Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Shimoli-harbiy (Buxoro) Sugd



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə52/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Shimoli-harbiy (Buxoro) Sugd. Sugdning Buxoro qismida ilk o'rta asrlarga oid Buxoro, Varaxsha, Poykent va boshqa shaharlar rivojlangan. Ulardan yirigi Buxoro shahri bo'lib, uning maydoni 34 ga. (shundan 3,5 ga. ark). Shaharning mazkur davridan xabar beruvchi ashyoviy dalillar saqlangan madaniy qatlamlari so'nggi davr qatlamlari tagida qolib ketganligi sababli etarli xulosa yasash imkoniyati yoq.
Buxoroning ilk o'rta asrlar davri o'ziga xos yirik markazlaridan biri bo'lgan Poykent savdogarlar shahri hisoblangan. Manzilgoh mil.avv. III asrda shakllangan manzilgohda qurilish ishlari takomillashib, V asrda 13 ga. maydonda mudofaa devori bilan muhofazalanib, shahar darajasiga ko'tariladi. Qurilish ishlarining kuchayishi natijasida uy-joy imoratlarning ko'payishi bilan V asr oxiri-VI asr boshlarida shaharning hududi kengayib, 20 ga. maydonni egallagan ikkinchi shahriston vujudga keladi. Poykent shahri o'rta asr yozma manbalarida savdogarlar shahri sifatida tilga olingan. Shahar tashqarisida zardushtiylarning qabristoni joylashgan.
Buxorodan 30 km. shimoli-garbda bo'lgan Varaxsha shahri tarixchi Narshaxiyning ma'lumotlariga ko'ra buxorxudotlarlarning qarorgohi bo'lgan. Me'mo-riy-rejaviy tuzilishiga ko'ra uchburchak shaklidagi manzilgoh (may. 6,5 ga.) ashyoviy dalillarga ko'ra IV asrdan shahar tusini olgan. Arkdagi imoratlari va mudofaa devorini tamirlash ishlari shu davrda olib borilib, Buxoro hukmdorlarining qarorgoh shahriga aylantiriladi.
Shaharda V asrda qayta ta'mirlash ishlari olib borilib, uning ark qismida ikkita yirik saroy majmuasi, ibodatxona va xojalik imoratlari barpo etiladi. Katta-kichik xonalardan tashkil topgan saroy majmuasi kishi diqqatini o'ziga jalb qiladi. Uning ayrim hashamatli xonalari mazmunan boy devoriy rang-tasvirlar bilan bilan bezatilgan. Ular diniy va afsonaviy mazmunga ega bo'lgan tasvirlardan iborat.
Janubiy Sugd (Qashqadaryo vohasi). Janubiy Sugdning har ikkala qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilib, turli arxeologik yodgorliklar o'rganilgan. Ilk o'rta asrlar davriga oid yozma manba ma'lumotlarida (xitoy, arab va fors) Kesh vohasidagi shaharlar togrisida ma'lumot mavjud. Ulardan eng yirigi Kesh shahri hozirgi Kitob shahrida antik davri o'rnida rivojlanadi. Shaharning ilk o'rta asrlarga oid madaniy qatlamlari keyingi davr qurilish ishlarida buzilib ketgan va qolgan qismi esa zamonaviy imoratlar tagida qolib ketgan tufayli mazkur davr manzarasini tiklash imkoniyati mavjud emas. Faqat keyingi davr yozma manbalari ma'lumotlariga asoslanib, ayrim xulosalar yasash imkoniyati mavjud. Kesh vohada Chimqorgontepa (40 ga), Qamaytepa, Kishmishtepa va boshqa shahar turidagi manzilgohlarda qisman arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilib, ular vohaning maqomi jihatdan poytaxtdan keyingi o'rinni egallagan shaharlar sanalgan.
Naxshab vohasida esa arxeologik yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Yozma manbalarda Naxshebolo nomi bilan tilga olingan shahar hayoti antik davri o'rnida davom etib, VII asrning ikkinchi yarmida shaharda hayot batamom toxtaydi. Shahar aholisi taxminan 2 km. janubi-sharqda hozirgi Shulluktepa yodgorligi o'rnida shaharga asos sola boshlashadi.
O'rta asrlar davri arab va fors manbalarida Qarshi vohasidagi Kasba, Bazda, Gubdin va boshqa shaharlar togrisida ma'lumotlar mavjud. Kasba Shulluktepadan 30 km., Bazda esa 40 km. janubi garb tomonda joylashgan. Ular taxminan milodning boshlarida shakllanib, ilk o'rta asrlar davrida vohaning iqtisodiy-madaniy markazlariga aylanadi. Kasba shahrining o'rni hozirda ikki gektar maydoni Kasbitepa yodgorligi o'rnida bo'lganligi taxmin qilinadi. Bazda esa, hozirgi Kohna Fazli yodgorligi o'rnida bo'lgan. Shahar ark (1,5 ga), shahriston (55 ga) va rabod qismlaridan iborat. Shahar mogullar istilosiga qadar faoliyat yuritadi.
Shuningdek, vohada Talisortepa (o'rta asrlar davri Gubdin shahri) ilk o'rta asrlar davrida 13 ga. hududni egallagan shahar ark, shahriston va rabod qismdan tashkil topgan.
Sugd aholisining asosiy mashguloti O'rta Osiyoning barcha hududlari uchun qadimgi davrdan rivojlanib kelayotgan sugorma dehqonchilik tashkil etgan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi barcha sohalari yaxshi rivojlangan. Ixtisoslashgan hunarmandlar mahallalari Panjikent kohna shahrida amalga oshirilgan qazishma ishlari natijasida yaxshi o'rganilgan. Mug togidagi qasrdan topib o'rganilgan
Sugd yozuvida bitilgan hujjatlarda paxta va jun matolar hamda ularning turlari keltirilgan. Ko'nchilik yaxshi rivojlangan. Hujjatlarning asosiy qismi aynan terilarga yozilgan.
Sugdning IV-VI asrlar davri kulolchilik ishlab chiqarishida alohida hududlari uchun xoslik saqlangan bo'lsa, VII asrdan boshlab esa barcha hududlarda ma'lum standartlarga amal qilina boshlaydi. Bu davrda metall buyumlari paydo bo'lib, ularda xojalikda keng foydalaniladi.
Sugdliklar savdo sohasida O'rta Osiyoda etakchilik qilishgan. Ular Еttisuv va Xitoyda ko'plab savdo faktoriyalariga ega bo'lishgan. Tan imperiyasi qaydnomalaridagi ma'lumotlarda Dunxuan viloyatidagi Sugd manzillari aholisining asosiy qismi Samarqandliklardan iborat bo'lganligi qayd etiladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin