Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə54/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Shimoliy Toxariston. Toxariston antik davri Baqtriyasi chegarasi doirasidagi shimoliy va janubiy qismlardan tashkil topgan yirik tarixiy-madaniy o'lka. Toxariston togrisidagi dastlabki xabar 383 yilga oid Xitoy manbalarida Tuhola deb tilga olinadi. Uning hududi Baqtriya hududi doirasida bo'lgan. Manbalarda keltirilishicha Toxariston 27 viloyatdan tashkil topgan bo'lib ulardan 8 tasi Shimoliy Toxaristonda joylashgan. Shimoliy Toxariston hududida ilk o'rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlarga ega bo'lgan 250 dan ortiq barcha turdagi arxeologik yodgorliklar aniqlanib, ularning ayrimlari yaxshi o'rganilgan. Nisbatan yaxshi o'rganilgan yodgorliklar kohna shaharlar bo'lib, ulardan Eski Termiz, Budrach-Chaganiyon, O'zbekontepa, Xosiyattepa, Kofirqal'a va boshqalardan iborat 30 ga yaqin shahar turidagi manzilgohlar qayd qilingan. Bundan tashqari qala-qorgonlar, qasrlar, uy-qorgonlar, muhofazasiz katta-kichik qishloqlar va ibodatxonalar.
Shimoliy Toxariston hududidagi shaharlardan Termiz qadimdan turli yozma manbalarda Tarmita, Tami, Drmat, Tirmiz nomlari bilan tilga olingan shaharning o'rta asrlar davri o'rni hozirgi shaharning harbiy qismida antik davri o'rnida 10 ga. maydondagi sun'iy tepalikda saqlangan. Xitoy manbalarida shaharning 20 li (8-10 km.) mudofaa devorlari va 10 ta buddaviylik ibodatxonasi togrisida ma'lumot keltirilgan.
Termiz. Shaharning nisbatan keyingi davr holati togrisida Istaxriy, Muqaddasiy va boshqalar mualliflarning asarlari ma'lumotlarida qayd qilinadi. Ularda ko'handiz, madina va rabod qismlari togrisida ma'lumotlar mavjud. Tadqiqot ishlari natijasida belgilangan 35 gektardan iborat birinchi hudud madina, 175-180 gektardan iborat ikkinchi hudud esa rabod qismlarini tashkil etgan. Bu erda bozor va turli hunarmandchilik mahallalari joylashganligi keltirib o'tilgan. Arxeologik qazishmalar jarayonida mazkur qismida kulollar, shishasozlar va temirchilarning ustaxonalari aniqlanib o'rganilgan. Har ikkala hududda ilk o'rta asr oxirlarida o'zlashtirilib, hunarmandchilik ustaxonalari faoliyat yurita boshlagan bo'lishi mumkin.
Surxon vohasining ikkinchi yirik shahri Chaganiyon xitoylik budda ziyoratchisi Syuan Czyan (630 yillar) ma'lumotlarida “Chi-go-yen-na” nomi bilan tilga olinib, uning aylanasi 10 li. (4-5 km.) va unda 5 ta budda monastri togrisida ma'lumot keltiriladi. Afrosiyob xarobalarida VII asrning oxirlariga oid devoriy suratlarda tasvirlangan elchilar orasida choganiyonlik vakil ham bo'lgan. Shimoliy Toxaristonning yirik viloyati Chaganiyon hozirgi Denov shahridan 6 km. janubiy-sharqda Qizilsuvning Surxondaryoga quyilish joyida Kohna Budrach o'rnida bo'lgan. Bu erda joylashgan Oqmozortepa ark, Dunyotepa esa shahriston qismlarini tashkil etgan. Ark qismida kushonlar davridayoq 20 ga. maydonda shahar shakllanadi. Ilk o'rta asrlar davrida shahriston maydoni o'sib, 50 ga. joy mudofaa devori va xandak barpo etiladi. Yodgorlikning ark qismidagi aniqlangan me'moriy inshootlar ilk o'rta asrlar davri Chagoniyon hukmdorlarining saroyi bo'lgan.
Shimoliy Toxaristonning mulkligining markazi bo'lgan Kattatepa (Xosiyattepa (may. 20 ga.) yodgorligi ham arxeologik jihatdan o'rganilgan. Manzilgoh ikki qismdan iborat bo'lib, muhofaza devoriga ega bo'lgan. Devorlar yarim aylana va togri to'rtburchak burjlar jangavor shinaklar bilan kuchaytirilgan. Ark qismida mahalliy hukmdorlar ibodatxonasi va dafinasi joylashgan. Manzilgoh tadqiqotchilar tomonidan keyingi davr arab manbalarida qayd qilingan Kuftan mulkliligining markazi Hushvara shahri bilan qiyoslangan.
Shimoliy Toxaristonning Tojikiston qismida shahar shakliga ega bo'lgan manzilgohlardan Vaxsh vohasi ma'muriy markazi bo'lgan Kofirqal'a (may. 13 ga. yaqin) manzilgohi antik davrida shakllangan. Kvadrat shaklga ega bo'lgan manzilgoh devori, xandak, proteyxizm, minora va shinaklardan tashkil topgan muhofaza tizimiga ega bo'lib, asosiy ko'cha shaharni ikkiga bo'lib turgan. Shahar atrofida aholi turar joylari va ishlab chiqarish inshootlaridan tashkil topgan.
Shimoliy Toxaristonning boshqa bir yodgorliklaridan Bolaliktepa, Kuyovqorgon, Yumaloqtepa kabi manzilgohlari ilk o'rta asrlar davri davlatmand er egalarining ko'shk va qasrlari ham arxeogik jihatdan yaxshi o'rganilgan bo'lib, ular o'z davri me'moriy-rejaviy echimiga mos holda barpo etilib, muhtasham qabulxona va mehmonxonalar ajralib turadi. Mahobatli xonalar odatda dunyoviy mazmundagi rang-tasvirlar, haykalchalar, yogoch va ganch o'ymakorlik bezaklari bilan bezatilgan.
O'lka aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan kun kechirishgan. Shahar markazlarida kulolchilik, shishasozlik, temirchilik yaxshi rivojlangan. Xitoy yozma manba ma'lumotlarida xitoyliklar shisha tayyorlashni toxaristonliklardan o'rganishganligi ta'kidlanadi. Bu davrga tegishli ko'k va havo rangdagi kichik shisha buyumlari (flakonlar) va qisman xojalik buyumlari Bolaliktepa va Munchoqtepa (Tojikiston) yodgorliklaridan topib o'rganilgan. VIII asrning oxirlaridan boshlab shishasozlik O'rta Osiyoning boshqa hududlariga ham keng tarqala boshlaydi.
Ilk o'rta asrning dastlabki bosqichdagi sopollari antik davridagi nafis shakli va yuqori sifatini saqlab qolish bilan birgalikda ular mukammalashadi. Sopollar sirtida o'yma, bosma va yopishtira naqshlar tushiriladi. Bu davrda shuningdek, shimoliy o'lkalarnikiga oxshash qo'sh baldoqli sopollar tarqaladi. Keyingi bosqichda qolda ishlanganlar soni nisbatan kopayib, shakli o'zgaradi. VII-VIII asrlar davrida yanada nafis va sifatli sopollar ishlanib sirtiga naqshlar beriladi. Bu davrda Boysun va Kohitang toglaridagi ma'dan konlarini o'zlashtirishning boshlanishi metallarga ishlov berish hunarmandchilik sohalarining yanada taraqqiy etishiga olib keladi.
Shimoliy Toxaristonning diniy qarashlarida buddaviylik dini saqlanib qoladi. Syuan Szyan ma'lumotlarida Termiz va Chaganyon shaharlaridagi bir necha budda ibodatxonalari togrisida ma'lumot keltirgan. Eski Termizdagi antik davri buddaviylik ibodatxonalari faoliyat yuritgan. Ilk o'rta asrlar davri diniy me'moriy-qurilish xususiyatlar o'lkaning Tojikiston qismida joylashgan Kofirqal'a va Ajinatepa ibodatxonalarida o'z aksini topgan. Old tomonida ayvonga tutashgan markaziy xonaning uchta tomonida aylanasi bo'ylab yo'laklar bilan tutashgan. Ibodatxona devorlari rang-tasvir bezaklari bilan bezatilib, budda haykallari va haykalchalari bilan bezatilgan. O'lkaning boshqa bir yodgorligi Ajinatepadan ilk o'rta asrlarga oid buddaviylik ibodatxonasi (100x50 m.) o'rganilgan. Bu inshoot ilk o'rta asrga oid monastr bo'lib, kvadrat shaklldagi ikkita yonma-yon joylashgan hovli majmuasidan tashkil etgan. Imorat aylanma yo'lakcha, asosiy zal, toat-ibodat va yashash xonalaridan tarkib topgan. Ulardan birining hovlisida stupa va yo'lakchalaridan birida esa 12 m. balandlikdagi budda haykali aniqlangan. Monastr ichkarisidagi xonalar devorini rang-tasvir namunalari va haykalchalar bezab turgan.
Shimoliy Toxaristonning Bolaliktepa, Hayrobodtepa kabi yodgorliklaridan doimiy muqaddas olov yonib turgan yirik sopol idishlar ham topilgan. O'lkada zardushtiylik siginish odati o'z mavqeini yoqotmaganidan darak beradi.
Shimoliy Toxariston ilk o'rta asrlar davri madaniyati namunalari dunyoviy mazmunga ega bo'lgan haykaltaroshlik va devoriy rang-tasvir san'ati namunalarida o'z aksini topgan. Haykalchalar namunalari V-VIII asrlarga oid Kuyovqorgon ko'shkini o'rganish jarayonida aniqlangan. Haykalchalar loydan yasalib, ustidan mayin loy va ganch yuritilib, ustidan turli rangda bo'yalgan. Ular tashqi qiyofasiga ko'ra bir-biriga o'xshamaydi. Bu davr haykaltoroshligi antik davri san'atining davomi sifatida rivojlanib, o'zida so'nggi gandhara va sosoniylar madaniyati an'analari sezilib turadi.
San'at namunalaridan boshqa bir turi bo'lgan rang-tasvir namunalari Bolaliktepa va Tavka yodgorliklarida o'rganilgan. Bolaliktepa devoriy suratlari nufuzli oilaning bazm marimlari aks ettirilgan. Undagi kishilar o'tirgan va tik turgan holatda, o'tirganlar qolida qadah ushlagan holda tasvirlangan. Ularning orqasida esa xizmatkorlar tasviri tushirilgan. Xonaning boshqa bir davordagi suratlarda hovli egasining oila a'zolari, boshqa bir suratda esa may ichishlik qilayotgan erkak-ayollar tasviridan iborat. Tavka yodgorligi tasviriy san'at namunalari ov jarayoning aks ettirilishi bilan bogliq. Unda yugirib borayotgan suvoriylar va ularning ohu va quyonlarni ov qilish paytidagi manzarasi berilgan.
Xorazm. Xorazmning ilk o'rta asrlar (IV-VII) davri afrigiylar sulolasi hukmronlik qilgan davrga togri keladi. Bu darga oid mavjud arxeologik yodgorliklarning ko'pchilik qismini, qishloqlar va kam sonli shahar turidagi yodgorliklar tashkil etadi. Xorazm ilk o'rta asrlarning boshlarida ma'lum inqiroz davrini boshidan kechiradi. Yirik kanallar sugoradigan kichik sugorma dehqonchilik mikrovohalari suvsizlanishi natijasida o'zlashtirish susayib ayrim hollarda bo'shab qoladi. Antik davri Oqchahonqala, Tuproqqala, Xiva va kabi yirik shahar markazlarida hayot sustlashib, ayrim hollarda tashlandiq holga kelib qoladi. Bu davrdagi shaharlaridan Tuproqqala antik davri o'rnida faoliyat yuritadi. IV-V asrlar Ayoqalaga yaqin joyda hayot jonlanib, 25 ga. hududda shaharcha vujudga kelgan. Boshqa shaharlarda ham ma'lum tushkunlikni boshidan kechirgan holda hayot davom etadi.
