1-misol.Bir yoshlik bolada turli narsalar bilan harakat qilishning oddiy turi jadal rivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amalga oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi.
3-misol. Kattalar bilan bolalar muloqotida ishlatiladigan so‘zlarning farqlari turli manbaga va asosga bog‘liqdir: a) bolalar nutqida shunday so‘zlar qo‘llaniladiki, ular hech qachon katta odamlarga shunday ma’noni bildirmaydi; b) ko‘pincha bola nutqidagi so‘zlar kattalar so‘zlashuvining ma’lum bo‘lagini emas, balki uning o‘zagini tashkil qiladi, xolos; v) bolalar kattalar qo‘llaydigan so‘zlarni buzib talaffuz qilsalarda, lekin predmetning timsoliga asoslanib, ularning umumiy fonetik va ritmik jihatlarini saqlaydilar; g) taqlidiy so‘zlar.