Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Inshonning yana bir muhim turi muhokama insholardir



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə58/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

Inshonning yana bir muhim turi muhokama insholardir. Inshonning bu turi bolalardan qiyoslash, ma`lum bir voqea-hodisaga baho berish, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish, o‘zining haqligini isbotlash kabilarni talab etadi.
Muhokama insho induktiv yoki deduktik usulda qurilgan bo‘lishi mumkin. Induktiv usulda qurilgan insholarda avval ilgari surilayotgan fikrni asoslashga xizmat qiladigan dalillar, isbotlar keltirib, so‘ngra umumiy xulosa chiqariladi. Deduktiv usulda esa xulosadan dalil va asoslar keltirishga o‘tiladi.
Tavsifiy insholar ham muhokama inshoning bir ko‘rinishidir. Tavsifiy insholar o‘quvchidan o‘qigan badiiy asar, ko‘rilgan kinofilm qahramonlari haqida shaxsiy fikr-mulohazasini bayon etishni talab etadi.
Muhokama inshoning yana bir turi munozara insholardir. Bunday insholarning mavzusi ham munozara shaklida bo‘ladi. masalan, “Dilkash (Dilmurod, Niginav.h.) haqmi?”, “Oybek (Sohib, Olim v.h.) haqiqiy do‘stmi?”, kabi mavzularda yozilgan shunday insholar bo‘lib, o‘quvchi qo‘yilgan munozarali savolga shaxsiy munosabatni bildiradi va o‘z nuqtai nazarini asoslashga intiladi.
O‘qituvchi insho mavzusini sinf o‘quvchilarining hayotidan, ro‘znoma va oynomalardan e`lon qilingan munozarali maqola va xabarlardan tanlashi mumkin.
Shunday qilib, insho o‘quvchining ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarashi, adabiy til me`yorlarini nutqiy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlarini belgilovchi, asosiy tarozi toshidir.
Nazorat savollari:

  1. O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?

  2. O‘quvchilarning og‘zaki, yozma va bog‘lanishli nutqin o‘stirishda nimalarga e’tibor berish kerak?

  3. Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri nima?

  4. Ona tili mashg`ulotlarida matn bilan ishlash metodikasiga ta’rif bering.

  5. O’quvchilarning yozma nutqini oshirishda inshoning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?



Foydalanilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin