Kurs ishining maqsadi. Umumtalim maktablari «musiqa madaniyati» darslarida musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning musiqiy madaniyatini shakllantirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va ilmiy asoslangan metodik tavsiyalar yaratish. Kurs ishining vazifalari: 1. «Musiqa madaniyati» darslarida musiqa asarlarini tinglash va tahlil
qilishning mavjud holatini organish va tahlil qilish.
2. Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish orqali oquvchilarning
musiqiy, musiqiy-nazariy savodxonligini shakllantirishning pedagogik
imkoniyatlarini organish.
3. Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning
musiqiy madaniyatini shakllantirishning samarali usul, vositalarini aniqlash.
4. Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning
musiqiy madaniyatini shakllantirishga yonaltirilgan pedagogik faoliyatni takomillashtirish yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
5. Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning
musiqa madaniyatini shakllantirish texnologiyasining samaradorlik darajasini
aniqlash.
Kurs ishining obyektietib umumiy orta talim maktablarining «musiqa madaniyati» darslarida musiqa tinglash va asarlarni tahlil qilish jarayoni olindi. Kurs ishining predmeti: umumiy orta talim maktablarining «musiqa madaniyati» darslari jarayonida asarlarni tinglash va tahlil qilish orqali oquvchilarni musiqiy madaniyatini shakllantirishga yonaltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni. Bu orinda «Musiqa madaniyati»darsini uyushtirishda «Musiqa tinglash» faoliyatida bajariladigan eng muhim vazifalar, yani, asarni tahlil qilish orqali oquvchilarni umummusiqiy va nazariy savodxonligini rivojlantirishga oid metodik qollanmalarni yoqligi va shu yonalishdagi ilmiy-tadqiqotlarni qilinmaganligi ham asosiy sabab ekanligini takidlash orinlidir.Respublikamizda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar sirasida musiqa pedagogikasiga oid ishlar asosan estetik tarbiya masalalariga bagishlangan bolib, ularda xalq musiqasi, zamonaviy musiqiy janrlar orqali estetik tarbiyalash masalalari taqiq etiladi.