5-sinf. Matn, uning mavzusi. Asosiy fikr ifoda etilgan gap. Matn turlari: tasvir, rivoya, muhokama. Sinonimlar - matndagi gaplarni bog’lovchi vosita (matniy sinonimlar). So’z takrorlari. Fe’l zamonlarining uyg’unligi. Matndagi parallel bog’lanishni ta’minlovchi vositalar. Matn va abzats.
6-sinf. Ketma-ket va parellel bog’lanish. So’z takrori predmetning aniq nomini ko’rsatishda, atoqli otlarni qo’llash yoki sinonimlari bo’lmagan holatlarda ketma-ket bog’lanish vositasi sifatida. Ketma-ket va parallel bog’lanishda olmoshdan foydalanish.
Eganing yashirinishi. Fe’l zamonlarining uyg’unligi - matndagi mantiqiy va grammatik bog’lanishni ta’minlovchi vosita.
7-sinf. Matnning boshlama va xulosa qismlarini shakllantirishda, parallel va ketma-ket bog’lanishda ravishdan foydalanish. Matndagi sodda gaplarni va matn qismlarini o’zaro bog’lashda bog’lovchilarning roli.
Ta’lim qardosh tilda olib boriladigan maktablarning 8-sinf “O’zbek tili” darsligi bilan ishlash jarayonida har bir matnni o’qib o’rganish yakunida uning tashkiliy qismlariga qisqa to’xtalib o’tish katta samara keltiradi. Masalan, “Toshbaqa bilan Chayon” matnining dastlabki ikki gapi o’zaro qanday bog’langanligini o’quvchilardan so’rash mumkin. “Bir toshbaqa bilan chayon do’st edilar. Ular bir kun safarga otlandilar”. O’quvchilar birinchi gapdagi toshbaqa va chayon so’zlari o’rniga ikkinchi gapda ular kishilik olmoshi qo’llangani, bu narsa so’z takroriga yo’l qo’ymaslik uchun qilinganini aytadilar.
Shuningdek, mazkur matndan uning tashkiliy qismlarini toptirish foydali. O’quvchilar birinchi gap (“Bir toshbaqa bilan chayon do’st edilar”) boshlama, oxirgi gap (“Shunday deb toshbaqa suvga sho’ng’idi, chayon esa suvga tushib, halok bo’ldi”) xulosa ekanligini aytadilar.
Matn asosida tashkil etiladigan bu kabi ishlarga ko’p vaqt ketmaydi, lekin ana shu qisqa fursat ichida o’quvchilar ko’p narsalarni xotiraga tushiradilar, bilmaganlarini bilib oladilar.
Grammatik vositalarni matndan topish, ularning vazifasini aniqlashga doir quyidagi mashqlarni bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1-mashq. Matnni o’qing. Gaplarni bog’lashga xizmat qiladigan so’zlarni topib, tagiga chizing.
2-mashq. Matnni o’qing. Har gapda takror ishlatiladigan so’zlarning tagiga chizing. Ularning o’rniga ma’nodosh yoki uyadoshlarini topib yozing.
Natijalar shuni ko’rsatadiki, har qanday o’quv matni nutq o’stirish vositasi sifatida xizmat qila oladi.
Xullas, matn tahlili o’quvchilarda o’z nutqiga singdirishi lozim bo’lgan leksik va grammatik materiallarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan tashqari, o’qilayotgan parchada aks ettirilgan ma’no- mazmunni (milliy qadriyatlar, milliy ma’naviyat, milliy g’oya), shu mazmunni to’liq tushunishga yordam beradigan lingvistik va ekstralingvistik omillarni o’zlashtirishga xizmat qiladi.
O’quvchilar nutqini o’stirish bo’yicha olib boriladigan ishlar so’z va so’z shakllari, grammatik vositalar talaffuzi va imlosini o’zlashtirishga, o’quvchilarning so’z boyligini oshirish va bu boylikni faollashtirishga, gap tuzish, matn yaratish malakasini rivojlantirihga qaratiladi.
