o'rnini, muhim vakillarining ilmiy (lotincha)
nomlarini
va ahamiyatini o'rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariy namunalari, o'simliklar
aniqlagichi,
rasmlar, jadvallar,
fiksatsiya qilingan
gullar, o'simlik turlarining har-xil mevalari, lupa,
pintset, preproval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Burchoqdoshlar oilasi 500 ga
yaqin turkum va 12 ming turni o'z ichiga oladi. Ular
daraxt,
chala buta, ko'p yillik, ikki yoki bir yillik o't
o'simliklari hisoblanib, butun yer yuzida tarqalgan.
Poyasi tik, o'rmalovchi va yotib o'suvchi bo'ladi.
Barglari asosan murakkab uchtalik, panjasimon, toq va
ju ft patsimon, ba'zan oddiy, yon bargchalarga ega.
Murakkab patsimon
barglarning uchki tomonidan
yaproqlari ba'zan shaklini o'zgartirib, gajaklarga, yon
barglari esa tikanlarga aylangan. Gullari ikki jinsli,
noto'g'ri, ba'zan to'g'ri bolib shingil, boshcha, soyabon
yoki boshoqsimon to'pgulda joylashgan. Changchisi va
urug'chilari hashoratlar yordamida ba'zan o‘z-o‘zidan
changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab kosachabargi 5ta,
ko'pincha qo'shilib o'sgan. Tojbargi ham 5ta.
Ustki toj-
bargi yirikroq b olib, «yelkan» yoki «bayroqcha» deyi-
ladi. Ikki yonidagisi «eshkak», ikkita ostkisi, chang-
chilarni o'rab turgani esa «qayiqcha» deb ataladi.
Changchilar soni odatda 10 ta,
ulardan bittasi erkin,
qolgan 9 tasining chang iplari o'zaro qo'shilib ketadi
yoki uning aksi, hammasi erkin holda ham boladi.
Urug'chisi bitta mevabargchadan tashkil topgan.
Tugunchasi ustki va bir uyali. Mevasi xilma-xil shaklga
va kattalikka ega bolgan dukkakdir. Dukkagi ko'pincha
qorin va orqachoklar bo'ylab yoki bosh chokidan bo'li-
nadigan, ba'zi hollarda bolinm ay shakllan yong'oq-
simon boladi. Dukkagida bitta yoki bir nechtagacha
buyraksimon dumaloq u ru glar hosil boladi. U ruglari
endospermsiz.
85