VI-VIII asrlar davri shaharlari togrisida etarli ma'lumotlar mavjud emas. Eski shaharlarda (Hozorasp, Hiva va boshqalar) hayot davom etadi. Nisbatan aniq ma'lumotlar so'nggi davr yozma manba ma'lumotlarida keltirilgan. O'rta asr mualliflari (Tabariy, Belazuriy va Ibn al Asama) manbalarida keltirilgan ma'lumotlarda Xorazmning bu davrdagi poytaxti shahri VII-VIII asrlarda Qiyot (Al-Fir) uch qismdan iborat bo'lgan. Ular zichlangan tuproqdan barpo etilgan umumiy mahofaza devoriga ega bo'lgan.
Xorazm shaharlaridan Hazoraspning mustahkam mudofaasi togrisidagi yozma manba ma'lumotlari arxeologik jihatdan o'z tasdigini topgan. Shaharning keyingi davr muntazam o'zlashtirishlari ilk o'rta asrlar davri manzarasini toliq tiklash imkoniyatini bermaydi. Keyingi yozma manba ma'lumotlari va kam miqdordagi arxeologik ma'lumotlar Hazorasp Xorazmning ilk o'rta asrlar davri yirik ishlab chiqarish va madaniyat markazi bo'lgani ko'rsatadi.
Xorazmning bu davrdagi yirik shahar markazlari sirasiga Mizdahkan manzilgohini kiritish mumkin. Hududi ancha katta bo'lgan yodgorlikda arxeologik qazishmalar amalga oshirilmagan.
Yangi paydo bo'lgan Berkutqala nisbatan yirik (6 ga. dan ortiq) shaharlardan biri bo'lib, mudofaa devorlari bilan muhofazalangan ikki qismni tashkil etgan. Ma'muriy binolardan joylashgan ark sun'iy barpo etilgan baland sahni ustida joylashgan. Bu erda baland minorasimon usulda barpo etilgan inshoot donjon bo'lgan. Shahriston qismida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalarda aholi uy-joy imoratlarining o'rni aniqlangan. Arxeologik qazishma natijalari bu yodgorlik Xorazm davlatining VI-VII asrlar davri madaniy-iqtisodiy markazlaridan biri sifatidada faoliyat yuritganidan xabar beradi.
Boshqa turdagi arxeologik yodgorliklardan dehqon jamoasi qishloqlari soni ustunlik qilib, ularning ko'pchilligini mustahkam muhofaza etilgan dehqonlar uy-qorgonlari va qasrlari tashkil etgan.
IV-V asrlar davri jamiyatidagi inqiroz holati bevosita moddiy madaniyatning rivojlanish darajasiga ham o'zining ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Xorazmning bu davri sopol buyumlari arxaik davri usulida qolda yasala boshlaydi. Sopol buyumlarning loyiga xos-xashak, shamot va qum qoshiladi. Sopollarni pardozlash va qizil rangdagi angoblar bilan qoplash an'anasi yoqolib, ko'kish-kul rangdagilari usunlik qila boshlaydi. Bu davrda Sugd va Sirdaryoning o'rta oqimi hududlari kulolchiligi bilan oxshashliklar seziladi.
VI asrdan boshlab sopol buyumlarning sifati yaxshilanib borada, kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlari miqdori ko'paya boradi. Bu davrda qolda tovoqlar, qozonlar, yirik laganlar va xumlar qolda yasalgan. Kulolchilik charxida bir bandli, ko'p hollarda tor bogizlil kozalar va kosalar yasalgan. Ayrim sopol buyumlarida togri yoki tolqinsimon o'yma naqshlar solingan.
Xorazmliklarning goyaviy hayotida antik davri zardushtiylik diniy e'tigodlari saqlanib qoladi. Dastlabki davr ostadonlari antik davridagi xilma-xillikni saqlab qolgan. VI asrdan boshlab ostodonlari ma'lum andozaga qat'iy amal qilinib, to'rtburchak shakliga keltiriladi. Ostadonlar asosan loydan, qisman tosh va alebastrdan ishlangan. Ostodonlar sirtiga marhum ismi-sharifi va uning ruhiga yaxshi tilaklar bitilgan. Ayrim ostodonlarning sirtiga marhumga aza tutish odatlar bilan bogliq bo'rtma tasvirlar solingan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin