8.4. Issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish
Iste’molchi tomonidan isrof qilinayotgan suvning miqdori suv
hisoblagichlarning k o ‘rsatkichlari bo‘yichaaniqlanadi. Iste’molchiga
bog‘liq boTmagan sabablarga ko‘ra (asbobning nosozligi, millaming
yedirilib ketishi va boshqalar) bunday hisoblash mumkin b o ‘lmagan
holda, foydalanilgan suvning miqdori, asbob soz b o ‘lgan oldingi
ikki oy uchun o ‘rtacha kecha-kunduzi o ‘rtacha sarfi bo‘yicha, yoki
hokim iyat tom onidan o ‘rnatilgan norm alar b o ‘yicha aniqlanadi.
Iste’mol qilingan suvni hisobga olishning va to ‘lovning bu tarkibi,
yangi suv oTchagich o ‘rnatilgunga qadar saqlab qolinadi, lekin
129
uch oydan ortm agan m uddatgacha. A gar yuqorida k o ‘rsatilgan
m uddatda suv o ‘lchagich o ‘rnatilm asa yoki suv o ‘lchagichning
shikastlanishi iste’molchining aybi bilan bo‘lsa va bu haqida suv
o ‘tkazish kanalizatsiyaxo‘jaligi (SQH) korxonasiniogohlantirmagan
bo‘lsa, sarf qilingan suvning miqdori suv o ‘tkazishning o ‘tkazish
qobiliyati b o ‘yicha aniqlanadi. Bu o ‘tkazgich suvning harakat
tezligi 2,0 m/s va u oxirgi hisobdan boshqa, kecha-kunduzda 24 soat
oqadi deb hisoblanadi. Hisobning bu turi to yangi suv o ‘lchagich
o ‘rnatilmaguncha davom etadi.
X uddi shu tartibda iste’molchi tom onidan sarf etilgan suv
miqdori quyidagicha aniqlanadi:
1. A bonent tom onidan aylanib o ‘tuvchi liniya va tugunlar
ochg‘ichidagi suv hisoblagich asboblari hamda suv sarfi hisobiga
asboblarning o ‘zida plombalar olingan va shikastlanganda;
2. 0 ‘z xohishicha kommunal SQH korxonasining ruxsatisiz,
suv o ‘tkazgichga yoki tarm o g ‘iga ulansa, suvdan foydalanish
shartnomasi bo‘lmasa yoki suv iste’molchisi SQH abonenti sifatida
rasmiylashtirilmagan b o isa ;
3. K o‘rsatilgan m uddatda SQH korxonasining dalolatnomasi
bajarilmagan bo‘lsa (7 kundan ko‘p emas);
4. 0 ‘z xohishicha suv o ‘lchagich va suvni hisobga oluvchi
boshqa asboblarni olib tashlash va boshqa joyga o ‘tkazishni sodir
qilsa, ham ulami SQH korxonasi bilan kelishmagan holda, boshqa
turdagi asboblar bilan almashtirilgan bo‘lsa;
5. Surib oluvchi, gidrantlar yoki o ‘t o ‘chiruvchi kranlarda
zaxiraviy yoki o ‘t o ‘chirish kirishlaridagi plombalami o ‘z xohishicha
olib tashlaganda;
6. 0 ‘rnatilgan muddatda SQH korxonasi talabi bo‘yicha suv
hisoblagich asboblari o ‘matilmasa, bu kommunal suv o ‘tkazgichiga
o ‘z xohishicha ulanish deb baholanadi;
7. 0 4 o ‘chiruvchi gidrantlar va ochg‘ichlardan o ‘z xohishicha
foydalanilganda;
130
8. Shlanglar k o ‘cha suv o ‘tkazgichlariga ulaganda yoki kerakli
joyda ishlatmaganda;
9. Suv o ‘lchagich bo‘lmagan hollarda, suv o ‘tkazgichga shlang
ulab sug‘orish ishlarini amalga oshirganda;
10.Korxona va tashkilotlar tomonidan suvdan foydalanganda
hisob-kitob qilishga zarur b o ‘lgan m a’lumotlarni berishdan bosh
tortganda yoki noto‘g‘ri m a’lumotlar berilganda.
Birinchi, uchinchi, to ‘rtinchi va to ‘qqizinchi hollarda hisob-
kitob SQH vakillari tomonidan, hisobning oxirgi ko‘chirilgan to shu
holat aniqlangan kungacha b o ig a n vaqt uchun hisob-kitob amalga
oshiriladi. Bundan tashqari to ‘qqizinchi holatda suv uchun hisob,
o ‘tgan vaqt uchun haqiqiy o ‘matilgan suv sarfi bo‘yicha olib boriladi,
lckin bu muddat bir yildan oshmasligi kerak. Ikkinchi va oltinchi
hollarda hisob eski d a’voni chiqarishdan olib boriladi. Uchinchi,
yettinchi va sakkizinchi hollarda hisob bir oyga teng muddat uchun
qilinadi.
