I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Go‘daklik va ilk bolalik davridagi bolalarning psixologik o‘ziga



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə29/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
болалар психологияси

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Nazorat
Go‘daklik va ilk bolalik davridagi bolalarning psixologik o‘ziga hosligi.


Ko‘rsatkichlar

3-4 yosh

Tafakkur

Ko‘rgazmali-obrazli.

Nutq

Bog‘langan nutqini shakllanishi, egoni tushuna boshlash.

Bilish jarayonlarining ixtiyoriyligi

D\T va xotira ixtiyorsiz.

Fiziologik ta’sirchanlik

Noqulaylikka yuqori ta’sirchanlik.

Bilish obekti

Bevosita o‘rab turgan predmetlar, ularning hususiyati va vazifasi.

Bilish usuli

Eksperiment, konstruksiyalash.

Muvaffaqiyat sharti

Rivojlantiruvchi soha va kattalar bilan sheriklik munosabati.

Muloqot shakli

Vaziyatli-faoliyatli.

Tengdoshlar bilan munosabat

Kam qiziqarli.

Kattalar bilan munosabat

Faoliyat usullari manbai va ijoddagi sherik.

Nizolar

Kattalar bilan (“meno‘zim”) ning davomi sifatida.

Emotsiyalar

Kuchli modallik, keskin ko‘chish.

O‘yinning faoliyati

Kattalar bilan sheriklik, o‘yinchoqlar bilan individual o‘yin harakati.

D.B.Elkonin fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o‘sishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) kattalar nutqini tushunish hamda, dastlabki so‘zlarni mustaqil talaffuz qilish; 2) predmetlar bilan xilma-xil harakatlarni uyg‘unlashtirib, ish-harakatini bajarish; 3) yurishga urinishning ro‘y berishi; 4) xatti-harakatni so‘z bilan boshqara olish; 5) so‘z bilan go‘dakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va hokazolar.



Shunday qilib, bir yoshgacha go‘dak egallagan eng qimmatli xususiyat paydo bo‘ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida va uning shu ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti-harakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tug‘iladi. Go‘dakning o‘sishi kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida ro‘y beradi.

Nazorat yuzasidan savollar:


  1. Perenital davrning o‘ziga hos xususiyatlari.

  2. Go‘daklik davrida emotsional muloqotning bola psixik taraqqiyotidagi o‘rni.

  3. Go‘daklik davri psixologik xususiyatlarini tadqiq etish bo’yicha olib borilgan ishlarning mohiyati.

  4. Predmetli faoliyatning bola rivojlanishiga ta’siri masalalari.

  5. Nutqni tushunish nimaning zamirida yuzaga keladi va uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.



Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin