3.4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining barchasi ishtirok etadi.
Saylov tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining Forumi shaklida tashkil etiladi.
Sardorlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etiladi. O‘quv-seminarlari davomida tanishuv, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida ma’lumotlar, “Jamoada ishlash va pozitsiyalar barqarorligi” kabi mavzularda trening tashkil etiladi hamda tuman (shahar) sardorlari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.
Treningda faol ishtirok etgan ishtirokchilar murabbiy tomonidan saralab olinadi. Saralab olingan ishtirokchilar hududiy Sardorlar Kengashi a’zoligiga nomzod sifatida ko‘rsatiladi.
Hududiy Sardorlar Kengashi a’zoligiga nomzod sardorlar 2 daqiqa ichida “Agar men (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam?” mavzusidagi dasturini himoya qiladi.
Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari faqat o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Republikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylanishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.
3.5. Respublika Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:
Respublika Sardorlar Kengashi a’zolari Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolari uchun may oyida tashkil etiladigan “Kamalak” bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi an’anaviy anjumani doirasida saylanadi.
Respublika Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.
IV. YAKUNIY QOIDALAR
Agar sinf, maktab, tuman (shahar), hudud va Respublika sardorlar Kengashi a’zolari faoliyati davomida qoniqarsiz faoliyat yuritsa, komissiya tarkibining xulosasi bilan faoliyati to‘xtatiladi, bo‘shab qolgan sardorning o‘rniga qaytadan saylov tashkil etiladi.