O’quvchilarni shunchaki savollarga, shunda ham ijodiy savollarga tutib, javob olish, matn mazmunini qayta hikoya qildirish, shunda ham o’z so’zlari bilan so’zlatish orqali ularning faqat og’zaki nutqini o’stirish mumkin. Aslida ular ko’cha-ko’yda, mahallada shunday vaziyatga tushib turadilar. Lekin og’zaki nutqning o’sishiga juda katta ta’sir ko’rsata oladigan yozma nutqqa e’tibor alohida bo’lishi kerak. O’quvchilar yozuvda son-sanoqsiz imloviy xatolarga, sheva ta’sirida yuzaga keladigan kamchiliklarga yo’l qo’yar ekanlar, og’zaki nutkda talaffuzdagi noaniqliklar ham kamaymaydi. Yozma nutqning asosiy unsuri (elementi) - xatosiz yozish, fikrni savodli bayon etish. Yozma nutkda o’ylab ish tutish imkoniyatlari borki, shu orqali o’zbek tilining qonun-qonuniyatlariga amal qilishga odatlanish sodir bo’ladi.
Manbalarda bildirilgan fikr-mulohazalarga ko’ra matn asosida olib boriladigan ishlar quyidagi kabi yo’nalishlar kasb etadi:
-talaffuz ustidagi ishlar;
-so’z boyligini oshirishga qaratilgan ishlar;
-qo’shimchalar talaffuzi va imlosiga doir ishlar;
-matn qurilishini o’rganishga doir ishlar.
Shu o’rinda muayyan matn asosida uning ustida ishlashga doir ayrim tahlillarni berishga harakat qilamiz. “Soy suvi haqida ertak” matni.
Matn dastlab o’qilgandan so’ng undagi notanish so’zlar aniklanishi: o’quvchilar o’zlari tushunmagan so’zlarni so’raydilar; o’qituvchi matndagi biror so’zni aytadi, o’quvchilar uni ona tiliga tarjima qiladilar. (Bu so’zlar, ularning tarjimalari o’quvchilarning daftarlariga aytib turib yozdiriladi. Yoki ko’chma doskaga taxminiy yozib qo’yiladi. Imkoniyatga qarab proektordan foydalanish yaxshi natija beradi.)
Shundan keyin o’quvchilarning unli va undosh tovushlar haqidagi bilimlari xotiraga tushiriladi. Bu bilimlar matndagi so’zlarni bo’g’inlab o’qishni tashkil etish uchun kerak.
Unli tovushlar doskaga yozib qo’yiladi: a, o, i, e, u, o'.
O’quvchilarga so’zda nechta unli bo’lsa, bo’g’inlar ham shuncha bo’lishi eslatilib, unlilari aniqlatilib, nechta bo’g’indan iborat ekanligi aniqlangach, matnni birgalikda bo’g’inlab o’qish mashqi o’tkaziladi. Buning ahamiyati shundaki, so’zlarni bo’g’inlarga to’g’ri ajratib o’qish o’quvchilarni ravon o’qish, ravon gapirishga tayyorlaydi.
Matn bir o’quvchiga o’qitilgandan so’ng mazmuni yuzasidan savol- javob o’tkaziladi. O’quvchilardan biri matn mazmunini o’z so’zlari bilan so’zlab beradi. Bunda talaffuziga e’tibor beriladi.
Endi ilgari o’rganilgan grammatik vositalarni o’quvchilar xotirasida tiklash ustidagi ishlarga o’tiladi.
So’zning unli yoki undosh tovush bilan tugaganiga qarab ikki xil bo’ladi:
Unli tovush bilan tugagan so'zlarga qo'shlganda qo'shimcha undosh tovush bilan boshlanadi yoki undosh tovushdan iborat bo'ladi.
Undosh tovush bilan tugagan so'zlarda qo'shlganda qo'shimcha unli tovush bilan boshlanadi yoki unli tovushdan iborat bo'ladi.
-b (tinglab)
-ib (turib)
-y (so'rayman, so'raydi)
-a (turaman, turadi)
-bdi (so'rabdi)
-ibdi (ko'ribdi)
-r (o'ynar)
-ar (gapirar)
-r edi (o'qir edi)
-ar edi (yozar edi)
-rdi (o'qirdi)
-ardi (yozardi)
-sh (tanlash)
-ish (tikish)
-in (xonara)
-ini (maktabim)
-ng (xonang, sanang)
-ing (boshing, kiring)
-si (xonasi)
-i (boshi)
-ngiz (xonangiz, sanangiz)
-ingiz (boshingiz, kiringiz)
-nglar (sananglar)
-i nglar (kiringlar)
-y (men tanlay)
-ay (men boray)
-ylik (biz tanlaylik)
-aylik (biz boraylik)
-1 (taralmoq)
-il (yozilmoq)
-n (tashilmoq
-in (olinmoq)
-ydigan (o'qiydigan)
-adigan (yozadigan)
Mashq bajariladi. Shu maqsadda o’quvchilarga matn o’qitilib, so’zga o’zgarishsiz qo’shilgan qo’shimchalar aniqlatiladi. Masalan, “Suhbat” matnidan zamonda - da, boyning - ning kabi so’zlar ajratiladi.
Nihoyat, dars oxirida 5 daqiqa ajratilib, o’quvchilar bilan matn mazmuni yuzasidan muammoli savollarga javoblar olinadi. Qo’shimcha ravishda matndagi ayrim gaplar o’zaro qanday bog’langani aniklatiladi.
Uyga vazifa: Undosh tovush bilan tugagan so’zlarda qo’shilgani uchun qo’shimcha unli tovush bilan boshlangan yoki unli tovushdan iborat bo’lgan qo’shimchali so’zlarni aniqlash va daftarga yozish. Masalan: kel-ib, oq-ar ekan va b.
Bundan tashqari yana bir matn asosida ishlash namunasini keltirib o’tamiz.
1. Bu darsda o’quvchilarga matn o’qitiladi va mazmuni asosida og’zaki rasm chizish taklif etiladi. Bunda tog’ etagining daraxtlar kesilmasidan oldin va daraxtlar kesib yuborilgandan keyingi ko’rinishini tasvirlash lozim. Bu ish nutq o’stirish, tevarak-atrofni yaxshiroq bilishdan tashqari, ekologik tarbiya nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir.
Shundan so’ng ayrim so’zlarning sinonim, antonim va omonimlarini aniqlash, “g” undosh tovushi bilan boshlanuvchi qo’shimchali so’zlarni topish kabi ishlar bajariladi.
Matn mazmunini o’z so’zlari bilan, shuningdek, matndagi ayrim yangi so’zlardan foydalangan holda qayta hikoya qilish mashqi o’tkaziladi. Bunda “Hamma hammaga o’rgatadi” interfaol usulidan ijodiy foydalanish ham samara beradi. (Ikki o’quvchi matn mazmunini qiziqarli kitob haqida so’zlaganday qilib bir-biriga gapirib beradi.)
Lug’at diktat o’tkaziladi. O’kuvchilar aytilayotgan so’zlarni bo’g’inlarga ajratib, o’zgarishsiz (yoki o’zgarish bilan) yo’ziladigan qo’shimchalarning tagiga chiziq chizib yozadilar.
Topshiriq. Matndan keltirilgan parchani nuqtalar o’rniga zarur qo’shimcha qo’shib o’qing. (Kompyuterda animatsiya holatida berish ham mumkin.) Masalan:
Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim zamon... bir dehqon bo'l... ekan. U boy... zulmi... qoch..., bola-chaqa... bilan log'... etagi... kel... joylash... . Tog us(... daraxtzor ekan, yoni... soy... esa sharqira... suv oq... ekan. Dehqon darrov to'rt tanobcha yer... hayda..., soy... suv ol... sug'or..., ekin ek.... Keyin esa tog'... daraxtlar... kes... uy qur... . Hovli tevaragi... chetan devor bilan o'ra... ol... . Daraxtlar... ancha-munchasi... bozor... pulla....
Uyga vazifa: 1. Matndan bir bo’g’inli so’zlarni topib ko’chirish. 2. - b yoki -ib qo’shimchasini qabul qilgan so’zlarni aniqlash.
