta’sirlanishi hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchini uyg‘otadi.

Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi go‘dakning 9-10 oyligidan boshlanadi va uni o‘zgalar nutqini tushunishning ilk shakli va ko‘rinishi deb ataladi.

Tadqiqotchi F.I.Fradkina kattalarning go‘dakka qaratilgan nutqidan quyidagi ta’sirlanish holatlarini ko‘rish mumkinligini aniqlagan: 1) nomi aytilgan predmetga javob tariqasida burilib qarash (7-8 oylikdan); 2) turmush tajribasiga egallangan harakatlarni kattalar eslatishi bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda); 3) kattalarning nutq orqali ko‘rsatmasi bo‘yicha oddiy topshiriqlarni bajarish (9-10 oylikda); 4) nutq orqali ko‘rsatma bo‘yicha zarur predmetni tanlab olish. (10-11 oylikda); 5) “Mumkin emas” degan taqiqlovchi so‘z ta’sirida harakatini to‘xtatish (12 oylikda) va hokazo.

Go‘dakda o‘zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, xususan qo‘zg‘atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (tiyrakligiga, topqirligiga) bevosita bog‘liq bo‘lib, bola ulardan ta’sirlanish natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo‘l cho‘zadi, unga emaklab boradi. Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab ta’sirlanishning o‘zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta’sirlanish biror jismga nisbatan paydo bo‘ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob’ektlar bilan yonma-yon turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko‘chadi. Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko‘ruv idroki bilan nutq o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabat tariqasida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun tushunish, ya’ni nutqni idrok qilish go‘dakni orientirlash faoliyati negizida vujudga kelib, ko‘ruv orientiri shaklida ifodalanadi. Tushunishning o‘zi ham ko‘ruv orientirning o‘sishidan yangi bosqich hisoblanib, harakatning so‘z bilan boshqaruv bosqichiga ko‘chganligini bildiradi.



Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin