I umumiy qoidalar


Umumiy o‘rta ta’lim muassasa Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi



Yüklə 22,86 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü22,86 Kb.
#195207
1   2   3
SARDORLAR KENGASHI Nizomi .docx

3.2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasa Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasa Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida sinf sardorlarining barchasi ishtirok etadi.


Saylovda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida ma’lumotlar, “Sardor o‘zi kim va u qanday bo‘lishi kerak?” kabi mavzularda treninglar tashkil etiladi hamda sinf sardorlari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.
O‘quv-seminarlar yakunida sardorlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi. Muloqot jarayonida sardorlar o‘z yo‘nalishiga qarab, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sardorligiga nomzodini ilgari surishi lozim. Nomzodlar 2 daqiqa ichida “Agar men (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam?” mavzusidagi dasturini himoya qiladi.
Saylovda maktab sardorligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan sinf sardorlaring dasturlari tinglanadi. Yakunda ochiq ovoz berish yo‘li bilan tegishliligi bo‘yicha sardorlar saylanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylangan sardorlar bir vaqtning o‘zida ham sinf va maktab sardori bo‘la oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.


3.3. Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:

Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolarining barchasi ishtirok etadi.


Saylov umumiy o‘rta ta’lim muassasa Sardorlar Kengashi a’zolarining tuman (shahar) Forumi shaklida tashkil etiladi.
Guruhlar kesimida sardorlar uchun o‘quv-seminari tashkil etiladi. o‘quv-seminarlari
davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida ma’lumotlar, “Zamonaviy o‘quvchi - sardorlik imidji” kabi mavzularda trening tashkil etiladi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sardorlari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.
O‘quv-seminar yakunida sardorlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi. Muloqotda sardorlar tuman (shahar) sardorligiga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlami ilgari surishlari lozim bo‘ladi. Ilgari surilgan sardorlar 2 daqiqa ichida “Agar men (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam” mavzusidagi dasturini himoya qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolari faqat o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylanishi mumkin.
Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.



Yüklə 22,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin