Ushbu dars ishlanmasi 5-sinflarga mo’ljallangan, “Dars- muqaddas” tavsiyasiga asoslangan holda turli interfaol metodlardan foydalanilgan, Har bir bosqich slaydlar orqali mujassamlashtirilgan, Vaqt taqsimoti alohida inobatga olingan.Aniq maqsadlar belgilangan. O’quvchi tilida soda, tushunarli, keng mazmunli yozilgan.
Sana: 20.02.2018 yil
Sinf: 5-A (dars ishlanma 24 nafar o’quvchiga mo’ljallangan)
Fan: Tabiiy geografiya (boshlang’ich kursi)
Mavzu: Daryolar. Darsning maqsadi: Umumiy maqsad: Turli qiziqarli o’yin va savol –javoblar orqali o’quvchilar tomonida darsning to’liq o’zlashtirilishiga erishish.
a)Ta`limiy maqsad: O’quvchilarga o’zan, suvayirg’ich, manba, daryo havzasi, daryoning to’yinishi, sharshara haqida yangi bilimlar berib, daryolar mavzusiga oid ko’nikma va malakalarini shakllantirish.
b)Tarbiyaviy maqsad:Vatanimiz xaritasida aks etgan tabiiy ne’atlar haqida so’zlash asnosida Vatanparvarlik, suvdan oqilona foydalanish haqida tushuncha berish asnosida tejamkorlik va ekologik, bir-birini baholashga undash asnosida do’stga hurmat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirib, ma’naviy tarbiya berish:
c) Rivojlantiruvchi maqsad:tezkor savol-javob, turli o’yinlar o’tkazish asnosida o’quvchining fikrlash qobiliyatini, nutqi va dunyoqarashini rivojlantirish.
Dars tipi: yangi materialni o’rganuvchi dars (o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish va mustahkamlash darsi).