Issiq suvni hisobga olish ham, hisobga olish asboblarining
k o ‘rsatishi b o ‘yicha am alga oshiriladi. Issiq suv sarfini yakka
tartibda hisobga olish asboblari bilan jihozlanm agan xonalarda
yashovchilarning iste’mol etilgan suv hajmini aniqlashda, suv
sarfini guruhli hisobga olish asboblari k o ‘rsatuvidan, ushbu uyda
yashovchilarning yakka tartibda issiq va sovuq suv sarfini hisobga
olish asboblarining, jam i k o ‘rsatishlari chiqarib tashlanadi hamda
ijarachilar iste’mol qilgan suv hajmi, har bir ijarachining yakka
tartibdagi suv sarfi hisoblagichi k o ‘rsatishi b o ‘yicha aniqlab
olib tashlanadi. Shunday usullar aniqlanganki, suv is te ’moli
shu uyda yashaydigan va yakka tartibda suv sarfi hisoblagichlari
b o ‘lm agan xonadonlarga shu xonadonda yashovchilar soniga
proporsional ravishda teng b o ‘linadi. Y asham aydigan xonalar
ijarachilar tomonidan ijaraga olingan b o ‘lsa va ushbu uyda yakka
tartibdagi suv sarfi asboblari y o ‘q b o ‘lsa, yashovchilar iste’mol
qilgan suvning hajmi, xonalardagi yakka tartibda o ‘rnatilgan suv
o ‘lchagichlar bo‘yicha aniqlanadi. Agar bu oichagichlar b o ‘lmasa,
131
suv iste ’m olining o ‘rn atilgan norm alari b o ‘yicha aniqlanadi.
Bunday ijarachilar iste’mol qilgan suv hajmi guruhli hisoblash
asboblari ko‘rsatkichlari bilan, yashovchilar iste’mol qilgan jam i suv
hajmining ayirmasi natijasida aniqlanadi, lekin ijarachilaming suv
ta’minlovchi tashkilotlar bilan tuzgan shartnomasida ko ‘rsatilgan
hajmidan kam bo‘lmasligi kerak.
Yashash joyida (uylar guruhida) guruhli va yakka tartibdagi
suv sarfining hisobini oladigan asboblar y o ‘qligida, yashovchilar
iste’mol qilgan suvning hajm i, suvni iste’mol qilgan normalari
bo‘yicha aniqlanadi. Suv iste’moli normalari bir kishi uchun kecha-
kunduz davomida iste’mol etilgan litrlami o ‘lchashda o ‘matiladi va
uyning jihozlanish darajasiga qarab diffensiallanadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, issiq suv berilishi rejimi o ‘zgargan-
da (masalan, haftada uch marta uch soatdan) talab juda ko‘payadi
va s a rf 2-2,5 barobar k o ‘payadi (hisobga olish k o ‘rsatkichlari
bo‘yicha). Bunga yana qozonlarni ishga tushirish va to ‘xtatishni,
quvur o ‘tkazgichlarni qizdirish qo‘shilsa, rejalashtirilgan samaraga
qaraganda real yo‘qotishlar paydo bo‘ladi.
Suvni olish tizim ida hisobga olish asboblari b o ‘lm aganda,
kanalizatsiyaning kom m unal tizim iga oqib tushayotgan oqova
m iqdori, kommunal suv ta ’minoti sistem asida sarf b o ‘lgan suv
miqdoriga teng bo‘ ladi, ularning miqdori abonent va SQH korxonalari
o ‘rtasidagi shartnoma shartlariga binoan aniqlanadi.
Kom m unal suv ta ’m inoti tizim iga ulangan abonentlar, o ‘z
ehtiyojlari uchun boshqa suv o ‘tkazgichlardan (m anbalardan)
q o ‘shim cha foydalanganlarida va oqova suvlarning hisoblagichi
b o ‘lm aganda, SQH k orxonalari belgilagan m uddatda, ushbu
korxonalarga m e’yoriy va boshqa hujjatlar bilan asoslangan zarur
hisob-kitoblarni k o ‘rsatishi kerak. Bundan tashqari bu abonentlar
asboblaming suv sarfini hisoblagan m a’lumotlarini va ular tomonidan
kommunal kanalizatsiya tizimiga tashlanayotgan oqova suvlarning
miqdorini hisoblash uchun boshqa m a’lumotlami berishi shart.
132
I Iisoblash asboblari, kecha-kunduzda 50 m3 dan ortiq oqova suv
tashlanadigan abonentlar uchun o ‘rnatilishi kerak. Agarda 50 m3 dan
kam bo‘lsa, tashlanayotgan suv hisobi o ‘matilgan normalar bo‘yicha
(bir kishi uchun yoki ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga) amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |