I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


Galogen yoritgichlarni o ‘rnatish usuli bo‘yicha



Yüklə 3,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/96
tarix19.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#157331
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

Galogen yoritgichlarni o ‘rnatish usuli bo‘yicha, 
shiftga, 
devorga va stol ustida o ‘rnatadigan qilib chiqariladi va yashash, 
m a’muriy binolarni mahalliy yoritish, ofislami, ish joylarini, vitrina, 
ekspozitsiya, stendlarni yoritish uchun ishlatiladi. U lar lam pa 
plafonini sharnir yordam ida m ahkam lab xonaning har qanday 
berilgan zonasini yoritishni ta ’minlaydi.
Yoritgichlarda yorug‘lik manbai sifatida oddiy qizdirish ipli 
lampalarga nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega bo‘lgan, quvvati 
20 Vt bo‘lgan galogen lampalar qoilaniladi:
- elektr energiya iste’molini 2-2,5 baravar pasaytirish;
- xizmat k o ‘rsatish muddati davom ida yorug‘lik oqim ining 
m o‘tadilligi;
- judayaxshi rang uzatishni ta’minlashi vaturli rangli effektlami 
hosil qiluvchi tiniq yorugTik;
- oddiy lampalarga nisbatan xizmat ko‘rsatish muddatining 2 
marta ko‘pligi;
- m o‘jazligi.
20 yoki 50 Vt quvvatga ega b o ‘lgan galogen lampali IVU 
seriyali maxsus yoritgichlar, yonuvchi materialdan iborat bo‘lgan
162


yuzaga bevosita o ‘matish uchun m o‘ljallangan hamda hovuzlarda, 
I'avvoralarda, a k v a riu m la rd a , y o n g ‘inga q arsh i q u rilm a li 
binolarda, dushlarda, kimyoviy tozalashlarda, bog‘ uchastkalarida, 
avtomobillami saqlashjoylarida,yo‘lovchi yoiaklarida, narvonlarda, 
yer osti o ‘tish joylarida, mashinalam i avtomatik yuvish joylarida, 
ustaxonalar va baliq do‘konlarida o ‘matish uchun tavsiya etiladi.
FBU va NBU seriyali yoritgichlar ham xona ichlarini yoritishni 
ham suvlardan namlik, chang vatartib buzuvchilardan himoya qilish 
talab etilganda xona (bino) tashqarisini yoritishga m o ‘ljallangan. 
Bu y oritg ich lar m exanik shikastlan ish larg a, tosh va shunga 
o ‘xshagan qattiq narsalar tegishidan him oyalangan b o ia d i. Ular 
bog‘lar, xiyobonlar, o ‘tish joylari, ayvonlar, hovuzlar, vannaxonalar, 
hojatxonalar va h.k.larni yoritishda tengi y o ‘q.
Elektr energiyani iqtisod qilish uchun har qanday lam palar 
q o ‘llanilganda, elektr energiyani 20 % gacha iqtisod qilishni 
ta ’m inlaydigan, yoritish asboblarini optim al jo y lashtirish katta 
ahamiyatga ega. Masalan, bir binoda ishchi va yordamchi zonalar 
mavjudligida ishchi zonalami umumiy lokal (hartomondan) yoritish, 
yordamchi zonalarni esa bunga qaraganda past jadallik bilan yoritish 
k o ‘zda tutiladi. Sexlarni, om borlarni va boshqa ishlab chiqarish 
xonalami yoritishda, eng yaxshi usul - bu yog‘du taralish liniyalari 
uskunalaridir. H ar qanday yoritish tizim ini loyihalayotganda va 
tatbiq etayotganda ko‘rish muhitini ta ’minlaydigan quyidagi sanitar 
normalami ta’minlash zarur:
- 400-500 lk;
- yorugiikning tabiiy yoritilganlikka maksimal yaqinlashtiril- 
gan spektral tarkibi;
- yorug‘likning pulsatsiyasi va k o ‘r qiluvchi harakati b o ‘lmas-
ligi;
- yorug‘likning bir tekis taqsimlanishi.
K o‘chalar, maydonlar, tezyurar m agistrallarni, transport kesi- 
shadigan joylam i, cho‘zilgan tunnellami, sport inshootlarini, aero-
163


dromlarni, qurilish joylarini, arxitektura inshootlarini, vokzallami, 
aeroportlarni yoritish uchun iqtisodli manbalardan biri, barcha 
m a’lum gaz razryadlovchi lampalar orasida yuqori yoritishga ega 
bo‘lgan va uzoq muddatga xizmat qilganda yorug‘lik oqimini uncha 
katta bo‘lmagan pasayishga ega bo‘lmagan yuqori bosimli natriyli 
lampalardir.
Natriyli lampalarning yana bir qo‘llanish sohasi - bu issiqxo- 
nalardagi o ‘sim liklarni nurlantirish. Issiqxonadagi k o ‘pchilik 
o‘simliklarning nurlanishi yaxshi natija berganligi tufayli natriyli 
lampalar simobli va metallogenli, yuqori bosimli lampalarni almash­
tirish mumkin. Simobli lampalardan farqli o ‘laroq natriyli lampalarda 
simob y o ‘q, bu esa ularning q o ‘llanish sohasini kengaytiradi. 
Ularning ishini iqtisodiylik nuqtai nazaridan solishtirganda, 10000 
soat m obaynida 30 % gacha iqtisodni tashkil etadi, o ‘z -o ‘zini 
qoplash muddati taxminan kuniga 12 soatni (yozgi vaqtda 8 soat va 
qishkida 16 soat) foydalanishdan kelib chiqqan holda 2 oyga yaqinni 
tashkil etadi.

Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin