I. S. Baxning hayoti va ijodi 7


II.BOB I.S.Bax asarlarining musiqiy nazariy bilimlarni oshirishdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə5/7
tarix23.05.2023
ölçüsü223,5 Kb.
#120287
1   2   3   4   5   6   7
oxirqisi kurs ishi

II.BOB I.S.Bax asarlarining musiqiy nazariy bilimlarni oshirishdagi o'rni va ahamiyati
2.1.Bax Musiqalarini tinglash va uni tahlil qilishning maqsad va vazifalari
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng jamiyatni yangicha, o’ziga xos taraqiyot yo’li va bosh maqsadi belgilandi. Bu jamiyatni qurish uchun eng avvalo shu jamiyat fukarolarini, o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy-ma’naviy ruhda har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalashga ustuvor ahamiyat berildi. Shuning uchun ham mustaqil rivojlanishning dastlabki yillaridan ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-xunar tizimini yangicha asoslarda islox qilishga kirishildi. Chunki, ma’naviy yetuk, aqliy barkamol, axloqiy-estetik madaniyati shakllangan shaxsni tarbiyalash o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ta’lim-tarbiyaviy ishlar milliy g’oya va milliy mafkurani asosiy omillari bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda insonning ma’naviy ongi, dunyoqarashini va madaniy kamolotini ta’kidlab o’tilgan talablar darajasida shakllantirishda san’at turlari va uning tarkibidagi eng ommaviy va ta’sirchan hisoblangan musiqa san’ati a’lohida ajralib turadi.
Prezidentmiz I.Karimov xaqli ravishda ta’kidlaganlaridek «Musiqaning hayotbaxsh ta`sirini o`z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak mubolag`a bo`lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san`ati navqiron avlodimizning yuksak ma`naviyat ruhida kamol topishida boshqa san`at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta`sir ko`rsatmoqda».1

Haqiqatdan ham, musiqa insonning axloqiy, ma’naviy va estetik
hissiyotlariga ta’sir etish xususiyatini betakror va a’lohidaligi bilan
pedagogik fanlar tizimida ham muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham,
musiqa ta’limida ushbu fanni o’qitilishi eng avvalo tarbiyaviy maqsadlarni ko’zda tutadi, desak aslo xato bo’lmaydi.
Musiqa fan sifatida o’qitiladigan ta’lim tizimining barcha bo’g’inlariga nisbatan umumta’lim maktablaridagi musiqa ta’limi o’zining tashkiliy, metodik hamda mazmun-mohiyati (predmeti) bilan, boshqa fanlarni o’qitilishidan jiddiy farq qiladi. Bu o’ziga xoslik musiqa darsini eng avvalo bir-biriga mantiqiy bog’liq, darsning bosh mavzusi maqsad va vazifalarini yoritishga yo’naltirilgan beshta faoliyatlar asosida tashkil etilishida o’z ifodasini topadi. Bu faoliyatlar pedagogik maqsad, vazifalari, uyushtirilishiga ko’ra aslida darsning bosh mavzusining mazmuni va mohiyatini ochib berishga qaratilganligi bilan dars sifat va samaradorligini ta’minlash, qiziqarli va mazmunli kechishi, pirovardida o’quvchilarning musiqa madaniyatini shakllanishiga xizmat qiladi. Dars davomida olib boriladigan ta’limiy faoliyatlar mustaqil jarayonlar ko’rinishida bo’lishi bilan birga, ularni bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda olib borish ushbu fanni o’qitilishining o’ziga xos qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Musiqa darslaridagi qo’shiq kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash boshlang`ich sinflarda qo’shimcha ravishdagi musiqaga ritmik jo’r bo’lish hamda bolalar cholg’u asboblarida ijro etish o’quvchilar tomonidan musiqiy nazariy bilimlarni, amaliy ijrochilik bilan bog’liq ko`nikma va malakalarini, bilimlarni qiziqish va ishtiyoq bilan puxta o’zlashtiirishga keng imkoniyat yaratadi.


Darsning mazmuni, mavzusi va xususiyatidan kelib chiqqan holda biror bir faoliyat asosiy o’ringa chiqib qolishi ham mumkin. Lekin, darsning tuzilishi asosan, mavzuga oid nazariy bilim, amaliy ijrochilik bilan belgilanadi. O’quvchilar dars davomida biror musiqa asarini tinglashadi. Ushbu jarayonda ular musiqaning g’oyaviy-badiiy mazmuni, mualliflari, yaratilgan davri, ijro uslubi, qaysi mahalliy uslubga xosligi, kompozitori, bastakorlik ijodi mahsuli ekanligi, janri, tonalnosti, o`lchovi, shakli kabi ma`lumotlar bilan tanishadilar. Bu esa, o’quvchilarni umummusiqiy va musiqiy-nazariy savodxonligini shakllantirishga xizmat qiladi. Darsning amaliy ijrochilik, ya’ni qo’shiq kuylash (xor bo’lib) jarayonida, o`quvchilarni vokal-xor kuylash malakalarini egallashlari uchun nota yozuvi, dinamik belgilar, dirijorlik qoidalaridan xabardor bo’lishlari zarur. Musiqa savodi faoliyatida dastur va darslikka kiritilgan nazariy bilimlar o’quvchilarni musiqa fani bo’yicha zarur bilim, ko`nikma, malakalarni, bir so’z bilan aytganda musiqa madaniyatini yaxlit holda egallashlarini ta’minlaydi.2
O’quvchilarning musiqiy-nazariy bilimlar tizimida musiqa tinglashni yetakchi faoliyat sifatida baholash o’rinli bo’ladi. Musiqa madaniyatini egallash, dunyo musiqa san’ati durdonalari, milliy xalq musiqa me’rosi, zamonaviy janrlarda yaratilayotgan asarlar bilan tanishish, shu jarayonda musiqiy-nazariy bilimlarni egallash, (nota yozuvi, ifoda vositalari), o’quvchilarda musiqaga qiziqish uyg’otish musiqani tinglash va tahlil qilish orqali kechadi. « Musiqani sevish, undan badiiy-estetik zavq olish uchun uni tinglash kerak- degan edi, buyuk rus kompozitori D.Shostakovich:- Vatan,do’stlik haqida, mehnat va jismoniy hamda amaliy faoliyatlar mavzusidagi asarlarni tinglash o’quvchilarga ijobiy ta’sir qiladi. O’quvchi tinglangan musiqa yoki san’at asari haqida birorta savol bermasa, unda biror hissiyot vujudga kelmasa, shaxsiy hissiyot va munosabat bilan bog’lanmagan xabar tarzidagi aloqagina paydo bo’lsa, demak, vazifa bajarilmagan maqsadga erishilmagan hisoblanadi».
Musiqani qiziqish va faollik bilan tinglash o’quvchilarda
o’ziga xos badiiy nafosatni hamda amaliy ijrochilik ko`nikma va malakalarni shakllantiradi. Musiqa tinglangandan so`ng u haqidagi nazariy ma`lumotlar, o’qituvchining tahliliy suhbati o’zaro fikr almashuvlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarda musiqadagi badiiy obrazni, uning g’oyaviy-badiiy mazmunini, musiqaning o’ziga xos ifodaviylik xususiyatlarini anglash, shu orqali musiqani ongli idrok etilishga olib keladi. Shuning uchun musiqa o’qituvchisi har bir dars uchun tinglanadigan va kuylanadigan asarlarni tanlashda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutishi kerak bo’ladi. Mana shunday asarlargina o’quvchilarda musiqa asariga va musiqa darsiga faol qiziqish uyg’ota oladi.3 Musiqa tinglash jarayonida o’quvchilar turli bastakorlar, kompozitor, xalq musiqa me’rosi, qardosh xalqlar ijodi va bastakor-kompozitorlari, chet el musiqa madaniyatiga tegishli asarlardan namunalar tinglaydilar. D.Shostakovich ta’biri bilan aytganda «Musiqani sevish uchun avvalambor uni tinglash kerak» vatan, do’stlik, tabiat, o'yinchoqlar, hayovnlar, mehnat va boshqa jismoniy va aqliy faoliyatlar mavzusidagi asarlarni tinglash o’quvchilarga ijobiy ta’sir qiladi, dunyoqarashlarini o’sishiga musiqiy did, idrok, tafakkurni rivojlanishiga olib keladi.

Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin