I umumiy qoidalar



Yüklə 22,86 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü22,86 Kb.
#195207
  1   2   3
SARDORLAR KENGASHI Nizomi .docx


Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovlarini tashkil etish
NIZOMI


I.UMUMIY QOIDALAR

Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovlari (keyingi o‘rinlarda “Saylov” deb yuritiladi) o‘quv yilining boshi (sentabr-oktabr oyi)da o‘tkaziladi. Saylov belgilangan tartibda o‘quvchilarning liderlik qobiliyatini namoyon qilishga, omma oldida chiqishga o‘rgatish hamda notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan.




II. SAYLOVNING MAQSADI

O‘quvchilarning o‘zini erkin tutishi, tengdoshlaridan ajralib turishi, yoshlar tashkiloti nufuzini oshirish, notiqlik mahoratini takomillashtirish, o‘z ustida ishlashi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, loyiha tashabbuslarini keng ommaga, ayniqsa yoshlar orasida targ‘ib etish;


umumiy o‘rta ta’lim muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, Sardorlar Kengashi a’zolariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, Sardorlar Kengashi bilan o‘tkaziladigan tadbirlarning saviyasini oshirish, Sardorlar Kengashi faoliyatini tizimli nazorat qilish va boshqarish, yo‘nalishidan kelib chiqib darsda o‘quvchilarning faol bo‘lishga, dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan “Tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida ularni dars mashg‘ulotlariga qaytarishdan iborat.


III. SAYLOVNI TASHKIL ETISH TARTIBI

Saylovlar besh bosqichda tashkil etiladi:


birinchi bosqichda sinflarda sinf “Ittifoq” va “Kamalak” sardori;
ikkinchi bosqichda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolari;
uchinchi bosqichda tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari;
to‘rtinchi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashlari a’zolari;
beshinchi bosqichda Respublika Sardorlar Kengashi a’zolari saylanadi.


3.1. Sinf Sardorini saylash tartibi:

Sinf sardori saylovida (o‘tgan o‘quv yilida boshlang‘ich tashkilot faoliyatida faol bo‘lgan o‘quvchilar va ko‘ngillilar) ishtirok etadi.


Saylovlardan kamida bir hafta oldin sinf rahbari, maktab MMIBD o‘rinbosari, psixolog, oldingi o‘quv yilining sinf sardori hamda maktab Sardorlar Kengashi vakillaridan iborat komissiya tuziladi.
Ushbu komissiya saylov kuni va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Komissiya saylovlarda ishtirok etish istagidagi o‘quvchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining maqsad va vazifalari hamda sardorlaming yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha berishi lozim.
Наr bir nomzodga 2 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu vaqt davomida nomzod o‘z dasturi, sardorga yuklatilgan vazifalarni qaysi yo‘l bilan bajarishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Sinf sardori bir yil muddatga saylanadi.



Yüklə 22,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin