Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Temir asri xronologiyasi muammolari va davrlashtirish masalalari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə34/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Temir asri xronologiyasi muammolari va davrlashtirish masalalari. O'tgan asrning 50-yillarida Murgob vohasida yodgorliklarni o'rgangan arxeolog olim V.M.Masson Yazdepeda amalga oshirilgan qazishma ishlarining natijalariga asoslanib, yodgorlik taraqqiyotining quyidagi xronologik ketma-ketligini ishlab chiqilgan:
1) Yaz 1 - 900-650 yillar,
2) Yaz 2- 650-500 yillar,
3) Yaz 3-500-350 yillar.
Bu uzoq yillar O'rta Osiyoning sinxron yodgorliklari uchun andoza bo'lib xizmat qildi. 70-80- yillarda Baqtriya va Sogd hududlarida tadqiqot ishlarini olib borgan A.S.Sagdullayev (Qiziltepa, Sangirtepa), R.H.Suleymanov (Еrqo'rgon), E.V.Rtveladze (Bandixon 2) keyinchalik O.N.Lushpenko (Sangirtepa), M.H.Isamiddinov (Afrosiyob, Ko'ktepa) lar V.M.Masson xronologik andozasi asosida ularni mil.avv. 1000-350 yillar doirasida belgilashgan. V.I.Sarianidi esa Tillatepa yodgorligini 300 yilga qadimiylashtiradi (Tilla I mil.avv. 1300-1000 yilliklar). Shuningdek, Chust madaniyatiga oid yodgorliklarning naqshli sopollar va er to'la uy-joy imoratlar joylashgan dastlabki madaniy qatlamini Yu.A.Zadneprovskiy so'nggi bronza davri bilan belgilagan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, o'tgan asrning oxirlaridan boshlab mazkur davrga oid joylardagi arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan radiokarbon tekshiruvlari natijalari asosida Yaz 1 qatlamini 400 yilga qadimiylashtirishgan. Bunday holatda Yaz 1 mil.avv. XIV asrga togri keladi. So'nggi bronza va ilk temir davrlari xronologiyasi bilan bogliq masalalar o'z echimini to'laligicha topmagan. Bu bevosita kelajakda hal etilishi mumkin bo'lgan muhim masalalardan biri sanaladi.
Umuman, ilk temir davrining boshlarida O'rta Osiyo hududida yashagan qadimgi dehqon, dehqon-charvodor va chorvador qabilalari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o'zgarishlar sodir bo'ladi. Otroq dehqonchilik vohalarida sugorish tizimi yanada takomillashib, dehqonlar tomonidan yangi erlar o'zlashtirildi. Manzilgohlarning soni ortib, ularning maydoni kengayadi, hamda ichki strukturasi murakkablashib, Yaz 2 davrida qadimgi shahar markazlari shakllanib, ular hududiy davlatlar (podsholiklar) larning iqtisodiy, madaniy va ma'muriy markazlari sifatida rivojlanadi.
Bu davrga kelib alohida otroq dehqonchilik o'lkalari ajraladi. O'rta Osiyoning dehqonchilik vohalaridagi atroflarida, hamda uning shimoliy va sharqiy hududlarida xojalikning muhim shakli-ko'chmanchi chorvachilik paydo bo'ldi. Ko'chmanchi-chorvador qabilalarining moddiy madaniyatidan darak beruvchi makonlar Orolbo'yi, Sirdaryoning quyi oqimi, Janubiy Tojikiston hududlaridan topib o'rganilgan. Ular otroq dehqonchilik aholisi bilan doimiy aloqada bo'lganlar.
O'rta Osiyoning bu davrdagi tarixiy-madaniy viloyatlari va ularning chegaralari, ilk davlat birlashmalari, aholining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, diniy qarashlari bilan bogliq bo'lgan qisqacha ma'lumotlar “Avesto”, ahamoniylarning mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilarning asarlarida o'z aksini topgan.
Zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”da O'rta Osiyodagi qadimgi davlat birlashmalari, tarixiy viloyatlar: Ariyonam Vayjo yoki Arieyshayona, Mouru, Suguda, Bahdi, Hvarizam hamda qadimgi ko'chmanchi chovador qabilalari turlar haqidagi qisqacha ma'lumotlar mavjud.
Qadimgi fors yozuvlarida ushbu viloyatlar Margush, Suguda, Baqtrish, Xvarazmish, Parsava hamda yunon-rim mualliflarining asarlarida esa Margiyona, Sogdiyona, Baqtriyona, Xorasmiya, Parfiyona nomlari bilan tilga olinadi. Fors yozuvlarida O'rta Osiyoning shimolida yashovchi ko'chmanchi chorvador qabilalari saklar, yunon tarixchilarining asarlarida skiflar va massagetlar deb atalgan. Shimoli-shaqiy hududdagi dehqonchilik vohalari: Ustrushona, Choch va Fargona vodiysi togrisida ma'lumotlar keyingi davrlarga oid Xitoy manbalarda uchraydi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin