i) Baholash mezonlari. “ Oltin globus “, “ Kumush globus “, “Bronza globus” so`zlari yozilgan sakkizburchak shakllar.
II. O`tilgan dars(Yer osti suvlari)ni takrorlash (10 daqiqa).
O’quvchilar 4 nafardan 6 guruhga bo’linadi va o’tilgan mavzuga oid tezkor savollar har bir guruhga 5 tadan beriladi va guruhlar rag’batlantirib boriladi.
Savollar monitor orqali ham chiqariladi(6 daqiqa):
1-guruhga savollar
|
Yer osti suvlari bu-
|
3-guruhga savollar
|
Gil bu-
|
5-guruhga savollar
|
Yog’inlarning ta’siri-
|
Grunt suvlar bu-
|
Artezian buloqlar bu-
|
Grunt suvlar sathi bahorda-
|
Artezian suvlar qanday hosil bo’ladi-
|
Suv o’tkazmaydigan qatlamlar -
|
Qatlamlararo suv-
|
Artezian buloqlar bu-
|
Grunt suvning artesian suvdan farqi
|
Qumtosh qanday jins
|
Granit qatlam bu-
|
Buloq bu-
|
Grunt suvlar sathi yozda-
|
2-guruhga savollar
|
Mineral suvlar bu-
|
4-guruhga savollar
|
Quduq bu-
|
6-guruhga savollar
|
Yer osti suvlari bu-
|
Shifobaxsh suvlar -
|
Artezian suvlari bu-
|
Grunt suvlar bu-
|
Granit qanday jins-
|
G’ovaklik bu-
|
Shifobaxsh suvlar -
|
Qumtosh qanday jins
|
Yer yuzasi suvlari-
|
Gil bu-
|
O’zbekistondagi dam olish maskanlari -
|
Suv o’tkazadigan qatlamlar -
|
Grunt suvning artesian suvdan farqi
|
So`ngra guruhlar to`plagan ballar aniqlanib,ra’batlar beriladi. Barcha guruhdan bir nafardan o`quvchilar chiqib,
“Charxpalak” asbobidan olingan savolga javob beradi (4 daqiqa).
Savollardan namunalar:
1.Mineral suvlar qanday suvlar?
2.Artezian suvlari qanday chuquqrlikda uchraydi.
III. Yangi mavzu(Daryolar)ni bayoni (11 daqiqa)
Bunda o’qituvchi
tomonidan savollar berilib, javoblar izohlanib, yangi atamalarga slayd va rasmlar orqali izoh berib boriladi.
Daryoni ko’rganmisiz, daryo nima?
O’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. O’zan daryo vodiysining chuqur suv oqadigan qismi hisoblanadi. Daryolar doimo oqib turadi, ammo iqlimi quruq o’lkalarda yog’in kam vaqtlarda vaqtincha qurib qoluvchi daryolar mavjud. Daryoning sersuvligi kattaligi ularning irmoqlariga bog’liq.
Daryoning irmoqlari deganda nimani tushunasiz?
Irmoqlar daryoga yon tomondan quyiluvchi kichik daryolardir. Daryo irmog’I qanchalik ko’p bo’lsa daryo shunchalik kata va sersuv bo’ladi.
Bolalar, aytinglar-chi, daryolar qayerlardan boshlanadi?
Daryolar baland tog’lardab, ba’zilari esa tekislikdagi ko’llardan boshlanadi. Masalan, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolarimiz tog’lardan,
qor va muzliklardan boshlanadi, Volga daryosi esa tekislikdan boshlanadi. Daryo boshlanadigan qismi uning
manbai, quyiladigan qismi esa
mansabi deb ataladi,Bosh daryo o’zining barcha irmoqlari bilan birga
daryo sistemasini tashkil etadi. Yerga shimilishga ulgurmagan va bug’lanib ketmagan suvlar daryoga quyiladi. Barcha suvi bir daryoga oqib tushadigan quruqlik maydonidaryo havzasi deb ataladi. (Shu o’rinda O’rta Osiyo tabiiy xaritasidan
Sirdaryoning manbai, mansabi, irmoqlari va havzasi ko’rsatiladi.) Qo’shni daryolarning havzasini bir-biridan ajratib turuvchi chegara suvayirg’ich deb ataladi.suvayirg’ich tog’larning qirralarida, tekisliklarda balandroq joylariga to’g’ri keladi.
Barchamiz ommaviy axborot vositalari orqali ko’rsatiladigan ko’rsatuvlarni kuzatib boramiz, Amazonka daryosi haqida qanday ma’lumotga egasizlar?
Amazonka daryosi Janubiy Amerikada joylashgan, havzasi va sersuvligi jihatdan eng kata daryo, uning havzasi 7 mln kv.km.ni tashkil etadi, uzunligi esa 6400 km dir.(slayd)
Daryolar tekislik va tog’ daryolariga bo’linar ekan, ularning farqini bilamizmi?
Tog’ daryolari tekislik daryolariga
qaraganda tez oqadi, vodiysi chuqur bo’ladi.daryolar tog’larni yemirib, oqizib kelgan jinslarini tekislikka yoyadi va natijada cho’kindi jinslar hosil bo’ladi.Bu qonuniyatni birinchi bo’lib olimimiz Abu Rayhon Beruniy aniqlagan.
Sahrasharalar haqida ham bilamizmi?
Daryolar suvi baland joylardan otilib tushsa sharsharalar hosil bo’ladi. Eng balanda sharshara-Janubiy Amerikadagi Anxel sharsharasi, balandligi 1054 m. eng sersuv sharshara-Shimoliy Amerikadagi Niagara sharsharasi-balandligi 51 m, eng chiroyli sharshara Viktoriya sharsharasi, kengligi 120m.
Daryolar qanday to’yinishiga qarab ham turlicha bo’ladi. Masalan: Amudaryo va Zarafshon baland tog’lardagi muzliklardan to’yinadi, ular suvi yozda ko’payadi. Nega shunday deb o’ylaysiz?(javoblar izhlanadi) Sirdaryo aralash to’yinuvchi, ya’ni qor, muz , yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinuvchi daryodir.
Xulosa: Suvni iflos qilmasdan, tejab tergab foydalanish muqaddas burchimizdir.