Choch va Iloq. Toshkentning har ikkala vohasi (Chirchiq, Ohangaron) ning barcha hududlari toliq o'zlashtiriladi. Arxeologik jihatdan Qovunchi III (IV-VI asrlar) va Mingo'rik (VI-VIII asrlar) bosqichlaridan tashkil topgan. Vohada ilk o'rta asrlar davriga oid yoki mazkur davr madaniy qatlami mavjud bo'lgan shaharlar, shaharchalar va boshqa turdagi dehqonchilik qishloqlaridan iborat 300 dan ortiq barcha turdagi arxeologik yodgorliklar aniqlangan. Yu.F.Buryakovning fikriga ko'ra ulardan 32 tasi shahar shaklidagi manzilgoh hisoblanadi. Bundan tashqari tog-kon manzillari va mozor-qorgonlardan tashkil topgan yuzlab yodgorliklar ham qayd etilgan.
Ulardan shahar turidagi manzilgohlar arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o'rganilgan. Bu darda vohada antik davri shaharlari faoliyati davom etib, yanada rivojlanishi bilan birga yangi shahar markazlari ham vujudga keladi. Ayniqsa, tog-metallurgiyasi rivojlanishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish hududlarida kuzatiladi. Yangi paydo bo'lgan shaharlardan Shohjuvartepa, Honobodtepa, Ulkanto'ytepa, Imloq, Dalvarzintepa, Eski Toshkent va boshqalar arxeologik yaxshi o'rganilib, vohaning ilk o'rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidan darak beruvchi boy moddiy manbalar to'plangan.
Kanka, Shohruhiya, Mingo'rik, Kavardan, Kindiktepa, Qulota kabi shaharlarning maydoni kengayib, iqtisodiy va madaniy ahamiyati yanada ortadi. Vohada ilk o'rta asrlar davrining dastlabki bosqichlarida Qanqa manzilgohining etakchilik mavqei saqlanib qoladi. Ilk o'rta asrlarning dastlabki bosqichlarida uchinchi shahristonning janubi-sharqiy qismi tigis o'zlashtirilib, ixtisoslashgan ishlab chiqarish inshootlari barpo etiladi. Taxminan birinchi ming yillikning o'rtalarida O'rta Osiyoning barcha shaharlarida kuzatilgani kabi Qanqa kohna shahri inqiroz davrini boshidan kechirib, maydoni keskin qisqarib ketadi. Yodgorlik ichki tomondan ikkinchi shahriston doirasida 45 ga. maydondagi huddudni o'rab olgan yangi muhofaza devori barpo etiladi. VII-VIII asrlar davrida shahar yirik savdo va ishlab chiqarish markaziga aylanadi. Antik davrida o'zlashtirilgan ikkinchi shahristondagi savdo-ishlab chiqarish qismi yanada rivojlanadi. Arxeologik qazishma ishlarida sakkizta ixtisoslashgan hunarmand-chilik sohalari faoliyat yuritganligi aniqlangan. Temirchilik, misgarlik, kulolchilik kabi hunarmandchilik turlari etakchilik qilgan. VIII asr boshlarida 1 ga. hududni egallagan karvonsaroy barpo etiladi. Bu davrda ishlab chiqarish shahar tashqarisi tomon kengayib, rabod qismi shakllana boshlaydi. Undan VII-VIII aslar davrida faoliyat yuritgan kulolchilik xumdonlarining o'rni aniqlangan. VII asr boshida (603 yil) sodir bo'lgan noroziliklardan so'ng shahar poytaxt maqomini yoqotib, Mingo'rikga ko'chiriladi. Lekin, vohadagi asosiy savdo-ishlab chiqarish sohasida markazi sifatidagi ahamiyati saqlanib qoladi.
Mingo'rik yodgorligida antik davri faoliyat yuritgan shahar ilk o'rta asrlarda taraqqiy etadi. Shahar arki, shahriston qismlaridan tashkil topgan topgan bo'lib, atrofi qalin devorlar bilan muhofaza etilgan. Xitoy manbalarida Shi shahrining 10 li.(4-5 km.) masofadagi muhofaza devorlari togrisidgi xabar keltirilgan. Muhofaza devorini o'rganish jarayonida uning o'rtasida yo'lakcha-koridor va tashqi tomondan togri to'rtburchak shaklli muhofaza burjlari aniqlangan. Devor va burjlarda shinaklar qayd etilmagan. Mudofaa va qarshi hujum devorning yuqori qismidan turib amalga oshirilgan bo'lishi kerak.
Shaharning ark qismidagi imoratlar majmuasi gumbaz shaklli tor xonalardan iborat. U erdagi saroy majmuasi mahalliy hukmdorlarning hashamli qabulxonasi, yashash, ibodat va xojalik qismlaridan tashkil topgan. Shahristonning asosiy qismi zamonaviy qurilishlar band bo'lishiga qaramay uning markazida qalin devor bilan barpo qilingan ko'p xonali uyning o'rni, kullolchilik va temirchilik ustaxonasining o'rni ochib o'rganilgan. Shahar VIII asrning birinchi yarmida arablarga qarshi kurash natijasida talofat ko'rib, ma'muriy markaz sifatidagi ahamiyatini yoqotadi. Shahar hozirgi eski shaharda o'rniga shakllanadi.
Boshqa bir yirik shahar markazlaridan bo'lgan Tunketning o'rni Olmaliq shahridan 12 km. shimoliy-sharqda mahalliy aholi tomonidan Imloq nomi bilan ataladigan yodgorlik o'rnida faoliyat yuritgan. Arxeologik qazishmalar shahar antik davridagi metall buyumlariga ixtisoslashgan hunarmandlar qishlogi o'rnida shakllangan. Manzilgoh Iloqning yirik konlariga yaqin joyda joylashib, ularni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan markazga bo'lgan ehtiyoj ilk o'rta asrlar davrida uning shaharga aylanishiga olib keladi. Ilk o'rta asrlar davridayoq shahar darajasiga o'sib chiqqan manzilgohning umumiy maydoni 17,5 ga. ni tashkil etib, shundan shimoliy tomonida beshburchak shakldagi 5 ga. Qismini ark tashkil etgan. Unda ikkita darvoza bo'lib, biri shahristonga, ikkinchisi rabodga olib chiqqan. Arablar bosqinchiligi davrida shaharni qamal qilishi natijasida muhofaza devorlari qisman vayron etilib, keyinchalik qayta ta'mirlanadi.
Toshkent vohasida yirik shahar markazlaridan Xonabod, Ulkanto'ytepa, Tunket, Kindiktepa va boshqa shu kabi shahar turidagi manzilgohlarning arxeologik jihatdan qisman o'rganilishi natijasida vohaning ilk o'rta asrlar davri urbanizatsiyasi taraqqiyotining yuksak darajada bolganligidan dalolat beradi.
Ilk o'rta asrlar chochliklar diniy mafkurasi Chilonzor Oqtepasida topib o'rganilgan “Olov ibodatxonasi” muhim ahamiyatga egadir. U baland sahni ustiga paxsa va xom gishtdan qurilgan. Atrofida mustahkam mudofaa devori barpo qilinib, ularning burchaklarida burjlar bilan kuchaytirilgan. Burjlarda shinaklar mavjud. Bu erda bir necha xonalar aniqlangan. Xonalarning birida kul qoldigi uchraydi. Mazkur inshoot arablar bosqiniga qadar Shoshliklarning shahar tashqarisidagi asosiy diniy-goyaviy markazi hisoblangan