Keyingi dars grammatik topshiriqli lug’at diktantdan boshlanadi. O’quvchilar so’zlarga “g” bilan boshlanuvchi qo’shimchalardan birini (-gan, -gani yoki -gach; -ga, -gacha, -gina) qo’shib yozadilar. Navbatdagi dars esa kichik bayondan boshlanadi.
Xulosa
Matn nutqning yirik ko’rinishi bo’lib, vazifasi jihatdan tugal nutqiy butunlik sanaladi. Matning murakkabligi va hajmi, kommunikativ vazifasi, muayyan janr talablariga mosligi va matn qismlarining xarakteri singari masalalar keyingi 20-30 yildan buyon o’zbek tilshunoslarining ham diqqat e’tiborida bo’lib kelmoqda.
O’quvchilar mashq ia topshiriqlarni bajarishda mustaqil qaror qabul qilish vaziyatiga tez-tez tushib turadilar, bu holat ularni mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishda katta yordam beradi.
O’zbek tili darslarini har tomonlama to’g’ri, ijodiy tashkil etishda mashq va topshiriqlarni o’quvchilar uchun tushunarli tarzda bayon etish, bunda o’quvchilar ona tili darslarida o’rgangan tushunchalarni ifodalovchi terminlardan foydalanish onglilikni ta’minlaydi, vazifaning kutilganidek bajarilishiga erishish imkonini beradi.
Har qanday matn fikrlar yig‘indisi bo‘lib, o‘zaro uzviy bog‘langan mulohazalarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Matnning chegarasini uni yaratuvchi (ya’ni yozuvchi, bayon qiluvchi) belgilaydi.
Matn o’z oldiga qo‘ygan amaliy maqsadiga ko’ra turlarga bo‘linadi. Masalan, yozma va og'zaki matnlar. Ular o‘z navbatida yana turlarga ajratiladi. Og’zaki matnlarga dialog matnlar (suhbatlar), folklor, ovozalar (mish-mishlar) kiradi. Matnning turlari to‘g‘risida quyiroqda batafsil to‘xtalamiz.
Matn deb atalmish til birligi ifoda qobig‘i, mazmuni (semantikasi) va grammatikasiga ajratiladi.
Ifoda qobigi deganda, matnlaming tovushlardan tashkil topgan bo’lishi (yozma matnda bu harflar yordamida ifoda qilinadi, og‘zaki matnda esa bu eshitish organlari orqali qabul qilinadigan tovush to‘lqinlaridir) va ma’lum melodik ohang tuzilishi tushuniladi.
Matnning mazmuni deganda, har qanday matn asosida yotgan axborot tushuniladi. Matnning nazarda tutilgan bu ikki tomoni bir- biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisini doimo taqozo qiladi, ulami bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Matn tovushlaming tanlanishi, tovushlarning miqdor ko‘rsatkichi, musiqaviy ifodasi, matnning ma’nosi bilan belgilanadi.
Tilning eng yirik birligi boimish matnda, tabiiy ravishda uning boshqa birliklari ma’no talabiga ko‘ra ketma-ketlik tamoyili asosida namoyon boiadi. Bu birliklar fonetik, grammatik va semantik distributsiya qoidalariga ko‘ra bir-biri bilan bogianadi. So’zlar, so‘z birikmalari va gaplarning tuzilishi yuqorida ko‘rib chiqilgan. Bu yerda bizni matnni tashkil etuvchi birliklarning, ya’ni gaplarning bir-biri bilan bog’lanadigan vositalarini aniqlash matnning grammatikasi qiziqtiradi.
Matn tarkibiy qismlarining o’zaro sintaktik bog’lanishi, asosan, quyidagi vositalar orqali ro’y beradi: 1. leksik takror. 2. Sinonimik munosabat. 3. Olmoshlar. 4. Kirish so’z va birikmalar. 5. Bog’lovchilar.
Matn bilan bog’liq ravishda amalga oshiriladigan, o’zbekcha so’zlarni boshqa tilga qiyoslash asosida bajariladigan quyidagi lug’at ishlarini (leksik mashqlarni) ajratish va ulardan foydalanish mumkin: