Nazariy tushuncha: Bu oilaga 90 ga yaqin turkum
va 1500 dan ortiq tur kiradi. Ular shim oliy qutbga
yaqin m am lakatlardan tashqari hamma yerda o'sadi,
issiq mamlakatlarda ko'proq tarqalgan. O ila vakillari
daraxt-buta, goho o't o'sim liklardan iborat. Ularning
barglari oddiy, uzun bandli, butun yoki panjasimon
qirqilgan, navbatlashib joylashgan va yonbargchalidir.
Guli ikki jin sli, to'g'ri, qo'shgulqo'rg'onli, yirik bo'lib
barg qo'ltig'ida bittadan yoki shoxlarining uchidagi top
gulda joylashadi. Bu oilaga kiruvchi o'simliklarda
kosacha barglari ostida 2-5-9 ta bargchadan iborat ostki
kosachasi boladi. Changchilari ko'p bo'lib, ikki doirada
joylashadi.
Odatda,
tashqi
doiradagi
changchilar
qisqargan va staminodiylarga (shiradonlarga) aylangan
bo'ladi.
Ko'pincha changchi iplari, qo'shilib o'sib,
78
urug'chi ustunchasini o'rab olgan naycha hosil qiladi.
Urug'chisi 3 ta yoki undan ko'proq m eva bargchalari-
ning birikishidan hosil bolgan. Tugunchasi ustki.
Mevasi k o ‘p u ru g li ko'sak yoki mevabarglarining bir-
biridan ajralishi natijasida hosil boladigan buyrak-
simon yong'oqchalardan iborat qo'zoq meva.
22-rasm. G‘o‘za . 1-gulli novda; 2-guli; 3-4-ko‘sak va uning ochilishi;
5-tukli urug1
!; 6-gul diagrammasi
Ahamiyati: Oilaning xo'jalikdagi ahamiyati jihati-
dan eng muhim vakili g‘o‘za o'simligi hisoblanadi. To‘-
qimachilik sanoati uchun kerakli jam i tola mahsu-
lotining 70-75% paxtadan olinadi. G'o'za chigiti tar-
kibida 18-21 % yog‘ boladi. Bu yog1, oziq-ovqat va tex-
nik maqsadlar uchun ishlatiladi. Y o g i olingan chigit-
dan chorva mollari uchun yem sifatida kunjara oli
nadi. Sovun tayyorlanadi. Kanop va dag'al kanop kabi
o'sim liklar ham tola beruvchi o'sim liklar hisoblanib,
ulardan turli buyumlar tayyorlanadi. Shuning bilan bir
qatorda dorivor va manzarali turlari ham uchraydi.
79
|