Uchinchi y o ‘nalish
- bu energiya tejovchi texnologiyalarni
tatbiq etish, shu jum ladan, tiklanuvchi resurslar (quyosh, suv
va sham ol energiyasi) [6], jarayon, asboblar va jihozlarni eng
energiya sig‘imli sohalarda q o ‘llashdan iborat. Bundan tashqari
energiya tejovchi texnologiyalar ekologik jihatdan toza va ijtimoiy
muammolarni yechishda qo‘shimcha sarf-xarajatlami talab etmaydi.
Energiya tejashga olib keladigan dunyo elektr energetikasining
yana bir muhim y o ‘nalishi, ham m a joyda bug‘ - gaz qurilm asi
(BGQ) tatbiq etish va isitishdir, bu tushuncha ostida issiqlik elektr
stansiyalarda (issiqlik elektr markazlarida — IEM) issiqlik va elektr
energiyasini birgalikda ishlab chiqarish yotadi. Isitish y o q ilg ‘i
resurslaridan foydalanishning eng ratsional usulidir.
Oxirgi paytda dunyoda elektr energiya, issiqlik va sovuqlikni
birgalikda generatsiya (uch generatsiya) qilish tarqalmoqdaki, bu
yoqilg‘idan samarali foydalanishni oshiradi.
76
B ug‘-gaz texnologiyalarini q o ‘llash quyidagi sabablar bilan
tushuntiriladi: bug‘ turbina qurilm alariga nisbatan issiqlik elektr
slansiyalar iqtisodliligi sezilarli ortadi: y a’ni FIK taxminan 33-^55%
gacha va undan ham ortadi, karbonat angidrid gazi va boshqa zaharli
moddalar chiqishi pasayadi. Hozirda birlik quvvati 500 M Vt gacha
boMgan BGQ agregatlari ishlatilmoqda.
Masalan, Germaniya va Daniyada hozirda 50% elektr energiya
yoqilg‘i iste’mol qilish natijasida ishlab chiqarilm oqda. Yevropa
ittifoqi m am lakatlari issiq lash tirish yordam ida IEM da elektr
energiya ishlab chiqarish ulushini 2000-yildan
9%
dan 2010-yilda
18% ga ko‘tarishni rejalashtirgan edilar.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, energetikada
gaz turbinalarini q o ‘llashni orttirish bilan ishlaydigan 50 va
undan k o ‘proq G kal/soat issiqlik quvvati qozonxonalarni GTQ
qurilmalaridan chiqayotgan gazlarning issiqligidan to ‘la foydalanish
qilinadigan k ich ik GTQ - IEM ish lash rejim iga o ‘tkazishni
loyihalash m aqsadga muvofiqdir. Bu rejim da yoqilg‘idan (tabiiy
gaz) foydalanish koeffisiyenti 80^90% ga yetadi, bu esa oddiy
lEMlarnikidan ancha yuqoridir.
Rivojlangan m am lakatlardagi yuqorida keltirilgan energiya
tejash tadbirlarining tahlili ikki vaqt bosqichiga ega ekanligini
ko‘rsatadi. BoshIang‘ich bosqichda (3-5 yilga m o‘ljallangan), katta
sarf-xarajat talab etadigan, energiya resurslami vaqtinchalik iqtisod
qilish, ratsional foydalanish bo‘yicha tadbirlar am alga oshiriladi.
Bu hisobga olish va nazorat vositalarini takomillashtirish b o ‘yicha
tashkiliy choralar (rejali va qonuniy), energiyadan foydalanishda
iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning m a’suliyatini oshirishdan
iborat.
Ikkinchi bosqichda, energiya tejash siyosatining bosh choralari,
bu yangi energiya tejovchi texnologiyalami ommaviy tatbiq etish,
shu bilan birga, eskirgan jihozlarni almashtirish, harakatdagi ishlab
chiqarishni rekonstruksiya qilish, mahsulot material sig‘imliligini
77
pasaytirish va nisbatan past bo‘lgan energiya sig‘imli materiallami
q o ‘llash, transport sxem alarini ratsionalizatsiyalash, am aldagi
b in o lar fon dining issiq lik izo lyatsiyasi darajasini osh irish ,
solishtirma energiya sig‘imni pasaytirish maqsadida soha iqtisodi
tuzilm asini o ‘zg artirish lardan iborat. Ushbu bosqichda suyuq
yoqilg‘ini alm ashtirish va qattiq yoqilg‘idan ham da tiklanuvchi
energiya resurslaridan foydalanish hisobiga gazsimon yoqilg‘ini
iqtisod qilish choralari qabul qilinadi. Xalq x o ‘jaligi uchun energiya
tejash siyosatini am alga oshirishning birinchi bosqichi muhimligi
bilan bir qatorda, uning ikkinchi bosqichi energiya samaradorligini
oshirishning asosiy y o ‘nalishi ekanligini alohida qayd etish kerak.
R ivojlangan m am lakatlarda energiya tejam korlik siyosatini
am alga oshirish katta iqtisodiy va qonuniy choralarni qabul
qilish y o ‘li bilan am alga oshirilgan. Shuni hisobga olib energiya
tejash siyosati sam aradorligini ta ’minlash uchun barcha energiya
resurs iste’m olchilari va yetkazuvchilarni qonuniy va iqtisodiy
rag‘batlantirish mexanizmini ko‘zda tutish kerak. Asosiy diqqatni
material resurslami qidirib topishga qaratish kerak.
Energiya tejash tadbirlarini o ‘tkazishda ta ’r if hosil qilish va
moliyalashtirish masalalari o ‘ta muhim hisoblanadi. Iste’molchilarda
energiya tejashni rag‘batlantirish uchun energiya tejovchi ta’riflash
siyosatini bosqichm a-bosqich tatbiq etish zarur. Asosan bunday
differensiallash, ta’riflarni vaqt bo‘yicha (kecha-kunduz, hafta, yil
elektr va issiqlik yuklamasini rostlash uchun), energiya iste’molini
hajm i b o ‘yicha (standart iste’molidan ortib ketm asligini ushlab
turish uchun) energiyani iqtisod qilish hajmi b o ‘yicha (energiya
tejash b o ‘yicha choralarni amalga oshirishni mukofotlash uchun)
kerak.
Bundan tashqari, bu ta ’rif kreditlari, ya’ni energiya tejamkorlikni
am alga oshirayotgan iste’molchilar uchun vaqtinchalik ta ’riflarni
pasaytirish kerak boMadi. Ta’rif krediti quyidagi k o ‘rinishlardan
birida namoyon b o ‘ladi: qaytarilmaydigan (ТЕК korxonalarining
78
xurujutlarni qoplay olmasligi, ayniqsa byudjet tashkilotlari uchun),
ioizsiz (qarz m ablag‘larini kelishilgan vaqtdan so ‘ng qaytarish
bilan) yoki foizli (xuddi shunday, lekin foizi bilan) kredit.
E nergiya tejashn in g a n ’anaviy m oliyaviy m anbai b o ‘lib,
korxonalarning o ‘z mablagMari xizmat qiladi. Energiya tejashning
muhim manbai, investorlam ing kreditlari b o ‘lishi kerak. Yana bir
investitsiya manbai, energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning,
elektrostansiyalarning foydasidan va abonent to ‘lovlaridan hamda
boshqa m anbalardan tushgan m a b lag ‘dan yaratilgan energiya
tejash fondlaridir. Energiya tejash fondlari qator hollarda muhim
loyihalarga mablag‘ni jalb etish uchun kafolat bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday fondlarning samaradorligi juda yuqori, shuning uchun chet
el mamlakatlarining tajribasidan foydalanish zarur.
Energiya tejash dasturini m uvaffaqiyatli bajarish, energiya
tejovchi tadbirlarga sarf etilgan m ablag‘lardan katta foyda olish
ishlarini tash k illash tirish va rejalashtirish dasturiga b o g ‘liq.
Avvalam bor bu, korxonalarda energiya resurslarini tejashning
ustuvor yo‘nalishlarini tanlashga taalluqli.
Shuni bilish zarurki, energiya tejashni investitsiyaiash bilan
bog‘liq bo‘lgan y o ‘nalish, b a’zi bir sarflarga ega, xususan, yangi
jihozlar va texnologiyalarni o ‘zlashtirish ham da tatbiq etishning
uzoq muddatlari, yangi jihozlarni sotib olish va o ‘rnatish uchun
texnologik jarayonlarni qayta qurish uchun katta m ablag1 ajratish
zarurligi bilan bog‘liq bo ‘lgan sarflar.
Qator hollarda investitsiyalarga ketgan xarajatlarni chiqarish
m uddatlari ju d a katta b o ‘lib ketadi, shuning uchun energetika
jihatidan samarali tadbirlar rad etiladi.
Tashkiliy - iqtisodiy va rejim - ishlatish tadbirlarning o ‘ziga
jalb etadigan joyi shundaki, ulardan k o ‘plari kapital xarajatsiz yoki
ju d a kichik xarajatlar sa rf qilib zudlik bilan sam ara olish bilan
amalga oshiriladi. Korxonada sarf-xarajatlar bir necha oy ichida
79
o‘zini oqlaydigan, energiya yoqilg‘ini iqtisod qilish bo'yicha kichik
tadbirlarni qo‘llash mumkin.
Chet el firmalari (AQSh, Angliya, Skandinaviya mamlakatlari),
energiya tejovchi tadbirlarni ularning samaradorligi bo‘yicha tanlab
olib, birinchi navbatda sarf-xarajatlami oqlash muddati bir yildan
kam b o ‘lgan muddatda rejim ishlatish va tashkillashtirish rejalariga
kiritadilar. Shundan keyin sarf-xarajatlami oqlash muddati bir yildan
uch yilgacha bo‘Igan texnik xarakterga ega b o ig a n tadbirlar va
oxirida katta kapital xarajatlami talab qiladigan yangi texnologiyalar
va yangi jihozlam i tatbiq etish bilan bog‘liq tadbirlar kiritiladi.
Shunday qilib, kapital sig‘imli energiya tejovchi tadbirlarni tatbiq
etishni rejalashtirishdan oldin ishlab chiqarishni tashkillashtirishni
takom illashtirish y o ‘li bilan y o q ilg ‘i va energiya sarflarining
zaxiralaridan foydalanish: y a ’ni, jih o zlarn in g texnik holatini,
ularning energetik rejim larini yaxshilash, energiya resurslarning
jihozlam i yuklash koeffisiyenti pastligi bilan bog‘liq yo‘qotishlarini
bartaraf qilish va hokazolar. Boshqachasiga, yangi texnologiya
va jihozlam i q o ilash d an olinadigan potensial samara to ialig ich a
olinmasligi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiya va energetikani o ‘zaro
b o g ‘liqligini chuqur tahlil etm asdan, ishlayotgan korxonalarda
energiya resurslari iqtisodi zaxiralaridan foydalanish mumkin emas
[8.9]. Bu masalani odatda energetik ko‘zdan kechirishni o ‘tkazish
y o ‘li bilan, au d it-jiho zlarn i, tex no lo g ik ja ray o n larn i davriy,
sinchkovlik bilan k o ‘zdan kechirish va bu tekshirish natijasida
ayrim jarayonlar va ayrim qurilmalarda energiya iste’moli qiymati,
noratsional sarflar va energiyani to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yo ‘qotishlarini
aniqlash y o ii bilan amalga oshiriladi. Energiya tejamkorligi b o ‘yicha
chet elda qo‘llaniladigan choralarning xususiyati shundan iboratki,
u yerda ishlar m ajm uasini bajarish doim iy xarakterga ega. Bu
bilan energiyadan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha bajariladigan
ishlaming uzluksizligi ta’minlanadi.
80
K orxonalarda energiya tejashni boshqarishning sam arador
tizimini yaratish uchun energiya auditni tashqi (bog‘liq bo‘lmagan)
va ichkiga ajratish kerak.
Tashqi auditning bosh masalasi - korxonalarda energiya tejash
bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish darajasini baholash: energiya
va yoqilg‘i iqtisodi bo‘yicha davriy ravishda ishlab chiqilayotgan
rejalarning m avjudligi bu rejalarning sam aradorligi, energiya
resurslarini sarflashni hisobga olish va nazorat qilishning holati,
energiya resurslaming sarfini normalashdan iboratdir.
Ichki energetik audit korxonalarda energiya resurslarni iqtisod
qilish zaxiralarini aniqlash quroli bo‘lib xizmat qiladi. Ichki energetik
auditni o ‘tkazish muddatlarini va obyektni ko‘rikdan o ‘tkazishni
korxonalar, energiya iste’molini ratsionalizatsiyasi bo‘yicha rejalami
ishlab-chiqishni amaldagi amaliyotdan kelib chiqqan holda, mustaqil
o ‘matadilar.
E nergiya auditning yana bir porloq y o ‘nalishi, bu optim al
energetik balans va tadqiq etilayotgan obyektning elektr ta’minot
sxemasini kelajakda rivojlanishini hisobga olgan holda majmuaviy
o ‘tkazishdir. Bunda energetik resurslarga bo ‘lgan sarf-xarajatlarni
optimallashtirish amalga oshiriladi, mazkur subyektning yoqilg‘i va
energetik ta’minoti uchun ketgan sarf-xarajatlar qiymati aniqlanadi.
Shunday qilib, chet elda energiya tejash m ajm uaviy holda,
elektr energiya ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga huquqiy
bosim o ‘tkazish richaglarini q o ‘llab, uni yaratib va iqtisodiy jihatdan
rag‘batlantirish choralaridan foydalanib hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: |